3
Kirish
Ma’lumki, o`lchovshunoslik, o`lchov vositalari va usullarini yaratishda
va ularning rivojlanishida ayniqsa Sharq, xususan Markaziy Osiyo
olimlarining hissasi katta bo`lgan.
Masalan, VIII – XI asrlarda yashab ijod qilgan vatandoshlarimizdan
Al-Xorazmiy, Ahmad Al-Farg`oniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va
Mirzo Ulug`bek kabi buyuk olimlarimiz o`lchovshunoslik va o`lchov birliklarga
oid bir qancha asarlar yozib qoldirishgan.
Buyuk alloma Al–Xorazmiyning (783 - 850) “O`lchashlar haqida”
risolasida uzunlik, yuza, hajmlarni hisoblash va o`lchash usullarini amalda
qanday qo`llash haqida ma`lumotlar keltirilgan. Uning “Quyosh to‘g‘risida”gi
risolasida vaqtni aniq o‘lchachga katta ahamiyat qaratilgan.
Vatandoshlarimizdan yana biri Axmad al-Farg‘oniy (taxminan 798 -
865) dunyoda birinchi bo‘lib 861 – yilda Nil daryosi sathini o‘lchaydigan
asbobni kashf qilgan. Uning bu kashfiyoti o`sha davrda juda katta ahamiyatga ega
bo`lib, daryo suvi sathini o‘lchash natijasida qishloq xo`jalik ekinlarining u
yoki bu turini ekish bo‘yicha tavsiyalar berilar, ya’ni suv sathi maxsus belgidan
past bo‘lganda o‘rtacha suv talab qiladigan o‘simliklar va belgidan yuqori
bo‘lganda ko‘p suv talab qiladigan ekinlar ekish tavsiya etilgan.
Rossiya olimi D.I. Mendeleyev o`lchashlar haqida “Har qanday fan
o`lchashdan boshlanadi” degan ta`rifi bilan o`lchashning fan va texnika
taraqqiyotida qanday ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatgan[16,17].
Ushbu maqsadda talabalar axborot – o‘lchash tizimlari strukturasi va
klassifikatsiyasini, axborot – o‘lchash tizimi komponentlarining o‘zaro aloqalari,
ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish va qayta ishlash, axborot – o‘lchash
tizimlarining metrologik xarakteristikalarini baholash kabi mavzulardan nazariy
bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi hamda axborot – o‘lchash
tizimlarini loyihalash, ishlab chiqish kabi jarayonlariga ilmiy va uslubiy
yondashgan holda ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini
bajaradi.
4
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi
talablar qo‘yiladi.
Talaba:
-
“Elektr o‘lchovlar va instrumentlar” tushunchasi, Elektr o‘lchashlarning
birlamchi o‘lchash o‘zgartgichlari va o‘lchanayotgan kattalikni raqamli shaklga
o‘zgartirish texnologiyasini, elektr o‘lchashlar tarkibiy elementlari o‘rtasida
ma’lumotlar uzatish hamda o‘zaro aloqa, o‘lchash asboblari interfeysi,
ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni aks ettirish, Elektr o‘lchashlarning
metrologik xarakteristikalari haqida
tasavvurga ega bo‘lishi;
- Elektr o‘lchovlar va instrumentlar tizimlari ishini tashkil etish uchun
standart interfeyslarni, programma ta’minoti, axborot – o‘lchash tizimi texnik
xarakteristikalarini baholay olish va tahlil qilishni, tizim diagnostikasi va uni
loyihalay olishni
bilishi va ulardan foydalana olishi;
-
zamonaviy axborot – o‘lchash, kommunikatsion texnologiyalar va texnik
vositalaridan foydalana olish, ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish va qayta ishlash
hamda katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish, axborot – o‘lchash tizimlarini
loyihalash, ishlab chiqish va hisoblashning zamonaviy usullaridan foydalana olish
va texnik muammolar bo‘yicha tegishli qaror qabul qilish
ko‘nikmalariga ega
bo‘lishi kerak;
5
Do'stlaringiz bilan baham: |