Dars ishlanma
Dars mashg’uloti
|
“Uch og ‘a-ini botirlar”ertagi tahlili
|
DARS ISHLANMADA TA’LIM TEXNOLOGIYASI
Mashg‘ulot vaqti – 45 minut
|
O‘quvchilar soni – nafar
|
Mashg‘ulot shakli
|
Bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash
|
Dars mashg‘ulot rejasi
|
1. «Uch og ‘a-ini botirlar”ertagi tahlili
2. «Uch og ‘a-ini botirlar”ertagi bugungi kundagi
ahamyati
3. «Uch og ‘a-ini botirlar”ertagi o`rganilish tarixi
|
Mashg‘ulot maqsadi:
|
. «Uch og ‘a-ini botirlar”ertagi tahlili yuzasidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.
|
Pedagogik vazifalar:
Tilning funksiyalari haqida tushuncha berish.
Tilning funksiyalarining bog‘liqligi haqida hayotiy misollar keltirish.
Tilning funksiyalaribo’yicha amaliy mashqlar ishlatish.
|
O‘quv faoliyati natijalari:
Mavzu yuzasidan avvaldan mavjud bilimlarini, ko‘rsatilgan adabiyotlardan olgan ma’lumotlarini aytib beradi.
Asarning bugungi kundagi ahamiyati
Asar qahramonlarining bugungi kundagi insonlar taqdiri bilan bog’liqlik jihati.
|
Ta’lim berish usullari
|
Suhbat, savol-javob, munozara.
|
Ta’lim berish shakllari
|
Ommaviy, yakka tartibda
|
Ta’lim berish vositalari
|
Darslik, turli ko‘rsatilgan adabiyotlar, doska, daftar, grafik.
|
Ta’lim berish sharoiti
|
Amaliy mashg‘ulotlarga mo‘ljallangan auditoriya
|
Monitoring va baholash
|
Og‘zaki nazorat: savol-javob
|
DARS SOATINING TEXNOLOGIK XARITASI
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
Tayyorlov bosqichi
|
Mavzuni aniqlaydi, ta’limiy maqsadini belgilaydi va kutilayatgan natijalarni shakllantiradi.
Mavzu bo‘yicha tayanch konspekt ishlab chiqadi.
Belgilangan ta’limiy maqsadlarga erishishni ta’minlovchi o‘quv topshiriqlarni ishlab chiqadi.
Kichik guruhlarda samarali faoliyatni ta’minlash uchun yozma yo‘riqnomalarni tayyorlaydi.
Natijalarni boholash mezonlarini ishlab chiqadi.
|
|
1. O‘quv mashg‘ulotlariga kirish boshqichi (10 daqiqa)
|
1.1. Mashg‘ulot mavzusi, uning maqsadi va kutilayotgan natijalarni e’lon qiladi, ularning ahamiyatliligi va dolzarbligini asoslaydi.
1.2. Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarga ta’rif berishni taklif qiladi va shu asosda tezkor-so‘rov o‘tkazib , talabalar bilimlarini faollashtiradi.
1.3. Qo‘shimcha ma’lumotlar aks etgan tayanch konspektni tarqatadi.
|
Tinglaydilar.
Savollarga javob beradi.
|
2. Asosiy bosqich (25 daqiqa)
|
2.1. Asar haqidagi fikrlarni va talabalarning bu mavzuga qanchalik tayyor ekanliklarini bilish maqsadida mavzuni gapirib berishni so‘raydi.
2.2. . «Uch og ‘a-ini botirlar”ertagi tahlili borasida yangi bilimlarni hosil qilish va munozara qilishni so‘raydi.
2.3. O’tilgan mavzu yuzasidan nimani o‘rganib kelganlarini so‘raydi.
|
Fikrlarini bildiradila. Mavzu yuzasidan chiqish qiladilar.
Talabalar fikrlarini bildiradilar munozaraga kirishadilar.
Savollarga javob beradilar.
|
3. Yakuniy bosqich (10 daqiqa)
|
3.1. Mavzu yuzasidan umumiy xulosalar qiladilar.
3.2. O‘quv mashg‘ulotlarining natijalarini sharhlaydi, faol talabalar bahosini e’lon qiladi.
3.3. Mustaqil ishlash uchun vazifalar beradi: amaliy mashg‘ulotga tayyorlanib kelish. Nazorat savollariga javob berish.
|
Tinglaydilar.
|
5-sinf Adabiyot Sana______________
MAVZU: «UCH OG'A-INI BOTIRLAR» ERTAGI
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did,
estetik ong, adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
oquvchilarni ertaklarning sehrli olamiga oshno etish. Ertak matni bilan tanishtirish;
- ertak tahlili orqali oquvchilarda oz-oziga ishonchni mustahkamlash;
a) ta’limiy: - oquvchilarni ertaklarning sehrli olamiga oshno etish. Ertak matni bilan tanishtirish;
b) tarbiyaviy: Oquvchilarning mustaqil fikrlash va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, tahlili orqali oquvchilarni mustaqil fikrlashga, ijod qilishga orgatish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Darsning metodi: interfaol, aqliy hujum, guruhlarda ishlash, munozara.
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 5-sinf uchun darslik.
2) 5-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu «Aqliy hujum» bilan boshlanadi.
O`quvchilarning javoblari tinglanadi va umumlashtiriladi.
1-soatda o'quvchilaiga ertaklar haqida nazariy ma'lumot berayotganda nimalaiga e'tibor berish kerak?! Birinchi navbatda 5-sinf o'quvchisining yosh xususiyati, tayyoigarlik darajasi hisobga olinishi, ilmiy-nazariy xulosalar, terminlar ular tushunadigan tilda bayon qilinishi lozim. Shu bilan birga soddalashtirib tushun- tiraman deb, nazariy ma'lumotni jo'nlashtirib yuborish ham kerak emas.
Ertaklar haqida darslikda o'quvchi o'zlashtirishi uchun yetarli nazariy ma'lumot berilgan. O'qituvchi suhbat davomida asosan shu ma'lumotlarni toidirgan, kengaytiigan holda berishi kerak bo'ladi. Bunda suhbatni quyidagi tezis asosida olib boradi:
-Ertak — xalq og'zaki ijodining keng tarqalgan janri.
-Ertaklarning turlari.
-Har bir ertak turining o'ziga xos xususiyati.
-Hayvonlar haqida ertaklar.
-Hayotiy-maishiy ertaklar.
-Hajviy ertaklar.
-Sehrli ertaklar - biz sevib o'qiydigan fantastik hikoyalar.
-Ertaklarning har bir xalq yozma adabiyoti rivojidagi o'rni va ahamiyati.
Darslikdagi ertaklar haqidagi nazariy ma'lumotlardan yuqorida keltirilgan sakkiz punktdan iborat tezis ruknlariga javob topish mumkin. Darsdan kutiladigan maqsad — o'quvchilarni ertak janri bilan tanishtirish, ularning mavzu va yaratilishiga ko'ra turlarini bir-biridan farqlashga o'igatish. Ayniqsa og'zaki va yozma ertaklar alohida-alohida adabiy hodisa ekanini tushuntirish, bunga turli qiziqarli misollar keltirish foydalidir. Shuningdek, ertak janrining xalq og'zaki ijodiga oid boshqa adabiy janrlar bilan mushtarak va farqli tomonlarini uqtirib o'tish ham muhim.
Darslikda «Uch og'a-ini botirlar», «Susambil» ertaklarini o'rganish mo'ljallangan. Bu ertaklar ikki xil xayoliy hikoya ko'rinishi bo'lib, nafaqat o'zbek xalq og'zaki ijodida, balki sharq xalqlari ertaklarining ham mashhur namunalaridan hisoblanadi.
Awalo, «Uch og'a-ini botirlar» ertagi haqida.
…Bor ekan, yo'q ekan, bir zamonda bir kishi bo'lgan ekan. Boy ham, kambag'al ham emas ekan. Uning uchta o'g'li bor ekan, uchovi ham o'qigan, oq-u qorani tanigan, yuzlari oyday, o'zlari toyday, yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan ekanlar. To'ng'ichi yigirma bir yoshda, o'rtanchasi o'n sakkiz yoshda, kenjasi o'n olti yoshda ekan. Otasi bir kuni ularni oldiga chaqirib, har birining peshanasini silab: — O'g'illarim, men boy emasman, mendan qolgan davlat sizlarning maishatingiz uchun kifoya qilmaydi, mendan ortiq narsa umid qilib o'tirmanglar, o'zimdan keyin baxtsiz bo'lib qolmanglar deb, sizlarni o'qitdim. Yaxshi ot qo'ydim.To'y qildim, voyaga yetkazdim. Buning ustiga sizlarni yana uch narsa bilan tarbiya qildim. Birinchidan, sog'lom vujudli qilib o'stirdim — quvvatli bo'ldingiz. Ikkinchidan, yarog' bilan tanishtirdim - yarog' ishlatishga usta bo'ldingiz. Uchinchidan, qo'rqitmay o'stirdim — qo'rqoq bo'lmay botir bo'ldingiz, yana uchta narsani aytaman, quloqlaringizga olib, eslaringizdan chiqarmangiar. To'g'ri bo'ling — bexavotir bo’lasiz. Maqtanchoq bo'lmang — xijolat tortmaysiz. Dangasalik qilmang - baxtsiz bo'lmaysiz. Bundan boshqasini o'zingiz biling. Qora toyni, saman toyni, ko'k toyni asbob-anjomlari bilan tayyorlab qo'ydim. Xurjunlaringizni bir haftalik ovqat bilan to'lg'izdim. Baxtingiz yoida, topib olmoq uchun dunyoni ko'rgani yo'lga chiqing, dunyoni tanimay dunyo kishisi bo'lmaysiz. Baxt qushini ushlamoq uchun baxt oviga chiqing. Xayr o'g'illarim, — deb turib ketdi...
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Mazkur asarni eshitmagan yoki o'qimagan o'zbek kitobxoni bo'lmasa kerak. Unda xalqimizning ijodiy-badiiy dahosi, fantaziyasi, tafakkur
tarzi yaqqol aks etgan. Odatda mashhur hikoyani darsda o'rganish o'qituvchi uchun oson tuyulishi mumkin. O'qituvchiga oson asarni o'iganish jo'nroq bo'lib tuyulishining sababi shundaki, ertak mazmuni ko'pchilikka tanish, qahramonlari - To'ng'ich botir, O'rtancha botir, Kenja botir kabi obrazlar ertaksevar bolalar tilidan tushmaydi. Demak, yuzaki qaraganda, bu asarni darsda bemalol, qiyinchiliksiz o'tish mumkindek.
Aslida ham shundaymi?
Yo'q! Agar mazkur ertakni o'rganish biz yuzaki tasawur qilgandek oson boiganda uni har yili 5-sinf darsligiga kiritish, unga bir necha soat vaqt ajratib, tahlil etishga ehtiyoj qolmasdi. Gap shundaki, agar ushbu xayoliy hikoyani yuzaki mazmu- nidan tashqari uning botiniga singdirilgan axloqiy, ma'naviy- ma'rifiy, ilmiy qadriyatlarni o'quvchiga tushuntirish, asarning nozik nuqtalariga diqqatni qaratish vazifasidan kelib chiqadigan bo'lsak, bu sohada o'qituvchining ancha «ter to'kishiga» to'g'ri keladi.
Darslikda ertakning to'liq matni berilgan. O'qituvchi bolalarga ertakni uyda o'qib kelishni topshiradi. Keying! darsda o'qituvchi bolalarga ertakning asosiy, qisqacha mazmunini o'zida jo qilgan kichkina hikoya tuzib kelishni topshiradi. Ertakning asosiy mazmuni o'quvchilar tomonidan to'liq o'zlashtirilganiga ishonch hosil qilingach, o'qituvchi asar tahliliga o'tadi. Bunda ertakdagi asosiy qahramonlar - Ota, To'ng'ich botir, O'rtancha botir, Kenja botir, Podshoh, To'ti, Vazir kabi obrazlarga alohida diqqat qaratiladi.
V. Darsni mustahkamlash uchun test topshiriqlarini yechish.
1. Ota va o’g’illarning safar oldidan suhbati qaysi asarda tasvirlangan?
A) “Shiroq” afsonasida
B) “To’maris” afsonasida
C) “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida
D) “Uch og’a-ini botirlar” ertagida
2. Cholning o‘g‘illari yoshi nechida bo’ladi?
A) 21, 18,16
B) 23, 19, 17
C) 20, 18, 15
D) 21, 19, 17
3.Qaysi asarda hikoya ichida hikoya keltirilgan?
A) “Shiroq” afsonasida
B) “Uch og’a-ini botirlar” ertagida
C) “To’maris” afsonasida
D) “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida
4. Qaysi asarda ikkita xiyonatkor vazir obrazi berilgan?
A) “Uch og’a-ini botirlar” ertagida
B) “Susanbil” ertagida
C) “Semurug‘” ertagida
D) “Odil burgutshoh va Zamburug‘ laqabli josus ” ertagida
5. Ajdarhoni qaysi botir o‘ldiradi va podshoh g‘azabiga uchraydi ?
A) To‘ng‘ich botir
B) O‘rtancha botir
C) Kenja botir
D) Og‘a-inilar birgalikda o‘ldirgan
6. Uch og‘a-inilarni nima uchun podshoh zindonga tashlaydi?
A) Qaroqchi deb o‘ylagani uchun
B) Xazinani umargani uchun
C) Tuyakash arz qilgani uchun
D) Tuhmat qilgani uchun
7.To‘ti hikoyasini qaysi botir so‘zlab bergan?
A) To‘ng‘ich botir
B) O‘rtancha botir
C) Kenja botir
D) Bosh vazir so‘zlab bergan
8. To‘ti hikoyasida to‘ti qayerga borishga ruxsat so’raydi?
A) Chin o‘lkasi
B) Eron
C) Hindiston
D) Arabiston
9. Ertak — xalq og'zaki ijodining keng tarqalgan janridir. Ertaklarning qanday turlari bor ?
A) Hayvonlar haqida ertaklar.
B) Hayotiy-maishiy ertaklar.
C) Hajviy ertaklar.
D) Sehrli ertaklar
10. “Uch og‘a-ini botirlar” ertak janrining qaysi turga mansub?
A) Hayvonlar haqida ertaklar.
B) Hayotiy-maishiy ertaklar.
C) Hajviy ertaklar.
D) Sehrli ertaklar
11. “Uch og‘a-ini botirlar” ertagida botirlar qanday otlarda yo‘lga chiqadi?
____________________________________________________________________
12. Chol botirlarga qanday nasihat qiladi?
____________________________________________________________________
13. Nonni tahlagan odam kim va kimning o‘g‘li edi ?
____________________________________________________________________
14. To‘tiga yaqinlari podshohga nima olib borishni so‘raydi?
____________________________________________________________________
15. O‘g‘a-inilar o’rtasidagi suhbatda nimalar haqida so’z ketadi?
____________________________________________________________________
Uyga vazifa: Ijodiy ish. “Men yoqtirgan ertak”
Do'stlaringiz bilan baham: |