106
Namlikning ta’siri turlicha bo‘lib, hasharot tanasidagi suv miqdoriga bog‘liq. Muhit
namligi hasharotning hayotchanligi va serpushtligiga ta’sir etadi.
Ayrim tur hasharotlarning rivojlanishiga namlik haroratga qaraganda turlicha
ta’sir etadi. Masalan, bir tur hasharot namlik ta’sirida tez rivojlansa, boshqa turlari
aksincha sekin rivojlanadi. Karam kuyasi va chigirtkalar qurg‘oqchilik
davrida tez
ko‘payadi, o‘simlik bitlari esa aksincha namlik mavsumida tezroq ko‘payadi.
Hasharotlar tanasidagi suv miqdorini boshqarish uchun turlicha moslashadi
(adaptatsiya).
Morfologik moslanishga
suv o‘tkazmaydigan teri qoplagichi epikutikulasi,
mumli
qoplamlari, kutikulaning qalinligi, nafas olish teshiklarining va g‘umbakning
tuzilishi, pilla hosil qilishi va boshqalar kiradi.
Fiziologik moslanishga
hasharot orqa ichagining hazm bo‘lmagan ovqat
qoldiqlaridagi suvlarni so‘rish, terining namlikni qabul qilish qobiliyati, organizmga
ozuqa bilan namlikni qabul qilish xususiyatlari kiradi.
Ekologik moslanishga
yashash joyini o‘zgartirish kiradi.
Tuproqda
yashaydigan hasharotlar tuproqning tashqi qatlami quriganda pastki, namlik yuqori
bo‘lgan qismiga ko‘chadi. Yoki hasharotlar g‘umbakka aylanishdan oldin tuproqning
yuqori qismiga ko‘chadilar.
Har xil hasharot turlarining normal rivojlanishi uchun optimal miqdordagi
namlik kerak. Masalan, ombor uzunburun qo‘ng‘izining
normal rivojlanishi uchun 14
-16%
namlik talab etiladi, 11% namlikda esa u halok bo‘ladi. Shunga asosan bu
hasharotga qarshi kurashish choralaridan biri donlarni quruq saqlashdir. Tabiatda
namlikning yetishmasligi, qurg‘oqchilik vaqtlarda o‘simlikxo‘r
hasharotlar nobud
bo‘lishi kuzatilgan. Bundan tashqari, namlik hasharotga, ya’ni ular yeydigan o‘simlik
holati va zamburug‘ hamda bakterial kasalliklarning avj olib ketishi orqali bilvosita
katta ta’sir etadi. Lekin bu ko‘rsatkichlarning hammasi ma’lum darajada shartlidir,
chunki haqiqatda tabiatda namlikning hasharotga ta’siri doimo boshqa ekologik
omillar, birinchi navbatda, harorat va ovqat bilan chambarchas bog‘liqdir.
Muhit harorati hasharotga namlikning ta’sir etish darajasini o‘zgartiradi.
Shuning uchun ko‘pchilik entomolog olimlar harorat
bilan namlikni hasharotning
o‘sish tezligiga, serpushtligiga ta’sirini birgalikda o‘rganishni tavsiya etadilar.
Hasharotlarning
hamma
hayotiy
ko‘rsatkichlari-rivojlanish
davomati,
serpushtligi, o‘limi bevosita muhitga bog‘liq. Masalan, kuzgi tunlamning serpushtligi
harorat 20
o
C da namlik 55% - 1081; 85%
-
1891, 91% - 1863, harorat 30
o
C
ko‘tarilganda shu namliklarda serpushtlik 294, 747, 185 ta bo‘lgan, ya’ni harorat
20
o
C, namlik 85%, serpushtlik ortgan (1891), harorat 30
o
C ko‘tarilganda shu
namlikda serpushtlik 747 ga kamaygan.
Hasharotlarning hayotida yorug‘lik ham muhim ekologik omil hisoblanadi.
Yorug‘ kunning uzunligi (fotoperiodik reaksiya) ko‘pgina turga oid hasharotlarning
107
qishga tayyorlanishiga,
diapauza holatiga kirishiga, bo‘g‘inining uzun-qisqa
bo‘lishiga ta’sir etadigan juda muhim omil hisoblanadi. Fotoperiodik reaksiya
hasharotning rivojlanish fazasi va yoshiga bog‘liq ekanligini A.S. Danilevskiy (1961)
aniqlagan.
Hasharotlarning ko‘payish tezligiga ba’zan quyosh nuri ham ta’sir etadi.
Masalan, ba’zi o‘simlik bitlarining jinsiy mahsuloti yorug‘lik yetarli bo‘lganda tezroq
rivojlanadi. Tungi kapalaklarning ko‘pi faqat yetarli darajada qorong‘ulik
bo‘lgandagina tuxum qo‘yadi. Hasharotlar rivojlanishiga kun va tunning almashishi
ham ta’sir etadi. Agar karam kapalagi qurtining rivojlanishi kunning uzunligi 15
soatdan kam bo‘lgandan o‘tsa, bunday qurtlardan paydo bo‘lgan g‘umbaklar
diapauza holatiga o‘tadi, ya’ni ularning rivojlanishi to‘xtaydi
va yetuk hasharotga
aylanishi kechikadi.
Yorug‘lik spektral tarkibining eng aktiv qismi qisqa to‘lqinli soha hisoblanadi.
Hasharotlarning tarqalishiga va ko‘payishiga shamol tezligi ham katta ta’sir
etadi, ayniqsa qanotli mayda hasharotlarning (o‘simlik bitlari, mayda kapalaklar va
boshqalar) tarqalishiga, hid chiqaruvchi hasharotlarning erkakalari urg‘ochilarini
topishiga yordam beradi.
Meteorologik omillar hasharotlarning ko‘payish tezligiga ta’sir etishi bilan
birga ular hayot faoliyatining boshqa tomonlariga: harakatchanligiga, hayotiy
chidamligiga va hatto tashqi ko‘rinishiga ham ta’sir etadi. Tropik mamlakatlardagi
hasharotlarning rangdor va yirik bo‘lishi yuqori harorat va yorug‘lik ta’siri
natijasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: