Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


Soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‟yicha ma‟muriy amaliyot yuritish



Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/146
Sana31.03.2022
Hajmi4,14 Mb.
#520764
TuriУчебное пособие
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   146
Bog'liq
fayl 1954 20210924

3. Soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‟yicha ma‟muriy amaliyot yuritish 
tartiblari.
O‘zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 
(bundan buyon matnda — MJtK) 174-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda — JK) 184-moddasining 
birinchi qismi dispozitsiyasiga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni 
to‘lashdan bo‘yin tovlash deganda, foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan 
boshqa ob‘ektlarni qasddan yashirish, kamaytirib ko‘rsatish, shuningdek soliqlar 
va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan boshqa tarzda qasddan bo‘yin tovlash 
tushunilishi lozim. 
Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa ob‘ektlarni qasddan 
yashirish — bu davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan tegishli soliq 
hisoboti hujjatlarida foyda (daromad) olinganligi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni 
qasddan ko‘rsatmaslik, shuningdek, ular mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni 
yashirish maqsadida foyda (daromad) kelib tushishini hisobga olish tartibini 
buzish. 
Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa ob‘ektlarni kamaytirib 
ko‘rsatish davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan soliq hisoboti 
hujjatlarida soliq solinadigan ob‘ekt miqdoriga oid axborotni bila turib pasaytirish 
(kamaytirish) tomoniga o‘zgartirishda ifodalanadi.


209
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan boshqa tarzda qasddan 
bo‘yin tovlash soliq to‘lovchining davlat soliq xizmati organlariga soliq hisoboti 
hujjatlarini yoki soliq qonunchiligiga muvofiq taqdim etilishi shart bo‘lgan boshqa 
hujjatlarni qasddan taqdim etmaslikdan iborat har qanday boshqa qilmishlarida 
ifodalanadi, mazkur harakatni inson erkiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar ta‘sirida 
bajarmaslik hollari bundan mustasno. 
MJtK 174-moddasining birinchi qismi, JK 184-moddasining birinchi qismi 
dispozitsiyasi blanket (havolaki) bo‘lib, shu sababli «daromadlar», «foyda», «soliq 
solinadigan ob‘ektlar», «soliqlar», «boshqa majburiy to‘lovlar» kabi tushunchalar 
mazmunini aniqlash uchun qilmish sodir etilgan paytda amalda bo‘lgan Soliq 
kodeksi (bundan buyon matnda — SK) normalaridan kelib chiqish lozim. 
Qonunda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni (bundan buyon matnda — 
soliqlar) to‘lashdan ancha miqdorni tashkil qilmagan (eng kam oylik ish haqining 
yuz baravarigacha bo‘lgan) miqdorda qasddan bo‘yin tovlash yoki birinchi marta 
ancha (eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo‘lgan) 
miqdorda sodir etilganligi uchun ma‘muriy javobgarlik belgilangan MJtK 174-
moddasining birinchi va ikkinchi qismlari. 
Agar shaxs soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun MJtK 174-
moddasining ikkinchi qismi bo‘yicha ma‘muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng bir yil 
davomida shunday qilmishni yana ancha miqdorda sodir etsa, JK 184-moddasining 
birinchi qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlik kelib chiqadi. 
Shuni nazarda tutish lozimki, agar soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin 
tovlaganlik natijasida ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda zarar etkazilgan bo‘lsa, jinoiy 
javobgarlik ma‘muriy preyuditsiyaga rioya qilinmagan holda (ya‘ni shaxsning 
muqaddam soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun ma‘muriy javobgarlikka 
tortilishi talab etilmaydi), tegishlicha, Jinoyat kodeksi 184-moddasi ikkinchi 
qismining «b» bandi yoki uchinchi qismi bo‘yicha kelib chiqadi. 
Shaxsning harakatlarini to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun surishtiruv, 
tergov organlari va sudlar, barcha hollarda, soliqlar to‘lanmaganligi oqibatida 
etkazilgan moddiy zarar miqdorini sinchiklab aniqlashlari, bunda JK 184-moddasi 


210
mazmuniga ko‘ra, shaxs tomonidan yashirilgan yoki kamaytirib ko‘rsatilgan soliq 
solinadigan ob‘ekti kattaligi (qiymati) emas, balki faqat to‘lanishi lozim bo‘lgan 
soliqlar summasi (soliqqa oid huquqbuzarlik uchun qo‘llanilgan moliyaviy 
sanktsiya (jarima va penya) summalarini qo‘shmagan holda) tushunilishi 
lozimligini nazarda tutishlari kerak. 
MJtK 174-moddasi va JK 184-moddasi bo‘yicha javobgarlik kelib 
chiqishining zarur sharti — soliq yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin 
tovlashga nisbatan qasdning mavjudligi bo‘lib, u harakatda ham, harakatsizlikda 
ham namoyon bo‘lishi mumkin. 
Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa ob‘ektlarni qasddan 
yashirish, kamaytirib ko‘rsatish belgilari, jumladan, quyidagilar: 
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum 
summasini hisobga olish registrlarida aks ettirilmaslik; 
tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganligidan dalolat beruvchi 
hujjatlarni almashtirish, soxtalashtirish yoki yo‘q qilish yoxud ularni tekshirish 
uchun taqdim etishni rad etish; 
qalbaki boshlang‘ich buxgalteriya hujjatlaridan foydalanish; 
buxgalteriya hujjatlarida realizatsiya qilinmagan deb ko‘rsatilgan 
tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi; 
buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlar bilan tegishli ravishda 
rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash; 
nazorat-kassa mashinalarining fiskal xotirasi xizmati dasturiga noqonuniy 
ravishda o‘zgartirish kiritish; 
foydalanilmagan moddiy xarajatlarni foydalanilgan deb, ishlab chiqarish 
hisobotiga qo‘shish; 
tovarlar sotish (xizmat ko‘rsatish)dan olingan tushumni hisobot davridan 
keyingi davrga o‘tkazish (sotish hajmini va daromad(foyda)ni qasddan 
kamaytirish); 


211
moddiy, yoqilg‘i-energetika resurslari xarajatlarini va amortizatsiya 
(eskirish) normasini sun‘iy ravishda oshirish yoki normativ (limit)larni noto‘g‘ri 
qo‘llash va h.k. 
MJtK 
174-moddasi 
va 
JK 
184-moddasida 
nazarda 
tutilgan 
huquqbuzarliklarga doir ishlar bo‘yicha yuqorida qayd etilgan yoxud boshqa biror-
bir belgisi aniqlanishidan tashqari, shaxsning qilmishida soliqlarni to‘lashdan 
bo‘yin tovlashga nisbatan to‘g‘ri qasd (JK 21-moddasi) mavjudligi isbotlangan 
bo‘lishi shart. 
Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik bilan bog‘liq jinoyat ishlari 
bo‘yicha shuni e‘tiborga olish kerakki, agar soliq to‘lovchi sub‘ektlarning 
g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) JK 184-moddasi dispozitsiyasi bilan 
qamrab olinsa, ularni tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof 
ravishda aralashish bilan bog‘liq jinoyatlar hamda xo‘jalik yurituvchi 
sub‘ektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa 
jinoyatlar (JK 192
11
-moddasi) va boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar (205 — 209, 
227, 228-moddalari) uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari bilan 
qo‘shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi. 
Qonunga ko‘ra (SK 109-moddasi), shaxs quyidagi holatlardan loaqal bittasi 
mavjud bo‘lgan taqdirda soliqqa oid huquqbuzarlik uchun ma‘muriy va jinoiy 
javobgarlikka tortilishi mumkin emas: 
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganligi faktining yo‘qligi (masalan, 
agar bir turdagi soliqlar uchun to‘langan pul summasi boshqa turdagi majburiy 
to‘lovlar uchun to‘lanmagan summalar o‘rnini to‘liq qoplasa va SK 56-moddasida 
nazarda tutilgan boshqa hollarda); 
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilishida shaxsning aybi yo‘qligi 
(masalan, qilmishning tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda va bartaraf etib 
bo‘lmaydigan holatlar oqibatida, shaxs tomonidan o‘z harakatlarini o‘zi idora 
etolmaydigan yoki boshqara olmaydigan kasallik holatida sodir etilgan bo‘lsa va 
SK 110-moddasida nazarda tutilgan boshqa hollarda). 


212
Qonunga ko‘ra (SK 56-moddasi), agar bir turdagi soliqlar uchun to‘langan 
pul summasi boshqa turdagi majburiy to‘lovlar uchun qasddan to‘lanmagan 
summalar o‘rnini to‘liq qoplasa, shaxs javobgarlikka tortilmaydi. Agar bir turdagi 
soliqlar uchun ortiqcha to‘langan summaning miqdori boshqa turdagi to‘lovlar 
uchun qasddan to‘lanmagan summaning miqdorini qisman qoplasa, shaxsning 
aybdorlik masalasi to‘langan va to‘lanmagan summalar orasidagi farq miqdoridan 
kelib chiqqan holda hal etiladi.
Soliq to‘lovchi o‘z xatolarini soliq tekshiruvi (SK 85-moddasi) 
boshlangunga qadar o‘zi mustaqil ravishda tuzatgan taqdirda ham ma‘muriy va 
jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi (SK 109-moddasi uchinchi qismi). 
Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash tariqasidagi jinoyat tegishli soliq davri 
uchun soliq qonunchiligida belgilangan muddatlarda soliq to‘lanmasligi holati 
kelib chiqqan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi (agar bunda soliqlarning 
ortiqcha to‘langan summalarini hisobga olish imkoniyati (SK 56-moddasi) yoki 
soliqqa oid huquqbuzarlik uchun shaxsning javobgarligini istisno etuvchi holatlar 
(SK 109, 110-moddalari) mavjud bo‘lmasa. 
Soliq kodeksi 162-moddasiga ko‘ra soliq davri kalendar yiliga mos keladi. 
MJtK 
174-moddasi 
va 
JK 
184-moddasida 
nazarda 
tutilgan 
huquqbuzarlikning sub‘ekti 16 yoshga to‘lgan, soliq solinadigan daromad 
(foyda)ga ega bo‘lgan va qonunga muvofiq davlat soliq organlariga daromadlari 
haqida deklaratsiya taqdim etishga majbur bo‘lgan jismoniy shaxs (O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs) hisoblanadi. 
MJtK 174-moddasi va JK 184-moddasida belgilangan javobgarlikka soliq 
to‘lovchi-yuridik shaxs rahbari va bosh (katta) buxgalteri yoki boshliq va bosh 
buxgalter vazifalarini amalda bajarayotgan xodimlari, shuningdek buxgalteriya, 
bank-moliya hujjatlarini tuzish, imzolash huquqiga ega bo‘lgan va buxgalteriya 
hujjatlariga daromad yoki xarajatlar to‘g‘risida soxta ma‘lumotlar kiritgan yoxud 
soliq solinadigan boshqa ob‘ektlarni yashirgan o‘zga xizmatchilari tortilishlari 
mumkin. 


213
Soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq jinoyat ishlari 
yuzasidan surishtiruv, tergov yuritish hamda ularni sudda ko‘rishda bunday 
jinoyatlarni yashirishga ko‘maklashgan barcha shaxslarni aniqlash choralari 
ko‘rilishi shart. 
JK 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatga rahbarlik qilgan yoki ushbu 
jinoyatni sodir etishga soliq to‘lovchi tashkilot boshlig‘i, bosh (katta) buxgalteri, 
boshqa xizmatchilarini undagan yoxud o‘zining maslahatlari, ko‘rsatmalari bilan 
jinoyatni sodir etishga ko‘maklashgan shaxslar tashkilotchi, dalolatchi yoki 
yordamchi sifatida JK 28-moddasi va 184-moddasining tegishli qismi bo‘yicha 
javobgarlikka tortiladilar.
Nazorat-kassa mashinalari fiskal xotirasi xizmati dasturiga noqonuniy 
o‘zgartirish kiritish yo‘li bilan daromad (foyda)ni yashirishda soliq to‘lovchiga 
ko‘maklashgan shaxslar ham soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashda 
ishtirokchi sifatida javobgarlikka tortiladilar. 
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, nodavlat tijorat yoki boshqa 
nodavlat tashkilotlari mansabdor shaxslarining soliqlarni to‘lashdan bo‘yin 
tovlashda qasddan ko‘maklashishga qaratilgan harakatlari jinoyatda ishtirokchilik 
sifatida JK 28-moddasi hamda JK 184-moddasining tegishli qismi bo‘yicha 
kvalifikatsiya qilinadi, agar ayni paytda ular g‘araz yoki boshqa shaxsiy 
manfaatlarni ko‘zlagan yoki shu maqsadlarda jinoyatlarni yashirishda 
ko‘maklashgan bo‘lsalar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari mansabdor 
shaxslarining harakatlari, shuningdek Jinoyat kodeksining boshqaruv tartibiga 
qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari (JK 205, 
209, 210-moddalari) bilan, nodavlat tijorat yoki boshqa nodavlat tashkilotlari 
mansabdor shaxslarining harakatlari esa, Jinoyat kodeksining tadbirkorlik 
faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog‘liq 
jinoyatlar hamda xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning huquqlari va qonuniy 
manfaatlariga tajovuz qilish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari (JK 
192
9
, 192
11
, 228-moddalari) bilan ham kvalifikatsiya qilinishi lozim. 


214
JK 184-moddasida nazarda tutilgan qilmishni ikki va undan ortiq marotaba 
yagona qasd bilan qamrab olmagan holda sodir etgan shaxsning harakati soliq 
to‘lashdan takroran bo‘yin tovlash sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunda 
shaxs jinoyatni bajaruvchi yoki uning ishtirokchisi ekanligining, muqaddam sodir 
etilgan qilmish tugallangan jinoyat yoki jinoyatga suiqasd bo‘lganligining 
ahamiyati yo‘q. 
Shaxsning harakatlarida soliqlarni to‘lashdan takroran bo‘yin tovlash 
belgisi mavjudligi masalasini hal etishda Jinoyat kodeksining 32-moddasida 
ko‘rsatilgan talablardan kelib chiqish lozim.
Qilmishni soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash sifatida MJtK 174-moddasi 
va JK 184-moddasining tegishli qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilish uchun asos 
bo‘lgan soliq miqdorini pul summasida belgilashda, huquqbuzarlik tugallangan 
vaqtda amalda bo‘lgan eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqish lozim. 
Bunda SK 3-moddasi, MJtK 9-moddasi va JK 13-moddasi talablariga rioya etilishi 
shart.
Jinoyat kodeksi 184-moddasi beshinchi qismiga ko‘ra, birinchi marta 
jinoyat sodir etgan shaxs, agar u soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish 
natijalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organining qarorini olgan kundan e‘tiboran 
o‘ttiz kun ichida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan, penyalar va 
boshqa moliyaviy sanktsiyalar tarzida davlatga etkazilgan zararning o‘rnini to‘liq 
qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinishi lozim.
JK 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marotaba sodir etgan, 
shu jumladan, mazkur modda bo‘yicha sudlanganligi tugallangan yoki olib 
tashlangan shaxs ushbu asoslarga ko‘ra javobgarlikdan ozod etilishi lozim,
Jinoyat kodeksi 184-moddasi beshinchi qismiga asosan jinoyat ishini 
tugatish masalasini muhokama qilishda, o‘ttiz kunlik muddat ichida etkazilgan 
zararni qoplash masalasiga (SK 36-moddasi), shuningdek uning to‘liq 
qoplanganligi faktini tasdiqlovchi dalillar (to‘lov topshiriqnomalar chiptalar va 
sh.o‘.) mavjudligiga alohida e‘tibor qaratilishi lozim. 


215
Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash shaxs tomonidan soliqqa oid 
qonunchilikning muayyan normasi talablarini bajarmaslik bilan bog‘liq. Shu 
tufayli, JK 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarga oid ishlar bo‘yicha 
surishtiruv, tergov organlari va sudlarning e‘tibori shaxsni ayblanuvchi tariqasida 
javobgarlikka tortish haqidagi qarorda, ayblov dalolatnomasida, ayblov xulosasi va 
ayblov hukmida ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan soliqqa oid 
qonunchilikning jinoyat sodir etilgan vaqtda amalda bo‘lgan aynan qaysi normasi 
talablari buzilganligi ko‘rsatilishi shartligiga qaratilishi lozim. 
Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash uchun javobgarlik to‘g‘risidagi 
qonunlarni qo‘llash bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda, sudlar shuni nazarda tutishlari 
kerakki, sudlanuvchining harakatlarida jinoyat tarkibi bor-yo‘qligi bilan bog‘liq 
holatlar boshqa dalillar bilan bir qatorda ekspert xulosasi, soliq tekshiruvi 
dalolatnomasi, davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib 
chiqish natijalari bo‘yicha qarorlari asosida ham aniqlanishi mumkin. Sudlar, 
zarurat tug‘ilganda, sud majlisiga soliq solish sohasi bo‘yicha mutaxassislarni jalb 
qilishlari lozim.
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, shaxsning aybdorligiga oid barcha 
shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyati tugagan bo‘lsa, soliq 
to‘lovchining foydasiga hal qilinadi (JPK 23-moddasi).
Sudlar soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga oid har bir jinoyat ishi 
bo‘yicha surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan jinoyat-protsessual 
qonunining dalillar maqbulligini tartibga soluvchi normalariga rioya etilganligini 
sinchkovlik bilan aniqlashlari shart. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, dalillarni 
to‘plash uchun belgilangan tartibni buzgan holda olingan hujjatlar yoki boshqa 
ma‘lumotlar shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi. 
Sudlar mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha hukm chiqarishda fuqarolik 
da‘vosini hal etishlari zarur.
Sud fuqarolik da‘vosini qanoatlantirish to‘g‘risida xulosaga kelganda, o‘z 
hukmida mahkumdan undirilishi lozim bo‘lgan pul summasi miqdorini (penya va 
shtraf summasini qo‘shgan holda), to‘lanmagan soliqlar turiga qarab, tegishli 


216
davlat byudjeti (respublika, mahalliy), byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘arma, 
shuningdek soliq to‘lovchi hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organi 
nomini ko‘rsatishi kerak. 
Soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq jinoyat ishlari 
Jinoyat-protsessual 
kodeksining 
84-moddasiga, 
ma‘muriy huquqbuzarlik 
to‘g‘risidagi ish MJtK 271-moddasining 5 va 7-bandlariga muvofiq tugatilgan 
taqdirda, mazkur to‘lovlar to‘lanmaganligi oqibatida etkazilgan zararni undirish 
masalasi fuqarolik sudlov ishlarini yuritish tartibida hal qilinadi. 
Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq jinoyat ishlarini 
ko‘rishda, sudlar soliqqa oid jinoyatlar sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart-
sharoitlarni aniqlashlari hamda ularni bartaraf etish yuzasidan xususiy ajrimlar 
chiqarishlari zarur. 
O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 20 avgustdagi «O‘zbekiston 
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik 
sub‘ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal 
rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunining (bundan buyon matnda — 
Qonun) 5-moddasi quyidagi:
jinoyat ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning ish 
yurituvida (birinchi, apellyatsiya, kassatsiya, nazorat instantsiyalarida) bo‘lgan;
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslarga 
nisbatan tatbiq etiladi.
Qonun kuchga kirgunga qadar, JK 184-moddasida nazarda tutilgan 
jinoyatlarni sodir etgan, ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning 
ish yurituvida (birinchi, apellyatsiya instantsiyalarida) bo‘lgan shaxslarga nisbatan 
jinoyat ishlari, JK 184-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlar 
mavjud bo‘lganda, JPK 84-moddasi birinchi qismi 8-bandi tartibida tugatilishi 
lozim.
Jinoyat kodeksi 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi 
uchun jazo o‘tayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari ham JK 184-moddasining 


217
beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lganda, JPK 84-moddasi 
birinchi qismi 8-bandi tartibida tugatilishi lozim.
Qonun amalga kiritilgunga qadar hukm qilingan, biroq, jazoni o‘tab 
bo‘lmagan shaxslarga nisbatan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan 
yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga 
muvofiqlashtirish masalasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda 
yuqori instantsiya sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Bir necha jinoyat yoki bir necha hukm bo‘yicha sudlangan shaxslarga 
nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirishda sudlar shuni nazarda 
tutishlari lozimki, JK 184-moddasi bilan hukm qilingan shaxslar javobgarlikdan 
ozod qilingan hollarda, bir necha jinoyat yoki bir necha hukm bo‘yicha tayinlangan 
uzil-kesil jazo turi va miqdorini qayta muhokama qilishlari kerak. 

Download 4,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish