“O‘lchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish”
– yagona namunalarda
ishlab chiqariladigan(yoki O‘zbekiston hududiga yagona namunalarda olib
kiriladigan) o‘lchov vositalarining xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida ular
qo‘llanish uchun haqqoniy ekanligining metrologiya xizmati tomonidan e’tirof
etilishi;
“Metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya
qilish”
– o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash ishlarini akkreditatsiya
qilishni belgilangan sohada o‘tkazishga metrologiya xizmatlari, markazlari,
laboratoriyalarining vakolatli ekanligining rasmiy e’tirof etilishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |