U yu. O„roqov


-BOB. DAVLAT XARIDLARINI TASHKIL ETISH MODELLARI



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/99
Sana14.12.2022
Hajmi1,86 Mb.
#886035
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   99
Bog'liq
Давлат-хариди

 
4-BOB. DAVLAT XARIDLARINI TASHKIL ETISH MODELLARI 
 
4.1. Davlat xaridlarini tashkil etish modellari
Har bir mamlakatning davlat xaridlari tizimi ma‘lum bir model 
asosida amalga oshiriladi. Hozirgi kunda dunyo mamlakatlarining xarid 
qilish modellarini umumlashtirsak, ular asosan, 3 xil ko‗rinishda ekanligini 
ko‗rishimiz mumkin: 
1. Markazlashgan model; 
2. Markazlashmagan model; 
3. Aralash model. 
Xaridlarni
 
markazlashgan model
da sotib olinishi lozim bo‗lgan 
tovar (ish,xizmat) uchun buyurtmalar maxsus vakolatli tashkilot yoki 
hukumatning ma‘lum bir tarkibiy bo‗linmasi (mahalliy hokimiyat, vazirlik, 
qo‗mita, agentlik va h.k) - tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, Xalq 
ta‘limi vazirligi mamlakatdagi 10 mingdan ortiq maktablar uchun 
nashriyotlarga darsliklarga buyurtmani markazlashgan holda beradi. Yoki 
Sog‗liqni saqlash vazirligi quyi tibbiyot muassalari uchun dori-darmon, 
tibbiy diagnostika jihozlarini markazlashgan holda buyurtma berib, 
so‗ngra uni quyi bo‗linmalar ehtiyojidan kelib chiqib taqsimlab, yetkazib 
beradi. Ustavida davlat ulishi 50 % dan yuqori bo‗lgan korporativ 
tuzilmalar, masalan, ―O‗zbekneftgaz‖ AJ yoki ―Asakabank‖ AJning 
markaziy apparati qaysidir tovar (ish,xizmat) markazlashgan holda xarid 
qilib, so‗ngra quyi filiallarga yetkazib berishi ham bunga misol bo‗ladi. 
Markazlashgan modelda yuqori turuvchi organ (tashkilot) quyi 
tashkilotlardan ma‘lum bir tovar (ish,xizmat)ga ehtiyojlarni jamlab, yaxlit 
xaridga buyurtma beradi. Ayrim yirik davlat buyurtmachilarida faqat
xaridlar bilan shug‗ullanuvchi maxsus bo‗linma (aksariyat aksionerlik 
jamiyatlari va kompaniyalarida xarid departamenti) shakllantiriladi. 
Xaridlarni markazlashgan modelda amalga oshirishning bir qator 
afzalliklari 
mavjud. Masalan: 

markazlashgan modelda yirik hajmdagi ulgurji buyurtma berilgani 
bois, sotib olinayotgan tovar (ish,xizmat) arzon narxda olinadi; 

vazirlik yoki yuqori turuvchi organlar tomonidan tashkil etilgan 
maxsus komissiya tarkibidagi yuqori malakali mutaxassislar sotib 
olinayotgan tovar (ish,xizmat)ning sifati, yaroqligi yoki yetkazib 
beruvchining ishonchliligini o‗rganib, so‗ngra buyurtma beradilar; 


56 
 

katta hajmda buyurtma berilgani bois tovar (ish,xizmat)ning bir 
birligi uchun tashish, o‗rnatish, sug‗urta xarajatlari kam miqdorni tashkil 
etadi va h.k. 
Xaridlarni markazlashgan modelda amalga oshirishning afzalliklari 
bilan bir qatorda 
kamchiliklari
ham mavjud. Masalan: 

markazlashgan modelda katta hajmda buyurtma berilgani bois 
yetkazib berilgan tovar (mahsulot)lar tarkibida yaroqsiz va sifatsizlari ham 
bo‗lishi mumkin. Buyurtmani qabul qilib olayotgan paytda har bir 
mahsulotni tekshirib olishning jismonan imkoniyati bo‗lmaydi (Maktab 
darsliklarida ayrim sahifalarning kesilmay qolganligi, kitoblar teskari 
yelimlanganligi, dori-darmonlar idishida meyordagidan kam miqdorda 
dorilarni bo‗lishi, kiyim-kechaklar o‗lchovi (razmeri)dan kichik yoki katta 
tikilishi kabi holatlar uchrab turadi); 

markazlashgan holda yuqori turuvchi organlar tomonidan xarid 
qilingan tovar (mahsulot)lar hammasi ham quyi bo‗linmalarning 
ehtiyojlariga mos kelavermasligi mumkin (masalan byudjet tashkilotlari 
komyuter jihozlari yoki stol-stul bo‗yicha yuqori turuvchi tashkilotga 
ehtiyojlarini bildirib, eng zamonaviy, qulay tovarni kutayotganlarida, 
ularga narxi arzonroq yoki foydalanishda ba‘zi noqulayliklar tug‗diradigan 
mahsulotlar berilishi kabi holatlar nazarda tutilmoqda). 

markazlashgan holda xaridlarni amalga oshirilganda odatda, quyi 
bo‗linmalarning ehtiyojlari umumlashtirilib, so‗ngra buyurtma beriladi. 
Qolaversa, buyurtma hajmi kattaligi bois zarur tovar(ish,xizmat)lar 
kechikib yetkazib berilishi mumkin va h.k. 
Xaridlarni
 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish