U yu. O„roqov


 Davlat xaridining tashkiliy shakllari



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/99
Sana14.12.2022
Hajmi1,86 Mb.
#886035
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   99
Bog'liq
Давлат-хариди

4.2. Davlat xaridining tashkiliy shakllari 
Bugungi kunda mamlakatimiz xarid tizimida xarid qilish tartib-
taomillarini amalga oshirish turlari quyidagilardan iborat: 
1.
Elektron doʼkon; 
2.
Boshlangʼich narxni pasaytirish uchun oʼtkaziladigan auksion; 
3.
Eng yaxshi takliflarni tanlash (tanlov); 
4.
Tender; 
5.
Toʼgʼridan-toʼgʼri shartnomalar boʼyicha amalga oshiriladigan 
davlat xaridlari
6.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, 
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan ruxsat 
etilgan xaridlarning boshqa raqobatli turlari (electron birja savdolari
yarmarkalar va h.k).
Elektron doʼkon
maxsus talablar tatbiq etilmaydigan isteʼmol 
tovarlarining va boshqa tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat 
xaridlarini amalga oshirish uchun moʼljallangan maxsus axborot 
portalidagi maxsus maydonchadir. 
Boshlangʼich narxni pasaytirish uchun oʼtkaziladigan auksion
davlat 
xaridlarining raqobatli usuli boʼlib, uni tashkil etishda narx ishtirokchini 
tanlashning yagona mezoni boʼladi va bunda mazkur norma tovarlarni 
belgilangan sifat standartlariga muvofiq holda yetkazib berish talabini 
bekor qilmaydi. Tovarni eʼlonda bayon etilgan shartlar asosida eng past 
narx boʼyicha yetkazib berishni taklif qilgan ishtirokchi auktsionning 
gʼolibi boʼladi. 


59 
 
Eng yaxshi takliflarni tanlash (tanlov)
deganda shartnomani bajarish 
boʼyicha eng yaxshi shartlarni taklif qilgan ishtirokchi gʼolib deb 
topiladigan xarid qilish tartib-taomilini amalga oshirishning turi 
tushuniladi. Davlat xaridi toʼgʼrisidagi axborot davlat buyurtmachisi 
tomonidan maxsus axborot portaliga tanlov oʼtkazilishi toʼgʼrisidagi 
eʼlonni va tanlov hujjatlarini joylashtirish orqali cheklanmagan doiradagi 
shaxslarga maʼlum qilinadi. 
Tender
deganda davlat xaridini ikki bosqichda amalga oshirishning 
raqobatli tartib-taomili orqali ijrochini aniqlash usuli tushuniladi. Bunda 
shartnomani bajarish boʼyicha eng yaxshi shartlarni taklif qilgan tender 
ishtirokchisi ushbu tartib-taomil natijalari boʼyicha gʼolib deb topiladi. 
Davlat xaridi haqidagi axborotni davlat buyurtmachisi tender oʼtkazilishi 
toʼgʼrisidagi eʼlonni va tender hujjatlarini maxsus axborot portaliga 
joylashtirish orqali shaxslarning cheklanmagan doirasiga maʼlum qiladi. 
Shartnomani bajarishning eng yaxshi shartlari tender ishtirokchilarining 
takliflarini baholash boʼyicha eʼlon qilingan mezonlar asosida xarid 
komissiyasi tomonidan aniqlanadi. 
Toʼgʼridan-toʼgʼri shartnomalar boʼyicha boʼyicha amalga 
oshiriladigan davlat xaridlari 
esa davlat buyurtmachisi bilan ishtirokchi 
(etkazib beruvchi) oʼrtasida hech qanday savdo turlarini amalga 
oshirmasdan, shartnoma tuzish orqali xaridlarni amalga oshiriladigan xarid 
qilish tartib-taomilidir. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish