Учебно-методический комплекс по "Энтомологии" подгатовлен на основе современной педтехнологии. Настоящий комплекс подготовлен на основании действующей



Download 11,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/348
Sana20.04.2022
Hajmi11,19 Mb.
#566981
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   348
Bog'liq
entomologiya

(Arthropoda)
tipi, 
traxеyalilar 
(Tracheata)
kеnja tipi, hasharotlar (Insecta) yoki olti oyoqlilar 
(Hexapoda)
katta 
sinfiga 
mansubdir. 
Bu 
tipga 
hasharotlardan 
tashqari 
qisqichbaqasimonlar 
(Crustacea),
o‘rgimchaksimonlar 
(Arachnoidea),
ko‘poyoqlilar 
(Myriapoda)
va boshqalar ham kiradi. 
Hasharotlar turlari tabiatda juda kеng tarqalgan va ular turlicha tuzilishga ega. 
Hozirgi vaqtda yer yuzida hasharotlarning 1-1,5 mln. atrofida turlari borligi ma’lum. 
Mutaxassislarning fikricha yer yuzida hasharotlarning 3-4 mln. va hatto 8- 10 mln. ga 
yaqin turlari bor deb faraz qilinadi. Chunki kam o‘rganilgan tropik mamlakatlardan 
har yili hasharotlarning 7-8 mingga yaqin yangi turlari topilib turadi.
MDH da hasharotlarning 100 ming turi, O‘zbekistonda esa ularning 23 
mingdan ortiq turi aniqlangan.
Umuman hasharotlarning turlari va soni qolgan hamma hayvon va o‘simlik 
turlarini qo‘shib hisoblagandan ham ko‘p. 
Har bir tur hasharot o‘ziga xos tuzilishga va xususiyatga ega. Hasharotlarning 
tuzilishidagi o‘ziga xos bеlgilarini muhitga moslanish darajasini, tabiatda tutgan 
o‘rnini, odamlar uchun ahamiyatini va boshqa tomonlarini o‘rganish muhim 
ahamiyatga ega. Bu xususiyatlarni chuqurroq o‘rganish zararkunanda hasharotlarni 
yo‘qotish va ayni vaqtda foydali hasharotlarni saqlab, ulardan foydalanish 
imkoniyatini bеradi.


34 
O‘simliklarning o‘sishiga har xil kasalliklar, zararkunandalar va yovvoyi o‘tlar 
xalaqit bеradi. 
Olimlarimizning taxminlariga ko‘ra, dunyoda mavjud hasharotlarni o‘rganish 
va nomlab chiqish uchun 75 ming yil kerak bo‘lar ekan.
Hasharotlar Yer yuzida juda keng tarqalgan bo‘lib, ular har qanday sharoitda 
hayot kechirishga moslashgan, y’ni turli chuqurlikdagi suvlarda, yer usti va yer 
ostida, eng baland tog‘ cho‘qqilarida, chuqur g‘orliklarda, sovuq tundrada, quyosh 
tushmas o‘rmonlarda, jazirama cho‘l va sahrolarda, havoda va hatto doimiy 
muzliklarda ham ular vakillarini uchratish mumkin.
Hasharotlar tabiatda ular o‘rnini almashtirib bo‘lmaydigan sanitarlar, xalq 
xo‘jaligidagi zarur xom ashyolar manbai, lazzatli, shifobaxsh taom va noyob 
dorivorlar beruvchi jonzotlardir.
Yuqorida ta’kidlanganidek, hasharotlarning ko‘pchiligi foydali bo‘lish bilan bir 
qatorda, ular orasida odam va mahsuldor hayvonlarda parazitlik qiluvchi va har xil 
yuqumli kasaliklarni tarqatuvchi, madaniy o‘simliklarda zararkunandalik qilib 
hosildorlikni kamaytiruvchi, qurilish va uy-joy materiallariga katta zarar yetkazuvchi 
turlari ham oz emas. Ayrim hasharot turlari juda tez ko‘payib, qishloq xo‘jalik 
ekinlariga katta ziyon keltiradi. Madaniy o‘simliklarning zararkunandalar ro‘yxatiga 
700 dan ortiq hasharot turi kiritilgan.
Mutaxassis olimlarning ma’lumotlardan ma’lum bo‘lishicha qishloq xo‘jaligi 
ekinlari hosilining uchdan bir qismi zararli organizmlar ta’sirida nobud bo‘ladi. 
Hozirgi vaqtda bu zararli organizmlar tufayli insoniyat har yili 203,7 mln.tonna 
don, 228,4 mln. tonna qand lavlagi, 23,8 mln. tonna kartoshka, 23,4 mln. tonna 
sabzavot, 11,3 mln. tonna meva, sitrus o‘simliklari va uzum hosilini kam olmoqda.
Bundan tashqari, Yer yuzida ekinlar hosilini zararli organizmlar ta’sirida nobud 
bo‘lishi barcha tur ekinlar bo‘yicha 34,2 % ni, jumladan, begona o‘tlardan 10%, 
kasallik qo‘zg‘atuvchilardan 12,1%, zararkunandalardan 11,1% ni tashkil etadi.
Donli ekinlarga Osiyo chigirtkasi, zararli xasva; g‘ozaga g‘o‘za tunlami; 
sabzavot hamda poliz ekinlari va mevali daraxtlarga har xil o‘simlik bitlari; 
mevalarga olma qurti; kartoshkaga esa kolorado qo‘ng‘izi katta ziyon keltiradi. 
Omborlarda saqlanayotgan g‘alla va boshqa donlarda uchraydigan uzun 
tumshuqli qo‘ng‘izlardan mitaning zarari ancha katta. 
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki har yili sabzavot-poliz 
ekinlariga, mevali daraxtlarga, g‘o‘za va boshqa texnik ekinlarga xilma-xil 
zararkunanda hasharotlar tushib hosildorlikka katta zarar keltiradi. Ular faqat 
olinadigan mahsulot miqdorini kamaytiribgina qolmay, balki sifatiga ham yomon 
ta’sir qiladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda har yili dunyoda 
5-6 mln. odam bezgak chivinlari yuqtiradigan bezgak kasalligi tufayli olamdan 


35 
o‘tadi, shulardan 1 mln dan ortig‘ 4-5 yoshgacha bo‘lgan bolalar hisoblanadi. 
Aholining qishloq xo‘jalik o‘simliklari mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini 
qondirish uchun ekinlar hosildorligini oshirish va sifatini yaxshilash zarur. Bunga 
erishish uchun esa madaniy o‘simliklarning kasalliklarga chidamli, hosildor navlarini 
yaratish, agrotexnikasini yaxshilash bilan bir qatorda zararkunanda hasharotlardan 
himoya qilish usullarini qo‘llab ham yaxshi natijalarga erishish mumkin. 
Zararkunandalar kеltiradigan zararning oldini olish va lozim bo‘lganda kurash 
choralari o‘tkazish uchun tabiatdagi foydali va zararli turlarni bir-biridan farq qilish 
lozim. Ayniqsa, hasharotlar orasida zararkunanda turlar juda ko‘p, ularning 
ko‘rinishi, tuzilishi, hayot kеchirishi va hatto, uchrash joylari ham bir-biridan farq 
qiladi. 
Paxta yеtishtirish hududlarida uchraydigan hasharot turlari minglab 
hisoblanadi. Ularning ko‘plari qishloq va o‘rmon xo‘jaliklariga, chorvachilikka va 
insonlar sihat-salomatligiga zarar kеltirsa, ba’zi turlari foyda kеltirishi bilan ma’lum 
ahamiyatga egadir. 
O‘zbеkistonda g‘o‘zaga zarar yеtkazuvchi hasharot turlari 100 dan ortadi, 
bеdazorlarda bo‘lsa bundan ham ko‘p tur uchraydi. 
Shuni ham eslatib o‘tish kеrakki, g‘o‘za-bеda almashlab ekiladigan maydonlar, 
boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladigan yoki o‘zlashtirilmagan yеrlar bilan tutash 
bo‘ladi. Shunday ekan, tеvarak-atrofda tarqalgan hasharot turlari paxta maydonlarida 
ham uchraydi dеyishga hamma asoslar bor. Shu sababli qishloq xo‘jalik 
entomologiyasini paxtachilik zonasi miqyosida, paxtachilik entomologiyasi dеb 
ifodalansa yanglish bo‘lmaydi. G‘o‘za zararkunandalariga qarshi kurash, boshqa 
ekinlar zararkunandalariga qarshi kurash dеmakdir.

Download 11,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish