240
TAYANCH SO‘ZLAR (GLOSSARIY)
Artezian quduqlar
- yer ostidan bosim kuchi bilan otilib
chiqadigan va suv olish uchun kovlangan quduqlar.
Barqaror bo‘lmagan qor qoplami
-
kuz va qishning boshlarida
yog‘ib erib ketadi.
Barqaror qor qoplami
- kuz va qishda yog‘ib bahorgacha
saqlanadi.
Bug‘lanish
- suyuq yoki qattiq holatdagi suvning gaz(bug‘) holatiga
o‘tishi.
Daryo
- havzaga yoqqan yog‘inlardan hosil bo‘lgan
yer usti va yer
osti suvlari hisobiga to‘yinib, tabiiy o‘zanda oquvchi suv massalari.
Daryo boshi
- o‘zan aniq ko‘rinishga ega bo‘lgan va doimiy suv
oqimi kuzatila
boshlanadigan joy
.
Daryo havzasi
- yer sirtining daryo
sistemasi joylashgan va
suvayirg‘ich chiziqlari bilan chegaralangan qismi.
Daryo quyilishi
- daryo ko‘lga, dengizga yoki ikkinchi bir daryoga
qo‘shiladigan joy.
Daryo sistemasi
- bosh daryo va uning irmoqlari.
Daryo suvayirg‘ichlari
daryolar suv to‘playdigan havzalarni
birbiridan ajralib turishini ta’minlaydi.
Diffuzion
bug‘lanish
- suv molekulalari atmosferaga o‘tgach,
gravitatsion kuchlar ta’sirida yuqoriga ko‘tarila boshlaydi. Ularning o‘rnini
esa suv yuzasidan yangi ajralgan molekulalar egallaydi.
Digidrol
– ikki oddiy (N
2
O)
2
Dunyo okeani
- yer sirtining okean va dengizlar suvi bilan
qoplangan yuzasi
Gidrografik to‘r
- ma’lum
bir hududdagi daryolar, ularning ir-
moqlari, buloqlar, ko‘llar, botqoqliklar, muzliklar, doimiy qorliklar.
Gidrografiya -
ma’lum hududdagi suv obyektlarining o‘ziga xos
xususiyatlarini joyning tabiiy geografik sharoiti bilan bog‘liq
holda
o‘rganib, ularga gidrologik va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati nuqtai
nazaridan yondashgan holda yozma tavsif beradi.
Gidrol
- boshqa molekulalar bilan birlashmagan N
2
O molekula
Gidrologik hisoblashlar
- daryolar va boshqa suv obyektlarining
turli gidrologik ko‘rsatkichlarini hisoblash usullarini ishlab chiqish va
takomillashtirish bilan shug‘ullanadigan fan.
Gidrologik prognozlar
– daryolar va boshqa suv obyektlari suv
rejimi elementlari o‘zgarishlarini oldindan aytish usullarini o‘rganadigan
fan.
241
Gidrologik yil -
daryo havzasida namlikning to‘planishi va sarf
bo‘lishi davrlarini to‘la o‘z ichiga olgan yillik oraliq .
Gidrologiya -
yunoncha so‘z bo‘lib,
"
gidro
"
-
suv va
"
logos
"
-
bilim yoki fan ma’nosini beradi
Gidrometriya -
gidrologiyaning o‘lchov qismi bo‘lib, suv
obyektlarining gidrologik rejimi elementlarini o‘lchash, kuzatish
uslublarini ishlab chiqish va ularni bevosita amalga
oshirish ishlari bilan
shug‘ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: