Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet40/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Birinchidan, demokratik jamiyatni barpo etishning xalqaro ta­moyillari, dunyo hamjamiyati e’tirof etgan yo‘riqlari mavjud. Bu bevosita fuqaroning o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash huquqiga egaligi, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, barcha fuqarolarning millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, saylov va saylanish huquqi va boshqalardir. Bular qariyb barcha mamlakatlar konstitutsiyalarida qat’iy belgilab qo‘yilgan tartib- qoidalardir. Biroq, ma’lum bir mamlakatda demokratiyani joriy etishda faqat shuning o‘zi kifoya qiladimi? Faqat shuning o‘zi aholi barcha ehtiyojlarini, ma’naviy-ruhiy olamini qamrab ola oladimi? Yo‘q! Chunki, har bir xalqning o‘z turmush va tafakkur tarzi, ta­rixiy an’analari, hayotga munosabati va boshqa jihatlaridan kelib chiqib, demokratiyaga yondashish usuli bor. Shu ma’noda Prezident LA. Karimov «Sharqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan o‘ziga xos va o‘ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo‘lmaydi. Ya’ni sharqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu so­hada inqilobiy o‘zgarishlar yasashga urinishlar g‘oyat noxush hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni g‘arb olimlari ham «ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yowoyi shakli» deb ataganlar. Tabiiyki, bunday yo‘l bizga aslo to‘g‘ri kelmaydi», deganida demokratiyani joriy etishning yurtimizda o‘zbekona ta­moyillari shakllanayotganini ko‘rsatadi.
Ikkinchidan, 0‘zbekiston mustaqillikka erishgach, bir qator mamlakatlar - jumladan, Turkiya, Olmoniya, Angliya, Fransiya va boshqa davlatlaming demokratik taraqqiyot yo‘llari bilan yaqindan tanishdi. Bu mamlakatlarda demokratiyaning ibratli va o‘rganishga arzirli tajribalari mavjud. Biroq, 0‘zbekiston Prezidenti bu ma- salada o‘zining munosabatini aniq va ravshan bayon etdi. Har bir millat o‘z milliy ruhiyatidan kelib chiqib bu masalaga yondashishi zarur. Ayniqsa, o‘zbeklar singari juda qadimiy millat va juda boy an’analarga ega xalq ehtiyoj larini hisobga olmaslik og‘ir natijalar­ga olib kelishi mumkinligini uqtirdi va «odamlarning tafakkur! va ijtimoiy saviyasi bilan demokratik o‘zgarishlar darajasi va sur’atlari bir-biriga qanchalik mutanosib bo‘lishiga bog‘liqdir.
Tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, demokratik jara- yonlarni chetdan nusxa olib ko‘r-ko‘rona ko‘chirish aslo samara bermaydi. Aksincha, bunday yoi chalkash va xatarli oqibatlar- ga olib kelishi mumkin»ligini (I. Karimov) ko‘rsatib berdi.

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish