17.5. Daryolar oqiziqlari va suv eroziyasi jadalligini baholash
Suv eroziyasi materiallarining hammasi ham daryolar suvi bilan to‘la
olib ketilmaydi, bir qismi havzadagi botiqlarda, bir qismi daryo o‘zanida
cho‘kib qoladi, qolgan ma’lum qismigina ularning quyi oqimi
deltalarigacha yetib boradi va u yerlarda cho‘kadi.
Mutaxassislarning hisoblashlaricha Yer yuzidagi barcha daryolar
deltalarining umumiy maydoni 5 mln km
2
ni tashkil etadi. Dunyo okeani
159
va dengizlarga quyiladigan daryolar havzalarida kechadigan suv eroziyasi
mahsuliloyqa oqiziqlarning asosiy qismi mana shu maydonda cho‘kadi.
Yer sirtining okeanlarga nishab yuzalarining 80% idagi daryolarda
maxsus kuzatishlar olib boriladi. Ularda kechadigan eroziya jadalligini
baholashda yirik daryolarda loyqa oqiziqlarni hisobga olish bo‘yicha
amalga oshirilgan kuzatish ma’lumotlaridan foydalanish mumkin. Yer
sirtida suv eroziyasi jadalligining materiklar bo‘yicha taqsimlanishini
baholashda K.N.Lisitsina va V.V.Alekseevlar shu usuldan foydalanishgan
(17.1jadval).
17.1jadval
Suv eroziyasi jadalligining materiklarning okeanlarga nishab
yuzalari bo‘yicha taqsimlanishi
Materiklar yoki
qit’alar
Maydoni,
mln.km
2
Oqiziqlar oqimi
Yuvilish,
mm/yil
10
9
t/yil
%
Osiyo
31,2
10,5
67,0
0,22
Janubiy Amerika
16,4
2,44
15,5
0,10
Shimoliy Amerika
23,4
1,10
7,2
0,03
Afrika
20,5
0,99
6,3
0,03
Yevropa
8,3
0,44
2,7
0,04
Avstraliya va
Okeaniya
5,02
0,20
1,3
0,03
Barchasi
104,8
15,7
100,0
0,10
Jadvalda suv eroziyasi mahsulotlari, ya’ni oqiziqlar oqimi t/yil va
yuvilish qatlami (mm/yil) ko‘rinishlarida ifodalangan. Ularning
birinchisidan ikkinchisiga o‘tishga oid hisoblashlarda tuproqgruntning
solishtirma og‘irligi 1,5
3
/
m
tonna
deb qabul qilingan. Jadvalda
Grenlandiya va Antarktida, shu bilan birga ichki oqimli hududlar berk
havzalar ham hisobga olinmagan.
Ma’lumki, quruqlikning ichki oqimli hududlari (berk havzalar) da
ham suv eroziyasi jadalligi nihoyatda katta qiymatlarda kuzatiladi.
Masalan, Amudaryo havzasidan bo‘ladigan yuvilish yiliga 270 mln.
tonnani tashkil etadi yoki bu raqam Yevropa qit’asining okeanga tutash
havzalaridan hosil bo‘ladigan oqiziqlarning 2/3 qismiga tengdir.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, quruqlikning okeanlarga nishab
yuzalaridan bo‘ladigan yuvilish miqdori yiliga 15,7 mlrd. tonnani tashkil
etadi, ya’ni shuncha miqdordagi loyqa oqiziqlar Dunyo okeaniga kelib
160
tushadi. Buning eng ko‘p qismi 67 % yoki 10,5 mlrd. tonnasi Osiyo
qit’asiga to‘g‘ri keladi. Shu tufayli eng katta yillik yuvilish qatlami (0,22
mm) ham mazkur qit’ada kuzatiladi, boshqacha qilib aytganda, uning
yuzasi 1000 yilda o‘rtacha 22 sm pasayadi.
K.N.Lisitsina va V.V.Alekseyevlar suv eroziyasi mahsulotlarining
Dunyo okeani havzalari bo‘yicha taqsimlanishini ham o‘rganganlar
(17.2jadval).
17.2jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |