Xalqaro standart
- standartlashtirish bilan (standartlashtirish bo‘yicha)
shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot qabul qilingan va iste’molchilarning keng
doirasiga yaroqli bo‘lgan standartdir.
Mintaqaviy standart
- standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan mintaqaviy
tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilar keng doirasiga yaroqdi
bo‘lgan standartdir.
Milliy standart
- standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan milliy idora
tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo‘lgan
standartdir.
Xalqaro mintaqaviy yoki chet mamlakatning milliy standarti to‘g‘ridan
to‘g‘ri qo‘llanishi O‘z. RST 1.7 ga binoan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |