68
Fonemalar, shunday bo‘lishiga qaramay, til belgilarining xom ashyosi
sanaladi.
Belgi tanlash masalasi ham salmoqli mavqega egadir. Bu haqda
F.de Sossyur muhim ilmiy ahamiyatga molik fikr bildiradi. Uning
fikriga ko‘ra, belgi tanlash erkin bo‘lib, u
har bir xususiy sistemaning
ichki qonun-qoidalari asosida amalga oshiriladi. Biroq buni nisbiy
tushunmoq lozim. Chunki har qanday belgi ham til sistemasining faol
a’zosiga aylangach, uni o‘zgartirib bo‘lmaydi va natijada erkinlik
tushunchasi kun tartibidan tushiriladi. Til belgilari sistemani tashkil etar
ekan,
ular tilning
ijtimoiyligi uchun faol xizmat qiladi. Biroq, belgi
tildan nutqqa ko‘chirilgach, unda xususiylik alomatlari vujudga kela
boshlaydi. Chunki nutq o‘z mohiyatiga ko‘ra xususiydir. Shuning uchun
biz til bilan nutqni F. de Sossyur dixotomiyasiga ko‘ra birini
ikkinchisiga qarama-qarshi qo‘yib o‘rganamiz. Mazkur qarama-qarshilik
ular o‘rtasidagi umumiylik va xususiylik, virtuallik va aktuallik, statiklik
va dinamiklik kabi farqlarda aniq ko‘zga tashlanadi. Demak,
til bilan
nutq bir-biriga asosli ravishda suyansa ham, ular mushtarak hodisalar
emas. Lekin til bilan nutq o‘rtasida uzviylik mavjudligini inkor etib
bo‘lmaydi, zotan, til nutq uchun darkor bo‘lsa, nutq ham, o‘z navbatida,
til uchun zarurdir. Nutq
materiali til hisoblanadi
,
tilning esa qo‘llanish
ob’ekti nutqdir.
Tilning semiotik tabiatini o‘rganadigan fan semiotika deb nomalnadi.
Semiotika belgilar nazariyasi haqidagi ta’limot sifatida belgilarni,
hodisalarni, ularning tabiati, mohiyati kabilarni o‘rganadi. Semiotikada ikki
turdagi, ikki tipdagi belgilar farqlanadi, ya’ni tabiiy belgilar (yoki belgilar –
priznaklar) va sun’iy belgilar (yoki belgilar – informatorlar) [R.Rasulov,
2017: 186]. Semiotikada belgi va tushunchalar munosabatlari o‘rganiladi.
Matndagi belgilar sistemasi tilning semiotik tabiatini taqozo etadi. Belgilar
tabiiy va sun’iy belgilarga bo‘linadi. Tabiiy belgilarga telefonlarimizga
SMS kelganda chalinadigan gudoklar, yomg‘ir yoki qor yog‘ishidan oldin
osmonga to‘plangan quyuq bulutlar kiradi. Bu belgilar ongimizda ma’lum
tushunchalarni uyg‘otadi.
Sun’iy belgilar shartli belgilardir. Shartli belgilar axborot
almashinuvga xizmat qiladi. Kommunikativ belgi
sifatida til belgilari
69
hisoblanadi. Sun’iy belgilar so‘z, gaplar kabi kommunikativ ma’no
ifodalaydi. Tilni tafakkur va jamiyat bilan bog‘laydi.
Signallar, belgilar, mimika kabi yordamchi aloqa vositalari qo‘llanish
doirasining chegaralanganligi bilan tildan farq qiladi. Til jamiyat
faoliyatining hamma sohasida eng muhim aloqa vositasi sifatida xizmat
qiladi [N.Uluqov, 2016:16]. Professor N.Uluqov to‘g‘ri ta’kidlaganidek,
semiotik vositalar,
signallar, belgilar, mimika kabilar yordamchi aloqa
vositalari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: