Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»



Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/146
Sana31.03.2022
Hajmi4,14 Mb.
#520764
TuriУчебное пособие
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   146
Bog'liq
fayl 1954 20210924

2.
 
Ayrim xorijiy davlatlar (AQSh, Frantsiya, Buyuk Britaniya, 
Shvetsiya) da soliq ma‟murchiliginini amalga oshirishning o‟ziga xos 
xususiyatlari. 
O‘zbekistonda soliq ma‘murchiligi fanini rivojlantirishda xorij tajribasining 
qo‘llanilishi zaruriy elementlardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi va inqiroz davridan keyingi sharoitlarda soliq qonunchiligi 
masalalarining soddalashtirilishi, soliq rejimlari va soliq stavkalarning, shuningdek 
soliq imtiyozlari soni va salmog‘ining kamayishi holatlari kuzatiladi. Dunyoning 
rivojlangan mamlakatlarida soliq ma‘murchiligining takomillashtirilishi tobora 
soliq to‘lovchilar va ularning manfaatlari ko‘zlagan holda amalga oshirilmoqda. 
Ayrim davlatlar soliq nazoratini mustahkamlash va takomillashtirish yo‘lidan 
borayotgan bo‘lsa, boshqa birlari esa soliq to‘lovchilarga har tomonlama ko‘mak 
berish orqali hamkorlik ―aloqalari‖ni o‘rnatishga harakat qilinmoqda. Masalan, 
AQShda soliq to‘lovchi bilan soliq ma‘murlari o‘rtasidagi munosabatlar axborot 
xatlari asosida amalga oshiriladi. Frantsiyada soliq organi bilan soliq to‘lovchi 
munosabatlari fikrlar almashinuvi doirasida, har bir tomon o‘zining haqligini 
himoya qilgan holda yuzaga keladi. Joriy va hisobot natijalari bo‘yicha soliq 
deklaratsiyalari auditorlar va mustaqil soliq maslahatchilari tomonidan tuziladi. 
Qo‘shimcha soliq hisoblash administrativ tarzda o‘tkaziladi, agar soliq idorasi 
tomonidan katta miqdordagi soliq to‘lanmaganligi aniqlansa, sezilarli jarima 
sanktsiyalari qo‘llash uchun asos bo‘ladi. Agar tekshiruv natijasida soliq to‘lovchi 
tomonidan ortiqcha soliq to‘lagani aniqlansa, soliq summasi foiz ustamalari bilan 
qaytariladi.
Frantsiyada soliq kodeksining tegishli moddalari soliq to‘lovchining yashash 
tarzidan kelib chiqqan holda uning olishi mumkin bo‘lgan daromadlarini belgilab 
beradi.Masalan, soliq to‘lovchi ma‘lum kadastr qiymatiga ega bo‘lgan uyga ega 


293
bo‘lsa va uni ijaraga bergan taqdirda, uning daromadi uyning ijara haqining besh 
baravari miqdorida aniqlanadi. Agar soliq to‘lovchining uy xizmatkori mavjud 
bo‘lsa, uning yillik daromadi 30 ming frankka tenglashtiriladi, yangi avtomobil 
olgan taqdirda avtomobil qiymatining 75%dan kelib chiqqan holda daromadi 
aniqlanadi va belgilangan tartibda soliqqa tortiladi. Agar soliq to‘lovchi tasarrufida 
uy, avtomobil va uy xizmatkori bo‘lsa, yuqoridagi daromad miqdorlari qo‘shilgan 
holda soliq olinadi.
Shvetsiyada soliq ma‘murchiligini isloh qilish ―yagona deklaratsiya -
yagona hisob raqami – yagona manzil (to‘lov shakli)‖ tamoyili asosida olib 
boriladi. Shvetsiyaning barcha fuqarolari soliq idoralarida, ichki ishlar organlarida 
ro‘yxatdan o‘tgan yagona fiskal raqamga egalar. Bundan tashqari, soliq 
idoralarining ko‘chmas mulk ob‘ektlarini hisobga olishning yagona bazasiga 
to‘g‘ridan to‘g‘ri kirish vakolati mavjud.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida soliq idoralari ularning funktsional belgilari 
asosida tuzilgan. Ichki daromadlarning tashkiliy qo‘mitasi soliq ma‘murchiligining 
to‘rtta ustuvor yo‘nalishidan kelib chiqqan holda tashkil etilgan: 1) ish haqi va 
investitsiyalar; 2) kichik biznes 3) yirik va o‘rta biznes; 4) soliq imtiyozlari 
(chegirmalari) va davlat korxonalari. Bundan tashqari, ushbu xizmat tuzilmasi 
tarkibida boshqa normativ va ma‘murchilik vazifalarini bajaruvchi bo‘linmalar 
ham faoliyat yuritadi. Xususan, jinoyat qidiruv, soliq to‘lovchilarga xizmat 
ko‘rsatish (soliq advokati xizmati), tashqi aloqalar, axborot texnologiyalari, moliya 
va kadrlar xizmati bo‘linmalari shular jumlasidandir.
Germaniya Federativ Respublikasi federal soliq xizmatida xalqaro va milliy 
soliqqa tortish masalalari bilan shug‘ullanuvchi soliq va nazorat bo‘linmalari 
mavjud. Bu o‘rinda soliq departamentlari aniq belgilangan funktsional tarkibga 
ega. Ularning tarkibiga soliq to‘lovchilarni ma‘lumotlar bilan ta‘minlash va 
hisobga olish, soliq siyosatini amalga oshirish bo‘yicha, turli xalqaro tashkilotlar 
bilan aloqalar o‘rnatish bo‘limlarini kiritish mumkin. Nazorat xizmatlarining ichki 
tarkibiy tuzilmasi ixtisosligidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Masalan, 
korporatsiyalar foyda solig‘i bo‘yicha qonunchilikni amalda qo‘llashga 


294
ixtisoslashgan (Korperschqftsteuer), ish haqi va daromad solig‘i bo‘yicha 
qonunchilikka ixtisoslashgan (Lohnsteuer), (Einkommensteuer), hunarmandchilik 
solig‘i bo‘yicha (Gewerbesteuer) bo‘limlar tashkil etilgan. 
Buyuk Britaniyada Ichki daromadlar va bojxona bojlari xizmatining tarkibi 
ixtisoslashgan bo‘linmalardan tashkil topgan. Uning tarkibida daromad va 
kapitalni soliqqa tortishni tashkil etuvchi, egri va ekologik soliqlarni, bojxona 
bojlari va yig‘imlarni, ijtimoiy sug‘urtaga majburiy to‘lovlarni yig‘ishni tashkil 
etuvchi bo‘limlar mavjud.
Shunday qilib, soliq organlarini ishini tashkil etishda aniq belgilangan 
yondashuv mavjud emasligi yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdi. Ko‘p hollarda 
soliq tizimi idoralari tarkibi tarixiy taraqiyotdan, mavjud an‘analardan va har bir 
davlatning soliq ma‘murchiligini ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda 
tashkil etiladi.
Yuqorida ko‘rib o‘tgan davlatlarda nisbatan iqtisodiy va siyosiy barqarorlik 
hukm surishiga qaramasdan, bu davlatlar uchun davlat boshqaruvi tizimini isloh 
qilib borish xarakterlidir. Islohotlar va o‘zgarishlar jarayoni hozirgi davrda ham 
davom etmoqda. Boshqa bir qator o‘zgarishlar bilan birga, korporativ boshqaruv 
tizimidan davlat boshqaruviga ilg‘or natijalarni qo‘llanilishi bu borada ijobiy 
natijalar berishi shubhasiz. 

Download 4,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish