6-MAVZU: SOLIQ IDORALARIDA SOLIQLAR VA MAJBURIY
TO‟LOVLAR HISOBINING YURITILISHI
1. Shaxsiy kartochka tushunchasi va uni yuritish bo‟yicha ishlarni tashkil
qilish.
2. Yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to‟lovlar
hisobini yuritish.
3. Jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to‟lovlar
hisobini yuritish.
4. Shaxsiy kartochkalarda penya hisoblash va to‟lash tartibi.
5. Soliq to‟lovchilarning shaxsiy kartochkalarini yuritilishini nazorat qilish va
javobgarlik.
1. Shaxsiy kartochka tushunchasi va uni yuritish bo‟yicha ishlarni tashkil
qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutstiyasi 51-moddasi va Soliq Kodeksining 6-
moddalariga asosan mamlakatimizda soliqlar va qonun bilan belgilangan boshqa
majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyligi qat‘iy ravishda belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) soliq kodeksi 34-
moddasida belgilanganidek, o‘zlariga yuklatilgan soliq majburiyatlarini bajarish
uchun davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatda turishlari shart. Xo‘jalik
yurituvchi sub‘ektlar davlat ro‘yxatidan o‘tgach, jismoniy shaxslar esa uchastka
davlat soliq inspektorlari tomonidan ro‘yxatga olingach Davlat soliq
inspeksiyasida soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatga turadi va uning zimmasiga qonun
hujjatlariga binoan soliq to‘lash majburiyati yuklatiladi. Shu munosabat bilan soliq
sub‘ektlari va soliq organlari o‘rtasida huquqiy munosabatlar o‘rnatiladi.
66
Davlat soliq organlariga kelib tushadigan axborotning katta hajmlarda bo‘lishi,
ularga qisqa muddatlarda unumli va aniq ishlov berish zarurligini inobatga olib
xodimlarning say-arakatidan bevosita soliq xizmati organlarining asosiy
funkstional vazifalarini hal etishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish soliq
xizmatlari ishining barcha jarayonlariga joriy etilgan.
Bugungi kunda Davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchilarning shaxsiy
kartochkalari DSQ raisining 2012 yil 15 sentyabrdagi 350-sonli buyrug‘i bilan
tasdiqlangan ―Davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchilarning shaxsiy
kartochkalarini yuritish‖ tartibiga asosan yuritiladi.
Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, Mehnat
kodeksiga, Fuqarolik kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining «Davlat
soliq xizmati to‘g‘risida»gi, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi, «Byudjet tizimi
to‘g‘risida»gi, «Fuqarolarning Davlat pensiya ta‘minoti to‘g‘risida»gi,
«Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan Pensiya ta‘minoti to‘g‘risida»gi,
«Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi, «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi
Qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan
bo‘lib, davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchilarning shaxsiy
kartochkalarida byudjetga, byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalariga
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning, shuningdek fuqarolarning shaxsiy
jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari, O‘zbekiston yoshlarining
«Kamolot» ijtimoiy harakatini rivojlantirish jamg‘armasiga hamda Davlat soliq
qo‘mitasining moddiy yordam, ijtimoiy himoyalash, soliq organlarini rivojlantirish
va kutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasiga to‘lovlarning tezkor hisobini
yuritish, soliq organlarining funkstional bo‘linmalari o‘rtasida o‘zaro axborot
almashinuvi tartibini belgilaydi.
Hududiy davlat soliq inspekstiyalarida soliq to‘lovchilarni hisobga olishni va
ularning shaxsiy kartochkalarini elektron ko‘rinishda yuritish ishlari ―Soliq va
boshqa majburiy to‘lovlar tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish ma‘lumotlar
bazasiga xizmat ko‘rsatish‖ bo‘limi tomonidan yuritiladi. Davlat soliq xizmati
67
organlarida soliq to‘lovchining soliq majburiyatlarini bajarilishiga doir ayrim
ma‘lumotlar soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkalarida yuritiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |