Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»



Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/146
Sana31.03.2022
Hajmi4,14 Mb.
#520764
TuriУчебное пособие
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   146
Bog'liq
fayl 1954 20210924

 


194
Soliq tekshiruvi materiallari davlat soliq xizmati organining rahbari yoki 
rahbar o‘rinbosari tomonidan soliq tekshiruvi tugagan kundan e‘tiboran o‘n ish 
kuni o‘tgach, biroq o‘n besh ish kunidan kechiktirmasdan ko‘rib chiqiladi. 
Soliq tekshiruvi materiallari ko‘rib chiqilayotganda hisoblangan yoki 
ortiqcha to‘langan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar miqdori, soliq to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlari buzilganligi alomatlari mavjudligi, qo‘llanilayotgan moliyaviy 
sanktsiyalarning miqdori va xususiyati, sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik 
uchun javobgarlikni engillashtiruvchi yoki og‘irlashtiruvchi holatlar, ma‘muriy 
huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlarining mavjudligi, shuningdek soliq tekshiruvi 
materiallarini ko‘rib chiqish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlar aniqlanadi. 
Soliq tekshiruvi materiallari ko‘rib chiqilayotganda bayonnoma yuritilib, 
unda quyidagilar ko‘rsatiladi: 
1) soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish sanasi va joyi; 
2) soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqayotgan shaxsning familiyasi, 
ismi, otasining ismi, shuningdek lavozimi; 
3) soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqishda ishtirok etuvchi 
shaxslarning hozir bo‘lganligiga oid ma‘lumotlar;
4) ko‘rib chiqilayotgan soliq tekshiruvi materiallari; 
5) soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqishda ishtirok etuvchi 
shaxslarning tushuntirishlari, iltimosnomalari va ularni ko‘rib chiqish natijalari;
6) soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqishda o‘rganilgan hujjatlar; 
7) soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish jarayoni haqidagi boshqa 
ma‘lumotlar. 
Soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish bayonnomasi soliq tekshiruvi 
materiallarini ko‘rib chiqqan mansabdor shaxs, shuningdek ularni ko‘rib chiqishda 
ishtirok etgan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadi. 
Soliq to‘lovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasi bo‘yicha o‘zining yozma 
tushuntirishlarini yoki e‘tirozlarini soliq tekshiruvi tugagan kundan e‘tiboran o‘n 
ish kuni ichida taqdim etishga haqli. Mazkur holda soliq tekshiruvi materiallari 
soliq to‘lovchining mansabdor shaxslari ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Davlat soliq 


195
xizmati organi tekshiruv materiallarini ko‘rib chiqish sanasi, vaqti va joyi 
to‘g‘risida soliq to‘lovchini ko‘rib chiqishdan kamida ikki ish kuni oldin xabardor 
qiladi. 
Agar soliq to‘lovchi soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqishga uzrli 
sabablarga ko‘ra kela olmasligi to‘g‘risida davlat soliq xizmati organini xabardor 
qilgan bo‘lsa, davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o‘rinbosari soliq 
tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqishni uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan 
muddatga kechiktirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, bu haqda soliq to‘lovchi 
xabardor qilinadi. Agar soliq to‘lovchi takroriy xabarnomaga qaramasdan soliq 
tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqishga kelmasa, mazkur materiallar, shu 
jumladan soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan tushuntirishlar va e‘tirozlar 
uning ishtirokisiz ko‘rib chiqiladi. 
Soliq tekshiruvi materiallari soliq to‘lovchining ishtirokida ko‘rib 
chiqilganda bayonnoma soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqqan mansabdor 
shaxs, soliq to‘lovchi, shuningdek ularni ko‘rib chiqishda ishtirok etgan boshqa 
shaxslar tomonidan imzolanadi. Soliq to‘lovchi bayonnomani imzolashdan bosh 
tortganda yoxud soliq tekshiruvi materiallari uning ishtirokisiz ko‘rib chiqilganda 
bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi. 
Soliq tekshiruvi materiallari soliq to‘lovchining ishtirokida ko‘rib 
chiqilganda bayonnoma uch nusxada tuziladi, ulardan bir nusxasi soliq to‘lovchiga 
beriladi. Soliq to‘lovchi bayonnomani olganda bayonnomaning barcha nusxalariga 
uni olgan sanani ko‘rsatgan holda imzo qo‘yishi shart. Soliq to‘lovchi 
bayonnomani olishdan bosh tortgan taqdirda davlat soliq xizmati organining 
mansabdor shaxsi bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritadi. Soliq tekshiruvi 
materiallarini ko‘rib chiqish bayonnomasining davlat soliq xizmati organida 
qolgan barcha nusxalari soliq tekshiruvi materiallariga qo‘shib qo‘yiladi. 
Davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o‘rinbosari soliq 
tekshiruvi materiallari ko‘rib chiqilganidan keyin besh ish kunidan 
kechiktirmasdan quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror qabul qiladi: 


196
soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlarni va penyani hisoblashni yoki buni rad 
etishni; 
soliq to‘lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi uchun 
javobgarlikka tortishni yoki buni rad etishni. 
Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish 
natijalari bo‘yicha qarorida quyidagilar ko‘rsatiladi: 
1) hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, penya, shuningdek 
qo‘llanilgan jarima summasi; 
2) o‘tkazilgan tekshiruvda aniqlangan soliq to‘lovchi tomonidan soliqqa oid 
huquqbuzarlik sodir etilganligi holatlari, mazkur holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar 
va boshqa ma‘lumotlar; 
3) soliq to‘lovchini soliqqa oid muayyan huquqbuzarlik uchun javobgarlikka 
tortish to‘g‘risidagi, soliq Kodeksining muayyan huquqbuzarlikni va 
qo‘llaniladigan javobgarlik choralarini nazarda tutuvchi moddalari ko‘rsatilgan 
qaror; 
4) Soliq kodeksi 104-moddasiga muvofiq soliqqa oid huquqbuzarlikni 
bartaraf etish hamda hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va penyani 
to‘lash muddati; 
5) soliq to‘lovchi belgilangan muddatlarda soliqqa oid huquqbuzarlikni 
bartaraf etgan hamda hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va penyani 
to‘lagan taqdirda, uning jarima to‘lashdan ozod etilish huquqi. 
Soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha davlat soliq 
xizmati organining qarori qabul qilingan kundan e‘tiboran ikki ish kunidan 
oshmaydigan muddatda qarorning nusxasi tilxat olish orqali yoki soliq to‘lovchi 
tomonidan olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usul orqali soliq to‘lovchiga 
topshiriladi. Agar soliq to‘lovchiga qaror nusxasini topshirishning imkoni 
bo‘lmasa, u pochta orqali buyurtma xat bilan jo‘natiladi va jo‘natilganidan 
e‘tiboran uch kun o‘tgach, topshirilgan hisoblanadi. 
Soliq to‘lovchi, agar soliq Kodeksi 54-moddasining uchinchi qismida 
boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, davlat soliq xizmati organi qarorining 


197
ko‘chirma nusxasi olingan kundan e‘tiboran o‘ttiz kun ichida qarorda ko‘rsatilgan 
soliqqa oid huquqbuzarliklarni bartaraf etishi hamda hisoblangan soliqlar, boshqa 
majburiy to‘lovlar va penya summasini to‘lashi shart.
Agar davlat soliq xizmati organining qarori byudjetga hamda davlat 
maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning tushmasligiga 
olib kelmagan soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun soliq 
to‘lovchiga nisbatan jarima qo‘llanilishini nazarda tutsa, soliq to‘lovchi qaror 
nusxasini olgan kundan e‘tiboran besh ish kunidan kechiktirmasdan davlat soliq 
xizmati organiga mazkur huquqbuzarliklardagi aybini tan olganligi va ixtiyoriy 
ravishda jarima to‘lashi to‘g‘risida yoki uni rad etishi to‘g‘risida yozma bildirish 
taqdim etishi (yuborishi) shart. 
Soliq to‘lovchi soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etganlikdagi aybini tan 
olgan taqdirda, belgilangan muddatda davlat soliq xizmati organiga jarimani (aniq 
muddatni ko‘rsatgan holda) ixtiyoriy ravishda to‘lash uchun zarur bo‘lgan muddat 
berish to‘g‘risida murojaat qiladi. Jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilgan 
davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o‘rinbosari arizani olgan 
kundan e‘tiboran ikki ish kunidan kechiktirmasdan soliq to‘lovchi tomonidan 
so‘ralgan muddatni berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Muddat jarimani ixtiyoriy 
ravishda to‘lash uchun muddat berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan 
e‘tiboran o‘ttiz kundan, Soliq kodeksi 54-moddasining uchinchi qismida nazarda 
tutilgan hollarda esa olti oydan oshmasligi kerak. Mazkur qarorning nusxasi soliq 
to‘lovchiga tilxat olish orqali yoki soliq to‘lovchi qaror nusxasini olgan sanani 
tasdiqlovchi boshqa usul orqali topshiriladi. Agar soliq to‘lovchiga qarorning 
nusxasini bunday usullar orqali topshirish imkoni bo‘lmasa, u pochta orqali 
buyurtma xat bilan jo‘natiladi va jo‘natilganidan uch kun o‘tgach, topshirilgan 
hisoblanadi. 
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining qoidalarga rioya 
etmaganligi davlat soliq xizmati organining qarori davlat soliq xizmatining yuqori 
turuvchi organi tomonidan bekor qilinishi yoki mazkur qarorning sud tomonidan 
haqiqiy emas deb topilishi uchun asos bo‘lishi mumkin. 


198
Soliq tekshiruvi jarayonida aniqlangan ma‘muriy huquqbuzarliklar 
to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma‘muriy jazo chorasini qo‘llash 
O‘zbekiston Respublikasining Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga 
muvofiq amalga oshiriladi. 
Soliq tekshiruvini o‘tkazishda soliq to‘lovchiga yoxud uning egaligida, 
foydalanishida yoki tasarrufida bo‘lgan mol-mulkka g‘ayriqonuniy harakatlar 
orqali zarar etkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Soliq tekshiruvini o‘tkazishda davlat soliq xizmati organlari yoki ular 
mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari orqali etkazilgan zararlarning
shu jumladan boy berilgan foydaning o‘rni davlat soliq xizmati organlari 
tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi kerak. Sud qaroriga binoan zararlarning 
o‘rnini qoplash davlat soliq xizmati organlari qaysi mansabdor shaxslarining aybi 
bilan zarar etkazilgan bo‘lsa, o‘sha mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi 
mumkin. 
Davlat soliq xizmati organlari va ularning mansabdor shaxslari 
g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etganligi natijasida soliq to‘lovchiga etkazilgan 
zarar uchun qonunda nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladi. 
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining qonuniy harakatlari 
orqali soliq to‘lovchiga etkazilgan zararlarning o‘rni qoplanmaydi, qonunda 
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 

Download 4,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish