3. Kassa operatsiyalarini taftishdan o‟tkazish.
Soliq inspektorilari tomonidan kassa operatsiyalarining tekshirilishi
natijasida korxonaning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq uchastkalari o‘rtasidagi ishlab
chiqarish va xo‘jalik faoliyatida ruy berishi mumkin bo‘lgan soliqqa tortiladigan
ob‘ektlar bo‘yicha suiste‘molchiliklar tekshirilib ko‘riladi.
Kassa operatsiyalarini tekshirishni boshlanishida quyidagi xolatlar aniqlanib
olinishi lozim:
- kassa kitoblarida va ro‘yxatga olish jurnalida kirim va chiqim kassa
orderlarining qayd qilinishining to‘g‘riligi;
- kassa daftaridagi ma‘lumotlarning kassir hisobotida to‘g‘ri aks
ettirilganligi;
- yozuvlarda o‘zgartirishlar kiritilmaganligi;
- kassa daftaridagi sahifa raqamlarining ketma-ketligi;
- kassa hujjatlaridagi raqamlarning to‘g‘riligi;
- har kungi pul tushumlarining kirim va chiqim aylanmasi hisob-
kitoblarining to‘g‘ri hisoblanib borilganligi;
- har kungi pul qoldiqlarining to‘g‘riligi va ularni keyingi kuninig
boshlanishiga to‘g‘ri o‘tkazilganligi;
- taftish o‘tkazilayotgan faoliyat davrida kassada qolishi mumkin bo‘lgan
naqd pul limitiga rioya etilishi.
Yuqoridagi holatlar aniqlanib bo‘lingach kassa operatsiyalarini tekshirishga
kirishiladi. Kassa operatsiyalari tushunchasi tarkibiga quyidagi tekshiruv ob‘ektlari
176
kiradi:
Kirim bo‘yicha:
- bankdan olingan naqd pullarni to‘liq kirim qilinishi;
- moddiy qiymatliklarni naqd pulga sotilishi bo‘yicha tushumlarni kirim
qilinishi;
- bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘langan naqd pullarning
kirimi;
- uy-joy va kommunal xizmat uchun to‘langan xaqlarning kirimi.
Chiqim bo‘yicha:
- ishchi va xizmatchilarga to‘langan maosh;
- deponentga o‘tkazilgan ish haqi bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlar;
- mukofotlar, moddiy yordam va nafaqa to‘lanishi bo‘yicha naqd pulni
hisobdan chiqarilishi;
- naqd pulga moddiy qiymatliklar sotib olinishi;
- naqd pulni boshqa korxonalarga berilishi;
- maosh o‘rniga tovar mahsulotlari berilishi.
Ana shu yuqorida ko‘rsatilgan kirim va chiqim operatsiyalari quyidagi
tartibda tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Bankdan olingan naqd pullarning kirim qilinishini tekshirish tartibi Bu
tekshiruvni o‘tkazishda 3 turdagi hujjatlarning ma‘lumotlari solishtiriladi:
1. Bank ma‘lumotlari (vipiska);
2. Kassa kitobidagi yozuvlar;
3. Chek kitobchasiga asosan olingan naqd pul bo‘yicha kassiring hisoboti.
Chek kitobchasining koreshogidagi bankdan berilgan naqd pullar summalari kassa
kitobida qayd etilgan kassa kirim orderi ma‘lumotlari va bank vipiskasidagi
summalar bilan solishtiriladi. Tekshirilgan har bir summa yoniga qizil qalam bilan
shartli belgi qo‘yib boriladi. Kassa kitobida qayd etilmagan summalarning sababi
aniqlanadi. SHunday tarzda olingan va kirim qilingan naqd pullar tekshirilib
balansi chiqariladi. Bankdan naqd pul olishda buzilgan va bekor qilingan cheklar
chek kitobchasidagi tegishli koreshoklarga yelimlanib qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
177
Bankka qaytarilgan naqd pullar kassa kitobida qayd etiladi. Bu summalar bank
tomonidan qabul qilib olinganligini tasdiqlovchi bank chiptasida (vipiskasida)
qayd etilgan bo‘lishi kerak. Bu tekshiruvda bankka topshirilgan naqd pul summasi
bilan hisobdan chiqarilgan summa o‘rtasida tafovut yo‘qligiga alohida e‘tibor
berilishi lozim. Ishchi va xizmatchilarga ish haqi to‘lanishini tekshirish Ish haqini
to‘lanishini tekshirishda soliq inspektori vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotganligi
uchun nafaqa to‘lovlarini, mehnat ta‘tillari uchun to‘lovlarni va davlat pensiyasini
to‘lash bilan bog‘liq hamma buxgalteriya hujjatlaridagi arifmetik xisob-kitoblar
ko‘rib chiqiladi. Hujjatlarni rasmiylashtirishda o‘chirib yozilgan, tuzatilgan
yozuvlarning mavjudligiga, ayrim shaxslarga pullarni haqiqiy to‘langanligiga,
boshqa shaxslarga ishonch qog‘ozi bilan to‘langan xaqlarga alohida e‘tibor
qaratilishi lozim. Nazorat-taftish o‘tkazish tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki,
korxonalarda ish haqi to‘lash bilan bog‘liq naqd pulni noqonuniy o‘zlashtirish ikki
xil usulda amalga oshirilishi mumkin: - kassadan ish haqi to‘lanishidan
xisoblangan summadan ortiq miqdorda pulni hisobdan chiqarish; - ish haqi
hisoblanmasdan kassadan ish haqi sifatida naqd pulni chiqim qilish. Bunday
qonunbuzarliklarni aniqlash uchun har oydagi to‘langan ish haqi bo‘yicha sintetik
va analitik hisob yuritish hujjatlari tekshirilib ko‘riladi va balansi chiqariladi. Agar
hisob-kitob natijalarida tafovut chiqsa bu xolat kassadan noqonuniy ravishda naqd
pul hisobdan chiqarilganini anglatadi. Noqonuniy ish haqi to‘lanishini va kassadan
ortiqcha pul o‘zlashtirilishini ish haqi to‘lash vedomostlarini kassa chiqim orderlari
bilan ushlab qolingan summalarni inobatga olgan holda solishtirib ko‘rish yo‘li
bilan ham aniqlash mumkin. To‘lov vedomostlari va kassa chiqim orderlari
bo‘yicha oylik to‘langan summalar lavozim okladlari, ishga chiqish tabellari va
ishchi va xizmatchilarning shaxsiy varaqlaridagi ma‘lumotlar bilan solishtirilib
ko‘riladi.
Noqonuniy pul to‘lanishi quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin;
- ta‘tilda bo‘lgan xodimlarga ish haqi to‘lash;
- vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotgan xodimlarga pul to‘lash;
- ishdan bo‘shatilgan xodimlarga xaq to‘lash;
178
- korxonada ishlamaydigan yoki umuman o‘ylab topilgan taxminiy
shaxslarga xaq to‘lash.
Ish haqi to‘lashda sodir etiladigan g‘ayriqonuniy ishlarni aniqlashda har hil
to‘lov hujjatlardagi va korxonaning kadrlar bo‘limidagi imzolarni solishtirib
ko‘rish ham yaxshi natija beradi. Lozim bo‘lgan hollarda haqiqiy to‘langan ish
haqini tekshirib ko‘rish uchun pul olgan xodimlarni chaqirtirib so‘rov o‘tkazishi
ham mumkin. Ish haqi to‘lash ko‘rinishida kassadan naqd pulni hisobdan
chiqarilishining aniq sabablarini topish uchun ish haqi to‘lash va uni tashkil qilish
mexanizmini taftishdan o‘tkazish kerak. Bir oy davomida ayrim shaxslarga bir
necha to‘lov hujjatlari bilan naqd pul berilishi ham bo‘lishi mumkin bo‘lgan
suite‘molchilikni ko‘rsatuvchi alomatlarga kiradi va bu xolat albatta bu
summalarni to‘g‘ri hisoblanganligini tekshirilib ko‘rishni talab qiladi. Masalan, bir
shaxsga kasallik varaqasi bo‘yicha pul to‘langan va mehnat ta‘til to‘lovi va oylik
maosh to‘langan bo‘lsa summalarni to‘g‘ri hisoblanganligi tekshirilib ko‘rilishi
kerak.
Ish haqi va shunga o‘xshash to‘lovlarni to‘lashdagi suiqastliklarni aniqlash
quyidagi hujjatlarni tekshirilishi natijasida aniqlanadi:
- to‘lov hujjatlari bilan hisobdan chiqarilgan summalar;
- hisoblash vedomostlari;
- tabellar, naryadlar;
- ishga qabul qilish va ishdan ozod etish buyruqlari.
Deponetga o‘tkazilgan pullar hisobidan ish haqi to‘lanishini tekshirish Ba‘zi
hollarda deponent kartochkalariga o‘tkazilgan summalarni noto‘g‘ri xisobdan
chiqarib kassadagi naqd pul o‘zlashtirilishi mumkin. SHuning uchun deponent
hisobidan pul to‘langan vedomostlar, deponent kartochkalariga o‘tkazilgan
summalar va tegishli sintetik hamda subschyotlar (№3 deponent) solishtirilib
tekshirilishi lozim. Soliq inspektori ishchi va xizmatchilar tomonidan ish haqini
o‘z vaqtida olmaganlik sababini, ish haqini deponent kartochkaga haqiqiy
o‘tkazilganligini va deponent summalarni aynan tegishli shaxslar tomonidan
olinganligini hamda deponent summasini olinganda pasport ma‘lumotlari qayd
179
etilganligi tekshirilib ko‘riladi. Mukofatlar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha kassa
chiqimlarini tekshirish Bunday to‘lovlarni tekshirish korxonaning tegishli
buyruqlari va qarorlari bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi. Tekshiruvchi soliq
inspektori eng avvalo tekshirilayotgan davrdagi hamma to‘lovlar bo‘yicha
summalarni yig‘ma vedomostga ko‘chirib olishi kerak. Bu usul ayrim xodimlarga
bir necha marta pul berilganligini aniqlashda juda qo‘l keladi. Keyin har bir to‘lov
tegishli buyruq va qarorlar bilan solishtiriladi. Ish haqi, mukofatlar, kassalik
varaqasi bo‘yicha nafaqalar va pensiya to‘lash hisobiga kassadagi naqd pullarni
hisobdan chiqarilishini tekshirish jarayonida to‘langan summalarni qaysi yil va
oyga to‘langanligiga alohida e‘tibor qaratilishi lozim. Kassadan chiqim qilingan
summa bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatda «olindi» yoki «to‘landi» shtamplari
qo‘yilib kassirni imzosi va sana ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |