Uchinchi kitob


SIYOSIY, IJTIMOIY BARQARORLIKNING TA’MINLANISHI



Download 57,25 Mb.
bet57/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

SIYOSIY, IJTIMOIY BARQARORLIKNING TA’MINLANISHI
1-§. Aholini kuchli ijtimoiy himoyalash - davlat siyosatining bosh yo‘nalishi
0‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, jamiyatda bo­zor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholini ijtimoiy himoyasini ta’minlash davlat siyosatining bosh yo‘nalishi bo‘lib qoldi. Binoba- rin, mamlakatda o‘tkazilayotgan barcha islohotlaming asl maqsadi insonga munosib turmush sharoitlarini vujudga keltirishdir.
Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, jahon tan olgan besh tamoyilning muhim qismi aholini kuchli ijtimoiy himo­yalash ekanligi ham shu bilan bog‘liqdir.
0‘zbekiston hukumati ana shu besh tamoyil asosida o‘tish dav­rida aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan zamr choralar ko‘rdi. Bu choralar odamlaming turmush darajasini keskin pasayib ketishining oldini olishda muhim rol o‘ynadi hamda respublikada osoyishtalik va barqarorlikni saqlash omili bo‘ldi.
Masalan, mustaqillikning dastlabki murakkab, iqtisodiy tanglik yillarida odamlaming turmush darajasini muvofiqlashtirish maqsa­dida davlat yo‘li bilan boshqarishning ko‘pdan-ko‘p usullari va us- lublaridan foydalanildi. Jumladan, miqdori doimo o‘zgartirib turil- gan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari
tarzidagi bevosita pul to‘lovlari, imtiyozlar va turli dotatsiyalar tarzidagi to‘lovlami joriy qilish usuli keng qo‘llanildi.
Eng kam ish haqi va pensiyalardan soliq olinmaydigan bo‘ldi. Korxonalaming o‘z xodimlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish soha­sidagi xarajatlaridan bir qismi budjet mablag‘lari hisobidan qopla- nib turildi. Keng iste’mol mollari va xizmatlaming ko‘pgina qis­mi bo‘yicha narxlardagi tafovutlaming o‘mi qoplandi. Shu bilan birga qo‘shimcha ijtimoiy imtiyozlar ham joriy qilindi. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va yolg‘iz pensionerlar uchun be- pul nonushtalar, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul ovqat, maktab o‘quvchilari va talabalar uchun ovqatning arzonlashtirilishi kabi imtiyozlar berildi. Shuningdek, ko‘pgina toifadagi fuqarolarga turarjoyi shaxsiy mulk qilib bepul berildi, ba’zi turdagi kommunal xizmatlar haqini to‘lashda yengilliklar joriy etildi va hokazo.
Aholining ijtimoiy himoyalanishiga muntazam e’tibor berar ekan, respublika hukumati islohotlaming birinchi bosqichidagi taj- riba asosida inson va oila hayotining barcha sohalarini yaxshi- lashga qaratilgan chora-tadbirlaming butun bir tizimini shakllan- tirishga erishdi. Aytish mumkinki, Mustaqillik yillarida narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi keskin ortib bo- rishi munosabati bilan daromadlaming eng kam va o‘rtacha da- rajasini muntazam oshirish ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng ustun yo‘nalishlardan biri bo‘lib keldi va hozir­gi kunda ham shunday bo‘lib qolmoqda. Bu yo‘nalish aholining barcha tabaqalarini istisnosiz qamrab oldi va islohotlaming dast­labki davrida keng miqyosda qo‘llanildi. Boshqa mamlakatlardan farqli o‘laroq, 0‘zbekistonda daromadlar nisbatini o‘zgartirish ish haqi, pensiyalar, stipendiyalaming, jamg‘arma banklaridagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorlarini bir vaqtning o‘zida markazlashtirilgan tarzda qayta ко‘rib chiqish yo‘li bilan amal­ga oshirildi. 1995-yilda Respublika davlat budjetining 29,3 foizi ijtimoiy-madaniy tadbirlarga, 21,8 foizi esa ijtimoiy himoyaga aj- ratildi.
1992-1998-yillar mobaynida ish haqi va pensiyalaming eng kam miqdori bir necha bor oshirildi. Masalan: eng kam ish haqi 1995-yilda 1994-yilga nisbatan 2,5 marta ortdi, 1996-yilning 1-yarmida esa 1995-yil 1-yarmiga nisbatan 2,7 marta ko‘paydi. Nafaqaxo‘rlaming ijtimoiy ahvolini e’tiborga olib, eng kam pensi- yaning mutlaq miqdori ish haqining eng kam miqdoridan oshiqroq bo‘lishi muttasil ta’minlanib kelindi. Bu yo‘l ijtimoiy adolat tamo- yillariga to‘la mos kelar edi. Masalan, 1998-yil 1-iyuldan ish haqi­ning eng oz miqdori 1100 so‘m bo‘lgani holda, qarilik pensiyasining eng kam miqdori 2100 so‘mni tashkil etadi, nogironlik pensiyasi esa bundan ham ortiqdir.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, istiqlol yillarida eng kam ish haqi va boshqa to‘lovlar odatda, oldindan ko‘paytirib kelindi, narx- navo o‘zgarishi bilan bog‘lab olib borildi, bu esa aholining to‘lov qobiliyati saqlanib qolishini ta’minladi va turmush darajasining kes­kin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymadi.
Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha ishchi va xizmatchilaming oylik o‘rtacha ish haqi birgina 1996-yil dekabriga kelib, 1995-yil dekabri- ga nisbatan 2,6 barobarga o‘sdi.
Daromadlar miqdorini o‘zgartirish orqali aholini ijtimoiy himo- yalash chora-tadbirlari tizimida 1993-yilda joriy etilgan yangi Yago­na tarif setkasi ham aholi ijtimoiy himoyasida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu chora barcha toifadagi xodimlaming ish haqi miqdorlarini tarif koeffitsiyentlari orqali eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o‘zaro bog‘lash imkonini berdi.
Natijada ish haqini oshirish yo‘li bilan aholining o‘rtacha ish haqi, pul daromadlari o‘z-o‘zidan osha bordi. Shu bilan birga res­publikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish chora-tadbirlari ko‘rilganligi ham aholini ijtimoiy jihat- dan himoyalashning ikkinchi eng muhim yo‘nalishi bo‘ldi.
Respublikada narx-navoni erkinlashtirish sohasida qo‘shni mamlakatlarga nisbatan birmuncha mo‘tadil siyosat o‘tkazilganligi iste’mol bozorini himoyalash zaruratini keltirib chiqardi. Bu 0‘zbekiston rubl mintaqasida turgan bir paytda nihoyatda muhim edi. Aksariyat respublika ehtiyojlari uchun valyutaga xarid qilingan un, o‘simlik moyi, qand-shakar va boshqa taqchil mahsulotlar res­publika tashqarisiga olib chiqib ketilishi hollari yuz berdi.
Iste’mol bozori barbod bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 0‘zbekistonda ishlab chiqarish yaxlit tizimini vujudga keltirishga hayotiy muhim masala sifatida qaraldi, mahsulotlami tashqariga olib chiqib ketilishini bojxonalar orqali qat’iy nazorat qilish va yuqori boj to‘lovlari joriy etish yo‘li bilan amalga oshirildi. Dastlab, murak- kab bir paytda iste’mol mollarini sotib olish uchun bir marta, so‘ngra esa ko‘p marta ishlatiladigan kuponlami muomalaga kiritish, kunda- lik zarur tovarlaming cheklangan turlarini me’yorlangan tarzda so- tishni tashkil etish ko‘zda tutilgan edi. Bu tizim o‘zini to‘la oqladi. U bozomi pishiq-puxta himoya qilibgina qolmay, savdo tarmog‘iga barcha zarur oziq-ovqat mahsulotlarini va kundalik xarid mollarini muntazam ravishda chiqarib turishni ta’minlash, ulami iste’mol qi­lish hajmlarini kamaytirmaslik imkonini berdi.
0‘tish davri qanchalik murakkab bo‘lmasin, bu tizim respubli­kaning barcha aholisiga hayotiy muhim mahsulotlami iste’mol qilish va xizmatlardan bahramand bo‘lish sohasida ishonchli ijtimoiy kafo- latlami ta’minlab berdi.
1992-1996-yillarda non va go‘sht mahsulotlari, sut, qand- shakar, o‘simlik moyi, kir sovun, bolalarga kerakli ayrim mollar, kommunal va transport xizmatlari uchun dotatsiyalar qisman saq­lab qolindi. Shu tufayli daromad darajasi turlicha bo‘lgan oilalar bulardan bir qadar foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Islohotlar-

ning dastlabki bosqichida sobiq Ittifoqning ko‘pgina mamlakatla- rida aholining asosiy qismi yoppasiga qashshoqlashgan bir paytda 0‘zbekistonda amalga oshirilgan tadbirlar muhim ijtimoiy ahamiyat­ga ega bo‘ldi. Odamlaming islohotlami jadallik bilan olib borishga ishonchini kuchaytirdi.
Ayni vaqtda respublikada iste’molchilaming manfaatlarini himo­ya qilishning mutlaqo yangi tizimiga o‘tishga tayyorgarlik ishlari olib borildi. Yangi tizimning mohiyati ichki narxlami jahon narxlari daraja- siga tez tenglashtirib olish va aholining daromadlarini shunga muvofiq ravishda oshirishni ko‘zda tutadi. Bunday islohot sharoitida ijtimoiy himoyaning yangidan-yangi shakllarini qidirib topishni taqozo etadi. Jumladan, milliy valyutani muomalaga kiritish, uning ichki alma- shuvini ta’minlash sohasida amalga oshirilgan tashkiliy va iqtisodiy chora-tadbirlaming ko‘rilishi, ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Mamlakatda ichki bozomi, xalqimiz manfaatlarini faqat baquv- vat milliy valyutagina himoya qilishi mumkin, degan qat’iy xulosaga kelindi. Buning uchun milliy valyutamiz, asosan, o‘zimizda ishlab chiqarilgan zarur miqdordagi tovar bilan, keng eksport faoliyati hi- sobiga to‘plangan salmoqli valyuta-zaxiralari bilan mustahkamlan- gan bo‘lishi kerak edi.
Milliy valyuta joriy etilgach, islohotlar birinchi bosqichining oxirlariga kelib (1995-yil), oziq-ovqat mahsulotlarini me’yorlangan tarzda sotishdan butunlay voz kechish va erkin narxlarga o‘tish im- koniyati tug‘ildi.
Erkin narxlarga esa «esankirashlarsiz» o‘tishga muvaffaq bo‘lindi. Buni 0‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar birinchi bosqichi­ning muhim natijasi, deb baholash mumkin.
Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab aholining kam ta’ min- langan qismini qo‘llab-quvatlash borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar, ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.
«Biz, - degan edi I. Karimov, - aholining ij’timoiy jihatdan nochor tabaqalari - pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar, shuningdek, qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilarni himoya qilish dav­latning muqaddas burchidir, degan qoidaga asoslanib ish tutdik».
Ish haqini oshirish bilan birga barcha toifadagi maktablaming muallimlari, bolalar uylari, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar tarbiyachilari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining professor-muallimlari va ilmiy xodimlari, ijodiy va tibbiy xodimlami ijtimoiy himoyalash va ulaming mehnatini rag‘batlantirish maqsadi- da ularga qo‘shimcha moddiy ne’matlar - kvartira haqi va kommu- nal to‘lovlar sohasida imtiyozlar berildi, yakka tartibda uy-joy qurib olish uchun yer uchastkalari birinchi navbatda ajratiladigan bo‘ldi.
Masalan, o‘qituvchilaming davlat va tashkilotlar tomonidan be- rilgan uylari bepul xususiylashtirildi. 35 ming 841 kishiga shaxsiy qurilish uchun yer uchastkasi berildi.
Yana shuni aytish o‘rinliki, Mustaqillik yillarida o‘quvchi yoshlami ijtimoiy himoyalashga, ularga ishlab chiqarishdan ajral- gan holda o‘qib, bilim olish uchun zarur sharoit yaratishga ham doimo e’tibor berildi. Oliy o‘quv yurtlari talabalarining, texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchilarining, aspirantlaming sti- pendiyalari shu yillar mobaynida bir necha marta oshirildi. Bundan tashqari yoshlami ijtimoiy himoyalashning boshqa shakllari - ovqat narxining bir qismini qoplaydigan qo‘shimcha to‘lovlar, maktab osh- xonalari va tamaddi xonalari qo‘shimcha xarajatlarining bir qismini budjet mablag‘lari hisobidan qoplash, jamoat transportida arzon haq to‘lash va boshqa yengilliklar joriy etildi. Milliy an’analami nazarda tutib, birinchi bor nikohdan o‘tayotgan kelin-kuyovlar uchun mebel va gilam mahsulotlari sotib olishning imtiyozli tartibi belgilandi.
Biroq, ayrim joylarda haqiqiy ijtimoiy himoyaga muhtoj oi- lalar chetda qolib, muhtoj bo‘lmagan oilalar ham moddiy yordam ola boshladi. Shunday sharoitda ijtimoiy siyosatni amalga oshirish- da, yangicha yo‘l tutish zarur bo‘lib qoldi. Shu munosabat bilan ommaviy-ijtimoiy himoyalash tartibidan ishonchli ijtimoiy kafolat- lar va aholini ijtimoiy qo‘llab-quwatlash tizimiga o‘tish maqsadga muvofiq, deb topildi. Bunday yangi tartib awalo adolat tamoyiliga rioya qilishni talab qilardi. Bu qoidaning mohiyati shundan iborat- ki, davlat tomonidan qo‘llab-quwatlanishiga haqiqatan ham muhtoj bo‘lgan kishilami aniqlash, ularga yordam uyushtirish lozim edi. Buni aniqlash albatta adolat bilan ish tutishni taqozo qiladi. Bu bora- da hokimlar, mahalla qo‘mitalarining mas’uliyati oshirildi. Ular aho­lining moddiy yordamga muhtoj qismini aniqlashda bunday yordam- ni uyushtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlarini joriy etishga haqli bo‘ldilar. Chunki vazifa g‘oyat murakkab va mas’uliyatli edi.
«Biz ijtimoiy himoyalashning asossiz tenglashtirish tizimi- dan qat’iyan voz kechib, Sharqda necha ming yillar davomida qaror topgan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga, turmush tarzi va dunyoqarash xususiyatlariga muvofiq keladigan o‘z yo‘limizni tanlab oldik», - deb yozgan edi I. Karimov o‘zining «0‘zbekiston iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish yo‘lida» kitobida.
Shunga binoan 1994-yilga kelib 0‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash tizimi tubdan o‘zgartirildi. Ijtimoiy ko‘mak berishning mutlaqo yangi ilg‘or tizimi shakllantirildi. Bu tizimning mohiyati shundan iboratki, mamlakatimizning kelajagi hisoblanmish bolalar va kam daromadli oilalar bu yordamdan bahramand bo‘luvchi aso­siy kishilar bo‘lib qoldi. Endi hamma nafaqalar va moddiy yordam faqat oila orqali yetkazib beriladigan bo‘ldi. Oila asosiy mavqega ega bo‘ldi. Bunday yondashuv umuminsoniy qadriyatlarga, milliy an’analarga va ruhiyatga mos keladi, fuqarolar jamiyatining ijtimoiy tashkiloti tizimida oila egallaydigan o‘ringa muvofiq keladi.
Ijtimoiy ko‘maklashuvning yangi tizimida farzand tug‘Uganda, bir yo‘la beriladigan to‘lovlar saqlab qolinishi bilan birga nafaqalar va imtiyozlaming quyidagi turi ham amalga oshiriladigan bo‘ldi. Masalan, birinchidan, bola boquvchi onalarga to‘lanayotgan nafaqa- ning miqdori ko‘paytirilibgina qolmay, uning muddati ham uzayti- rildi. Ilgari bunday yordam bir yarim yilgacha to‘langan bo‘lsa, endi bu muddat uch yilgacha uzaytirildi. Ishlovchi onalar ham, ishlamay- digan onalar ham, bu nafaqadan foydalanadigan bo‘ldilar. Masalan,

  1. yil ijtimoiy himoyaga ajratilgan mablag‘ning 3 foizi onalarga ikki yoshgacha farzandlarini parvarish qilish uchun ajratildi. Boshqa davlatlardan farqli o‘laroq 0‘zbekistonda bu nafaqa ish haqining eng oz miqdoriga bog‘liq qilib qo‘yildi. Bu awal boshdanoq pulning qadrsizlanishi oshganda nafaqalaming ana shu turining indeksatsi- yalanishini ta’minlaydi. Bolalarga beriladigan yigirmadan ziyod turli nafaqalar o‘miga 1994-yilning sentabridan boshlab barcha bolali oi­lalar uchun yagona nafaqa joriy etildi. Masalan, 1995-yilda ijtimoiy himoyaga ajratilgan mablag‘ning 51 foizi oilalarga ulaming farzand- lari ikki yoshga to‘lgunlaricha parvarish qilish uchun ajratildi.

Davlat tomonidan bolalami boqish va tarbiyalash uchun qilina- digan sarf-xarajatlaming bir qismi oilalarga kompensatsiya tarzida berib turildi, ayni vaqtda ota-onalaming mas’uliyati kuchaytirildi. Beshta va undan ko‘proq bolali oila uchun nafaqaning eng ko‘p miq­dori awaliga eng kam ish haqining yarmi miqdorida, 1996-yilga ke­lib eng kam ish haqining to‘la stavkasi darajasida belgilab qo‘yildi.
1994-yil 24-avgustda Prezidentning «Kam ta’minlangan oilalar- ni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra 1994-yilning oktabridan davlat kam daromadli oilalarga faol yordam bera boshladi, mana shunday oilalarga moddiy yordam joriy etildi. Respublikada kam daromadli oilalarga nafaqa tayin etilishi aslida misli ko‘rilmagan ish, zamonaviy ijtimoiy himoya tizimini vujudga keltirish edi. Bun­day yordam odamlarga yaqin turadigan mahalla yig‘inlarida amalga oshiriladigan bo‘ldi. Masalan, 1995-yilda 500 mingdan ortiq ehti- yojmand oilalarga mahalla komitetlari orqali jami 6 milliard so‘m moddiy yordam berildi.

  1. yil 10-dekabrda bolali oilalarga ijtimoiy yordam berili- shini kuchaytirish, aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi chora- tadbirlami ro‘yobga chiqarishda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining roli va mas’uliyatini oshirish maqsadida «Bolali oila- lami davlat tomonidan qo‘llab-quwatlashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida» yana bir muhim Farmon qabul qilindi. Unda 1997-yil

  1. yanvardan boshlab fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish yig‘inlari orqali yordamga muhtoj, bolali oilalarga bolalaming soniga qarab eng oz ish haqining 50 foizidan boshlab 175 foizigacha nafaqalar be- riladigan bo‘ldi. Bu borada ijtimoiy adolat tamoyillariga og‘ishmay rioya etish, keng oshkoralik va ochiqlikni ta’minlash, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishga erishish lozimligi qayd qilindi. 1997-yilda 16 yoshgacha bo‘lgan farzandi bor oilalarga nafaqa to‘lash uchun 9,6 milliard so‘m sarflandi.

Aholining kam ta’minlangan qatlamlarining davlat tomonidan moddiy ta’minlash doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda.

  1. yil sentabr oyidan boshlab, har yili 1-sinf o‘quvchilariga bepul o‘quv anjomlari, darsliklami berish joriy etildi, kam ta’minlangan oilalaming boshlang‘ich sinflarda o‘qiydigan bolalariga bepul qishki issiq kiyimlar berish yo‘lga qo‘yildi.

Mavzuga doir materiallar
Hukumat tomonidan ayrim toifadagi fuqarolar va oilalar uchun belgilangan ayrim imtiyoz, kafolat va qo‘shimchalar ro‘yxati:

  • oilalarga bola 2 yoshga yetgunga qadar 1,5 minimal ish haqi miqdorida yordam puli to‘lash. Ushbu to‘lovlar hajmi uzluksiz osh- moqda, 1998-yilda 521 ming nafar ayolga 10,4 mlrd. so‘m miqdori­da nafaqa to‘landi;

  • homiladorlik va farzand ko‘rish davrida ayollarga ish j oyidan 125 kalendar kuni uchun o‘rtacha ish haqi miqdorida yordam puli berish;

  • bolalikdan nogiron bo‘lib qolganlarga beriladigan yordam puli;

  • kommunal xizmat ko‘rsatish va kvartiradan foydalanilganligi uchun imtiyozli 50% miqdorida haq to‘lash (nogironlar oilasi uchun);

qishloq joylarida yashayotganlarga kommunal xizmat ko‘r- satish va kvartira haqlaridan to‘la ozod etish va shaharlarda istiqo- mat qiluvchilarga (maktab o‘qituvchilari, bog‘cha tarbiyachilari va o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari o‘qituvchilari) 50% miqdorida imtiyoz berish;

  • kommunal xizmat ko‘rsatish va kvartira haqi to‘lashdan to‘liq ozod etish (1-darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan mukofot- langanlar oilasi, yolg‘iz pensionerlar);

  • elektr energiyasidan foydalanganligi uchun 50% chegirma be­rish (oyiga 110 kv.s.) (nogironlar oilasi);

  • yer solig‘i to‘lashdan ozod etish (16 yoshgacha bo‘lgan 5 va undan ortiq ko‘p bolali oilalar, nogironlar oilalari);

  • olinayotgan barcha daromadlardan soliqqa tortilmaydigan mi­nimal daromadning 4 karrasi miqdorida (16 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq farzandli yolg‘iz onalar); 16 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq farzandi bo‘lgan yolg‘iz ota, bevalar va boquvchi- sini yo‘qotganligi uchun nafaqa olayotganlar barcha daromadlari- ning 30% dan; yoshligidan nogiron bo‘lib qolgan bolalami tarbiya qilayotgan ota yoki onadan birortasi daromad solig‘ining 30% ni to‘lashdan ozod etiladi.

* * *
Serfarzand va kam ta’minlangan oilalami ijtimoiy himoyalash tizimi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Kam ta’minlangan va ko‘p bolali muhtoj oilalarga moddiy yordam to‘lovlarini moliyalashtirishning asosiy manbasi Respublika va mahalliy budjet vositalaridir. Kam ta’minlangan oilalarga 1998- yilda to‘langan nafaqalaming umumiy miqdori 3 mlrd. so‘mni tash­kil qildi, 16 yoshgacha bo‘lgan farzandli oilalarga to‘langan nafaqa- lar - 15,6 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

  1. yilda 36% bolali oilalar nafaqa olishdi. 0‘rtacha nafaqa miqdori bitta oilaga deyarli 1483 so‘mga to‘g‘ri keladi yoki (1996- yilga nisbatan) besh barobar o‘sdi. 1998-yilda mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari orqali Respublikadagi 700 ming yoki umumiy oilalaming 11,8 foiziga kam ta’minlangani uchun moddiy yordam ko‘rsatildi. Ko‘rsatilgan moddiy yordam miqdori har oilaga hisobla- ganda har oyda 1730 so‘mdan ortiqni tashkil etadi.

0‘zbekistonda aholining ijtimoiy muhofazasi haqida gap ket- ganda keyingi yillarda bu borada amalga oshirilgan ishlar diqqatga sazovordir. Jumladan, mamlakatimizda aholining ehtiyojmand qis­mini, shu jumladan yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlami ijtimoiy-muhofaza qilishni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qa- ratilmoqda. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2006-yil 7-sentabrdagi «2007-2010-yillarda yolg‘iz keksalar, pensi­
oner va nogironlami aniq ijtimoiy muhofaza qilish va ularga ijtimo­iy xizmat ko‘rsatishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qarori buning yana bir yorqin dalilidir.

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish