Qayin ipakkashlari - Endromididae oilasi. 53(52). Oldingi qanotidagi umumiy ustunida joylashgan radial shoxchalar (R
2
, R
3
va R
4
) 3 ta dan ortiq emas. Diskodial katakchalari ikkala qatlarida qisqa va
ingichka. Xartumchasi rivojlanmagan.
Pillakashlar - Lasiocampidae oilasi. 54(51). Qanotlarida ilgakchalari bor.
55(60). Orqa qanotlarida Sc rivojlangan.
56(57). Orqa qanotlaridagi Sc R bilan diskoid katakcha zonasida yoki
tashqarisida yaqinlashadi yoki qo‘shiladi.
57(56). Orqa qanotlaridagi Sc R bilan faqat diskoid katakcha zonasida
yaqinlashadi va qo‘shiladi.
58(59). Oldingi qanotidagi A
2
ning asosi ayrilgan (109, 12-rasm). Oldingi
qanoti qo‘ng‘ir yoki kulrang, ba’zan sarg‘ish yoki ko‘kimtir, mayda loviyasimon yoki
yumaloq. Orqa qanotlari bir xil rangda, rasmsiz yoki oldingi qanotlariga nisbatan
boshqacharoq ko‘rinishda.
Tunlamlar - Noctuidae oilasi.
368
59(58). Oldingi qanotidagi A
2
ning asosi ayrilmagan, chunki A
2
juda qisqa.
Qanotlarining ranglari ko‘pchilik turlarida tiniq yoki dog‘li, orqa qanotlari ko‘pincha
sariq yoki qizil.