U yoki bu mamlakatda byudjet-soliq siyosatining ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi, o‘z-o‘zidan emas, balki obyektiv reallikka asoslanadi



Download 391,29 Kb.
bet3/6
Sana08.01.2022
Hajmi391,29 Kb.
#334957
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqil ish

T/r

Ko‘rsatkichlar

2021-yil uchun prognoz

Maqsadli mo‘ljallar

2022-yil

2023-yil

1.

Yalpi ichki mahsulot, mlrd so‘m

688 936

843 191

985 377

2.

Yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati, foizda

5,1

5,8

5,4

3.

Iste’mol narxlari indeksi, o‘tgan yil dekabriga nisbatan, foizda

9,0-10,0

10,0-11,0

7,0-8,0

4.

Sanoat mahsulotlarining o‘sish sur’ati, foizda

5,8

7,6

6,0

5.

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklarida ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati, foizda

3,5

3,5

3,6

6.

Chakana tovar aylanmasining o‘sish sur’ati, foizda

5,9

7,9

9,8



2.2. O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida O'zbekiston Respublikasining qonuni3

1-modda. O'zbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan O'RQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, 12-songa 1-ilova; 2008 yil, № 12, 639-modda; 2009 yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010 yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda,

№ 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013 yil, № 10, 263-modda, № 12, 349-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 8, 312-modda, № 12, 452, 454-moddalar; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 384, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772, 773-moddalar; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 10, 676-modda, № 12, 781, 783-moddalar; 2019 yil, № 1, 1, 2, 3-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 166-moddalar, № 8, 471-modda, № 9, 589-modda, № 11, 792-modda) o'zgartish va

qo'shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).

2-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

2020 va 2021 yillar davomida yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (bundan buyon matnda Soliq kodeksi deb yuritiladi) normalarining amaliy ta'siri va samaradorligi doimiy ravishda hamda har tomonlama monitoring va tahlil qilinishini ta'minlasin;

zarur bo'lgan taqdirda Soliq kodeksining alohida normalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin;

hukumat qarorlarini Soliq kodeksiga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari Soliq kodeksiga zid bo'lgan o'z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko'rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlasin.

3-modda. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralar bilan birgalikda Soliq kodeksining ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o'rtasida tushuntirilishini ta'minlasin.

4-modda. Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha:

O'zbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan O'RQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan imtiyozlar 2020 yilning 1 apreliga qadar amal qiladi;

2020 yilning 1 yanvarigacha qabul qilingan soliq to'g'risidagi qonun hujjatlarida, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar amal qiladi.

Belgilab qo'yilsinki, yagona ijtimoiy to'lov, yagona soliq to'lovi va qat'iy belgilangan soliq o'rniga tegishincha ijtimoiy soliq, aylanmadan olinadigan soliq hamda qat'iy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i kiritilmoqda, ularning to'lovchilariga qonun hujjatlarida ilgari belgilab qo'yilgan imtiyozlar va alohida hisoblash tartibi tatbiq etiladi.

5-modda. Belgilab qo'yilsinki, hisoblangan soliq summasidan hisobga olinadigan qo'shilgan qiymat solig'i summasining oshib ketishi natijasida hosil bo'lgan qo'shilgan qiymat solig'i summasining o'rnini qoplash 2020 yil 1 iyuldan e'tiboran amalga oshiriladi.

6-modda. Ushbu Qonun 2020 yil 1 yanvardan e'tiboran kuchga kiradi. Soliq kodeksining 69-bobi qoidalari 2020 yil 1 yanvardan keyin tuziladigan mahsulot taqsimoti to'g'risidagi bitimlarga nisbatan qo'llaniladi.

O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo'yicha

xalqaro va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) hisobidan xalqaro va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari tomonidan ma'qullangan loyihalar doirasida yuridik shaxslar tomonidan sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanmaga 2020 yil 1 iyulga qadar qo'shilgan qiymat solig'i va aktsiz solig'i solinmaydi.

2022 yil 1 yanvarga qadar bo'lgan davrda yangi tartib joriy etiladi, unga muvofiq davlat soliq xizmati organlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakilni soliq auditi tayinlanganligi to'g'risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qiladi.

Soliq to'lovchi 2020 yil 1 yanvarga qadar hosil bo'lgan zararni kelgusiga, ushbu zarar ko'rilgan soliq davridan keyingi besh yildan ko'p bo'lmagan muddatda ko'chirishni amalga oshirishga haqli. Har bir keyingi soliq davrida hisobga olinadigan o'tkazilayotgan zararning jami summasi joriy soliq davridagi soliq bazasining 50 foizidan oshishi mumkin emas.

Soliq kodeksining vI, vII bo'limlari va 5-bobi 2022 yil 1 yanvardan e'tiboran amalga kiritiladi.

Soliq kodeksi 40-moddasi birinchi qismining 1-bandi 2023 yil 1 yanvardan e'tiboran amalga kiritiladi. 2023 yil 1 yanvarga qadar chet el kompaniyasidagi ishtiroki ulushi 50 foizdan ko'proqni tashkil etadigan yuridik yoki jismoniy shaxs chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e'tirof etiladi.





Download 391,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish