Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


Soliq to‟lovchining shaxsiy kartochkasi



Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/146
Sana31.03.2022
Hajmi4,14 Mb.
#520764
TuriУчебное пособие
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   146
Bog'liq
fayl 1954 20210924

 
Soliq to‟lovchining shaxsiy kartochkasi
(keyingi matnda «ShK» deb 
yuritiladi) – Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli dasturiy 
mahsul orqali soliq to‘lovchining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha 
majburiyatlarini bajarilish hisobi yuritiladigan elektron shakldagi hujjatdir; 
Davlat soliq xizmati organlarida byudjetga va davlat maqsadli 
jamg‘armalariga tushumlar hisobi byudjet klassifikastiyasiga muvofiq tegishli 
ShKlarda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning, shuningdek penya va 
jarimalarning hisoblangan hamda to‘langan summalarini aks etgan holda yuritish 
uchun, to‘liq Davlat soliq qo‘mitasining (keyingi matnda «DSQ» deb yuritiladi) 
Yuridik shaxslarga soliq solish va Jismoniy shaxslarga soliq solish bosh 
boshqarmalari tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar turi bo‘yicha 
amaldagi mavjud ShKlar yoki bank hisobvaraqlari ro‘yxati byudjet 
klassifikastiyasi va soliq hisoboti shakllaridan kelib chiqib ochilishi yoki yopilishi 
bo‘yicha inventarizastiya qilib boriladi. Soliq qonunchiligiga kiritiladigan 
o‘zgartirishlar belgilangan tartibda qonuniy kuchga kirgandan so‘ng, 10 kun 
muddatda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning elementlari ko‘rsatilgan holda 
to‘liq DSQning Axborot - tahlil bosh boshqarmasiga rasman ma‘lum qilib boriladi. 
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar turi bo‘yicha ochilishi yoki yopilishi lozim 
bo‘lgan ShKlar yoki bank hisobvaraqlari bo‘yicha rasman berilgan ma‘lumotga 
asosan dasturiy majmualarga o‘zgartirish kiritish yuzasidan Axborot - tahlil bosh 
boshqarmasi tegishligicha Yangi texnologiyalar ilmiy - axborot markaziga 
buyurtma topshiriqlar beradi. 
Davlat soliq xizmati organlarida ShK milliy valyuta – so‘mda yuritiladi. 
Qonun hujjatlariga asosan soliq hisobi chet el valyutasida yuritilishi belgilangan 
taqdirda, ShK chet el valyutasida hamda unga mos ravishda milliy valyutada 
yuritilishi mumkin. 
ShKlarda quyidagi summalar aks ettiriladi: 


68
a) soliq to‘lovchining soliq hisobotiga, shu jumladan aniqlashtirilgan soliq 
hisobotiga va tekshirishlar natijasida qo‘shimcha yoki kamaytirishga hisoblangan 
summalar; 
b) to‘langan (undirilgan) summalar; 
v) qaytarilgan yoki amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlarning bir turidan boshqa turdagi soliq qarzi uchun hisobga 
olingan summalar; 
g) to‘lash muddati kechiktirilgan (bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni berilgan) 
to‘lovlar; 
d) hisobdan chiqarilgan va alohida hisobi yuritiladigan summalar; 
e) hisoblangan penya va boshqa moliyaviy sankstiyalar. 
ShKni yuritish dasturiy mahsulida ma‘lumotlar bazasiga ushbu Tartibda 
belgilangan tarzda ma‘lumotlar kiritiladi va to‘liqligicha saqlanishi ta‘minlanib, 
noqonuniy foydalanishdan himoyalanadi.
ShKga ma‘lumotlar asosan birlamchi hujjatlar yoki maxsus elektron raqamli 
imzo bilan yuborilgan elektron hisobotlar (aniqlashtirilgan hisobotlar) asosida 
kiritiladi. 
ShKga barcha yozuvlar ketma-ket tartibda sanalari va kiritilayotgan 
yozuvlarning 
haqqoniyligini 
tasdiqlovchi 
hujjatlar 
(soliq 
hisobotlari, 
aniqlashtirilgan soliq hisobotlari, to‘lov hujjatlari, bank ko‘chirmalari, tekshirish 
natijasida rasmiylashtirilgan 10-shakl ma‘lumotlari, ariza va vakolatli organlar 
hujjatlari, xo‘jalik va fuqarolik sudlari qarorlari, ajrimlari va boshqa qonun bilan 
belgilangan hujjatlar) ko‘rsatilgan holda tegishli ustunlarda aks ettiriladi. 
Soliq 
to‘lovchilarning 
shaxsiy 
kartochkalarni 
yuritish 
bo‘yicha
ishlarni tashkil qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
1.
ShKlarni yuritish huquqi faqat funkstional vazifalardan kelib chiqqan holda 
davlat soliq xizmati organi rahbarining buyrug‘i bilan yuklatilgan mas‘ul 
xodimlarga beriladi. 
2.
Davlat soliq xizmati organining buyrug‘i bilan Soliqlar va majburiy to‘lovlar 
tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish, ma‘lumotlar bazasiga xizmat ko‘rsatish 


69
bo‘limining mas‘ul xodimi ma‘lumotlar bazasi administratori etib tayinlanadi, 
unga mazkur Tartib va boshqa qonun hujjatlarda belgilangan vazifalar hamda 
javobgarliklar yuklatiladi. 
3.
Xizmat vazifasida foydalanish uchun ShKlardagi ma‘lumotlarni kiritish va 
o‘zgartirish huquqisiz, faqatgina ko‘rish huquqi davlat soliq xizmati organi 
rahbarining rasmiy ko‘rsatmasi asosida tegishli mas‘ul xodimlarga berilishi 
mumkin. 
4.
ShKlarga ma‘lumotlarni kiritish va ularni o‘zgartirish huquqi berilgan 
xodimlarga ma‘lumotlar bazasi adminstratori tomonidan alohida «parol» yoki 
elektron raqamli imzo (keyingi matnda «parol» deb yuritiladi) berilib, ushbu 
«parol» asosida ma‘lumotlar bazasiga kirib ishlashga ruxsat beriladi. 
5.
ShKlarga ma‘lumot kiritish va ularni o‘zgartirish huquqini beruvchi 
«parol»ni mas‘ul xodim va ma‘lumotlar bazasi adminstratori tomonidan boshqa 
shaxslarga oshkora qilinishi, shuningdek ShKlarga boshqa xodimning paroli bilan 
ma‘lumotlar kiritish yoki kiritilgan ma‘lumotlarni o‘zgartirish (o‘chirish) qat‘iyan 
taqiqlanadi, Davlat soliq inspekstiyasi (keyingi matnda «DSI» deb yuritiladi) 
rahbariyatining ruxsatiga asosan Soliqlar va majburiy to‘lovlar tushumlarini 
hisobga olish, tahlil qilish, ma‘lumotlar bazasiga xizmat ko‘rsatish bo‘limi 
boshlig‘i tomonidan noaniqliklarni to‘g‘rilash maqsadida ShKga kiritiladigan 
o‘zgartirishlar bundan mustasno. 
6.
Mas‘ul xodimlarga alohida berilgan «parol»lar zaruriyatdan kelib chiqib, 
xodimning o‘zi tomonidan o‘zgartirib turiladi va ushbu kiritilgan o‘zgartirishlar 
ma‘lumotlar bazasida saqlanib boriladi. 
Ma‘lumotlar bazasida «parol»larni qayd qilish elektron jurnali dasturiy 
majmuada yuritiladi. Elektron jurnalda har bir xodim va uning amaldagi paroli 
avtomatik tarzda qayd qilinib boriladi. Elektron jurnaldagi ma‘lumotlar shifrlanadi 
hamda u bilan ishlashga faqat ma‘lumotlar bazasi administratoriga ruxsat etiladi.
Xodimlar egalab turgan lavozimidan ozod etilganda yoki boshќa lavozimga 
o‘tganda ma‘lumotlar bazasiga kirib ishlash uchun unga berilgan imkoniyat 
(dostup) ma‘lumotlar bazasi administratori tomonidan berkitiladi. 


70
ShKlarda amalga oshirilgan har bir operastiya va uni amalga oshirgan mas‘ul 
xodimning ismi sharifi, sanasi va vaqti dasturiy mahsul tomonidan maxsus 
elektron jurnalda qayd etib boriladi. Har bir operastiyaning eski holati keyinchalik 
aniqlik kiritish maqsadida va nazoratini ta‘minlash uchun avtomatik tarzda 
saqlanib qolinadi. 
Soliq organining mas‘ul xodimlari (DSI boshlig‘i, mas‘ul o‘rinbosari va 
Soliqlar va majburiy to‘lovlar tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish, ma‘lumotlar 
bazasiga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i) lavozimga tayinlanayotganda yoki 
vazifasidan ozod qilinayotganda, ushbu sanaga ma‘lumotlar bazasi arxivlanadi va 
arxiv faylining nomi, hajmi va sanasi ko‘rsatilgan holda topshirish-qabul qilish 
dalolatnomasi rasmiylashtirilib, DSI administratorida saqlanadi. 
Byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar hisobini yuritish 
bo‘yicha hujjatlar soliq qonunchiligida belgilangan ish yuritish hujjatlar jildida 
(nomenklatura) belgilangan muddatlargacha saqlanadi. Ko‘rsatilgan muddat 
tugagandan so‘ng, belgilangan tartibda soliq organining arxiviga topshiriladi.
Moliya yili tugashi bilan ShK bo‘yicha qoldiq summalari keyingi yilga 
o‘tkaziladi hamda ma‘lumotlar bazasi to‘liq arxivlanib, DSQning 2007 yil 21 
dekabrdagi «Davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy 
shaxslar ma‘lumotlar bazasi arxivini DSQga taqdim etish va saqlash to‘g‘risida»gi 
Ichki tartibi asosida DSI, Davlat soliq boshqarmasi (keyingi matnda «DSB» deb 
yuritiladi) hamda DSQda saqlash uchun olib qo‘yiladi. 
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisobga olish hujjatlari 
quyidagi ish yuritish jildlarida saqlanadi:
a) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq to‘lovchining solishtirma 
dalolatnomasi hamda ShKsidan ko‘chirma; 
b) moliya idorasi, bank muassasasi va boshqa vakolatli tashkilotlardan olingan, 
byudjet klassifikastiyasi bo‘yicha amalga oshirilgan bank operastiyalarining to‘lov 
hujjatlari va bank ko‘chirmalari, to‘lov reestrlari; 
v) ortiqcha to‘langan summalarni hisobga olinganligi yoki qaytarilganligi
bo‘yicha hujjatlar; 


71
g) ShKlarni boshqa tuman (shahar) soliq organiga jo‘natish va qabul qilish 
yuzasidan hujjatlar; 
d) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni majburiy undirish bo‘yicha hujjatlar; 
e) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq majburiyatlarini 
bajarishda to‘lash muddatlarini o‘zgartirilishi yuzasidan hujjatlar; 
j) soliq to‘lovchilarning soliq majburiyatlari to‘xtatilganligi to‘g‘risida hujjatlar; 
z) tugatilgan soliq to‘lovchilarning soliq majburiyatlarini ijrosi to‘g‘risidagi 
hujjatlar; 
i) qayta tashkil bo‘lgan soliq to‘lovchilarning soliq majburiyatlarini ijrosi 
bo‘yicha hujjatlar; 
k) Davlat byudjetining kelgusi yildagi asosiy parametrlarini tasdiqlash 
to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, shuningdek 
byudjet klassifikastiyalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi Moliya vazirligining 
buyruqlari; 
l) ish yuzasidan boshqa zaruriy hujjatlar. 
Soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasida umumiy tartibda quyidagi 
ma‘lumotlar aks ettiriladi: 
a) soliq to‘lovchining identifikastion raqami (keyingi matnda STIR deb 
yuritiladi);

Download 4,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish