U yu. O„roqov


 Davlat xaridi tizimidagi munozabatlarni tartibga soluvchi xalqaro



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/99
Sana14.12.2022
Hajmi1,86 Mb.
#886035
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99
Bog'liq
Давлат-хариди

 
3.2. Davlat xaridi tizimidagi munozabatlarni tartibga soluvchi xalqaro 
qonunchilik 
 
Davlat xaridlari munos 
abatlarni tartibga soluvchi eng asosiy xalqaro meyoriy hujjat bu 
BMT xalqaro savdo huquqi bo‗yicha Komissiyasining (YUNSITRAL) 
ommaviy xaridlar bo‗yicha namunaviy 
“Tovarlar va xizmatlarni sotib 
olish to„g„risida” 
Qonunidir. Ushbu qonun 1994 yil BMTning xalqaro 
savdo huquqi Komissiyasining 27-sessiyasida qabul qilingan bo‗lib, u 
bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat va jamoat uchun xaridni amalga 
oshirish buyicha xalqaro qoidalarini o‗zida mujassamlashtiradi. 
Mazkur Qonun bozor iqtisodiyotiga o‗tayotgan davlatlarda, xususan, 
Sharqiy Evropa mamlakatlarida davlat xaridlarini tashkil etish bo‗yicha 
namuna-shablon sifatida ishlab chiqilgan. Qonunning asosiy talablari va 
tamoyillarini bugungi kunda nafaqat Evropa mamlakatlari, balki Osiyo 
davlatlari ham xarid tizimlarida keng qo‗llamoqdalar. Qonunda xarid 
tizimida sog‗lom raqobatni rivojlantirish, davlat xaridini amalga oshirishda 
etkazib beruvchilarga nisbatan adolatli munosabatda bo‗lish, xarid 
jaryonini ochiqliligi, oshkoraligi hamda obyektivligini ta‘minlash alohida 
qayd etib o‗tilgan.
Mazkur hujjatning 
asosiy tamoyillariga
quyidagilar kiradi: 


52 
 
1.
Ochiqlilik va shaffoflik
– xarid to‗g‗risida yozma shakldagi hisobot 
yuritilishi hamda sotib olinadigan tovar (ish, xizmat) haqida oldindan 
ommaviy e‘lon qilish;
2.
Malakaviy talab 
– etkazib beruvchilarga qo‗yilgan malakaviy 
talablarni tartibga solish, ular malakasini aniqlash mezonlari va tartibi, 
qo‗yilgan talabni xarid bo‗yicha e‘lon bilan bir vaqtda ma‘lum qilish; 
3.
Xaridni amalga oshirish shaklini ma‟lum qilish
– xaridlar ochiq 
yoki yopiq shaklda amalga oshirilishi, tanlovlar bir yoki ikki bosqichda 
bo‗lishi ishtirokchilar e‘tiboriga oldindan ma‘lum qilish;
4.
Takliflarni ko„rib chiqish va baholash tartibidan xabardor qilish
– 
savdolarda ishtirok etmoqchi bo‗lgan ishtirokchilarni bildirilgan takliflarni 
ko‗rib chiqish va saralash mezonlari hamda g‗olibga qo‗yilgan talablar 
bilan oldindan xabardor qilish; 
5.
Munozaralarni hal etish – 
davlat xaridi bo‗yicha savdolarni tashkil 
etish, o‗tkazish, shartnoma tuzish va shartnomani bajarish bo‗yicha yuzaga 
keladigan munozaralar, nizolar, fors-major holatlarni hal
 
qilsh tatibi bilan 
ishtirokchilar oldindan tanishtirilgan bo‗lishi lozim. 
Davlat xaridlari munosabatlarni tartibga soluvchi xalqaro meyoriy 
hujjatlardan yana biri Xalqaro savdo tashkiloti tomonidan 1994 yilda ko‗p 
tomonlama savdo muzokaralarining Uruguvay raundida qabul qilingan 
Hukumat xaridi bo‗yicha Kelishuvdir. U Savdo va tariflar buyicha 
umumiy shartnomaning (GATT) muhim elementi hisoblanadi va Xalqaro 
savdo tashkilotiga (XST) ishtirok etish doirasida mamlakatlar tomonidan 
imzo chekiladi. Hukumat xaridi bo‗yicha Shartnomani imzolash XSTga
kirishning sharti hisoblanmasa-da, ammo keyingi yillarda XSTning yirik 
ishtirokchilari bo‗lgan AQSh, Evropa Ittifoqi mamlakatlari, Kanada, Isroil, 
Yaponiya, Shveytsariya kabi mamlakatlar nomzod mamlakatlar uchun 
ushbu hujjatni imzolanishini ikki yoqlama muzokoralarning sharti sifatida 
qo‗ymoqdalar.
Shartnoma 
milliy 
davlat 
xaridi 
bozorini 
uni 
imzolgan 
mamlakatlardagi tovar (ish, xizmat) etkazib beruvchilar uchun ochib 
berishi, hamda xorijiy mol etkazib beruvchilarni milliy mol etkazib 
beruvchilar bilan bir xil shartlar asosida faoliyat yuritishiga imkon 
berishini nazarda tutadi. Mazkur hujjatdan ko‗zda tutilgan asosiy maqsad, 
xalqaro savdoni rivojlantirish, xorijiy mol etkazib beruvchilarni 
diskriminatsiya qilishni oldini olish, xarid jarayonini tartibga soluvchi 
qonunchilikni ochiqligini ta‘minlashdan iborat.
Ushbu kelishuvga muvofiq, davlat buyurtmachisi alohida olingan 
mol etkazib beruvchiga (milliy belgisiga ko‗ra) davlat buyurtmasini 


53 
 
olishda imtiyozli sharoit yaratib bermasligi lozim. Shuningdek, sotib 
olinadigan tovarlarga xalqaro savdoni chegaralovchi texnik talablar 
qo‗yilmasligi yoki tovarlar va xizmatlarga qo‗yiladigan barcha texnik 
talablar xalqaro me‘yorlar asosida bo‗lishi shart
33

Ma‘lumki mamlakatimizda bir qator xalqaro moliyaviy institutlar 
bilan 
o‗zaro hamkorlikda bir necha ijtimoiy-iqtisodiy loyilar 
moliyalashtirilib kelinmoqda. Mamlakatimiz davlat xaridi tizimida biror 
loyihani moliyalashtirishda xalqaro moliyaviy institutlar mablag‗lari jalb 
etilgan bo‗lsa, bunda xalqaro moliyaviy institutlarining yo‗riqnoma va 
nizomlari huquqiy jihatdan ustunlik qiladi. 
Bir qancha xalqaro moliyaviy tashkilotlar xarid haqidagi umumiy 
qoidalar bilan bir qatorda, faqatgina xizmatlarni xarid etishga taalluqli 
bo‗lgan alohida yo‗riqnoma va qoidalarga ham egadirlar. Masalan, Jahon 
bankining ―Jahon tiklanish va taraqqiyoti bankining (JTTB) qarzlari va 
Jahon rivojlanish assotsiatsiyasi (JRA) kreditlari hisobiga xarid‖ 
yo‗riqnomasi, ―Jahon banki qarzdorlarining maslahatchilarni tanlash va 
yollash‖, Jahon bankining namunaviy tender hujjatlari, Osiyo taraqqiyot 
bankining – ―Osiyo taraqqiyot banki va uning qarzdorlari tomonidan 
maslahatchilarni taklif etish bo‗yicha yo‗riqnoma‖ kabi hujjatlarga ega.
―Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) tomonidan 
moliyalashtiriladigan xarid loyihalari uchun qoida va prinsiplar‖ hujjati 
ham u bilan hamkorlik qilayotgan davlatlarda xarid tizimini 
moliyalashtirishda asosiy yuridik hujjat bo‗lib hisoblanadi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish