U yoki bu mamlakatda byudjet-soliq siyosatining ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi, o‘z-o‘zidan emas, balki obyektiv reallikka asoslanadi


Mahalliy soliqlarning davlat byudjetidagi ahamiyati: milliy va jahon amaliyoti tahlili



Download 391,29 Kb.
bet4/6
Sana08.01.2022
Hajmi391,29 Kb.
#334957
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqil ish

2.3. Mahalliy soliqlarning davlat byudjetidagi ahamiyati: milliy va jahon amaliyoti tahlili.

Mamlakatimizda yildan yilga Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini

shakllantirishda samarali mexanizmlarni qoʻllash, Davlat byudjetining soliqli

daromadlarini oshirish va undan oqilona foydalanish bilan bogʻliq islohotlar

amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev “... yangi soliq

konsepsiyasining eng asosiy gʻoyasi soliq yukini kamaytirish, sodda va barqaror

soliq tizimini qoʻllashni koʻzda tutadi. Shu orqali iqtisodiyotimiz

raqobatbardoshligini oshirish, tadbirkor va investorlar uchun har tomonlama qulay

muhit yaratishga erishish mumkin”4, deb ta’kidlaganlar. Ushbu maqsadlarga

erishishda mahalliy soliqlarning ham oʻrni borligini e’tirof etish lozim.

Har bir mamlakatda jamoatchilik ehtiyojlarini qondirish hamda mahalliy

rivojlanishni ragʻbatlantirishda mahalliy soliqlarning ahamiyati inobatga olinadi.

Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari daromadlarini oʻz byudjetlaridagi

xarajatlarga mos ravishda oʻz manbalaridan, ya’ni mahalliy soliqlar hisobidan

ta'minlashi zarur. Ushbu holda mahalliy soliqlar boʻyicha tushumlarni

shakllantirishda byudjet uchun samarali mexanizmni yaratishda, albatta, soliq

toʻlovchilarga tushadigan soliq yukini inobatga olish lozim, aks holda soliq

toʻlovchilarning noroziligi soliq tizimining samaradorligiga salbiy ta’sir koʻrsatishi

mumkin. Ta’kidlangan jihatlarni inobatga olgan holda xalqaro tajribani oʻrganish

va milliy amaliyotimizga moslashtirish mamlakatimizda mahalliy soliq turlari

boʻyicha tushumlarning oshishiga xizmat qiladi.

Mahalliy soliqlarning ahamiyati, oʻziga xos xususiyatlari va ularning

byudjetni shakllantirishdagi oʻrni boʻyicha koʻpgina olimlar tadqiqotlar olib

borganligini ta’kidlashimiz lozim. Xususan, Lars P.Feld, Friedrich Schneider

fikricha, davlat va mahalliy soliqqa tortish mahalliy hukumat darajasida mahalliy

soliqlarning stavkalari va asoslarini belgilashda ba'zan ixtiyoriylikni ta’minlaydi

hamda davlat va mahalliy darajadagi davlat xizmatlarini moliyalashtirishni nazarda

tutadi5.

Salvatore Bimonte, Arsenio Stabile rivojlanish, tartibga solish, turli toʻlovlar

va mol-mulk soligʻini undirish mahalliy munisipalitetlarning vazifasi ekanligini

ta’kidlaydi. Agar ushbu vazifalar yaxshi tatbiq etilmagan va tizimli yoʻlga

qoʻyilmagan boʻlsa, fiskal siyosat va shaharsozlik siyosati oʻrtasida

nomutanosiblik paydo boʻlishi mumkin6.

Soliq potensialini aniqlash davlat va mahalliy soliq tizimini rivojlantirish

strategiyasi boʻyicha samarali qarorlarni qabul qilishning yagona mexanizmi

sifatida xizmat qiladi. Soliq potensialini baholashning ishonchliligini oshirish

boʻyicha bir qancha chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etilgan:

1. Mahalliy hokimiyat organlarining soliq imtiyozlarini berish toʻgʻrisida

mustaqil qaror qabul qilish huquqlarini kengaytirish;

2. Statistik va soliq hisobotlarini topshirish jarayonini aniq belgilash;

3. Mahalliy hokimiyat organlarining turli boʻlimlari tomonidan soliq

toʻlovchilar e’lon qilgan soliq hisobotlari koʻrsatkichlarini tizimlashtirish va

birlashtirish;

4. Soliq madaniyatini rivojlantirish bilan birga soliq toʻlovchilarning

qarzlarini undirishning yangi yoʻnalishlarini qoʻllash7.

Shuningdek, mahalliy soliqlar davlat moliya sohasidagi intellektual rahbarlar

tomonidan mahalliy hukumatlar uchun ideal daromad manbai sifatida yuqori

baholanadi8.

Mahalliy soliqlarda ham undiruvchanlik bilan bogʻliq muammolar

mavjudligini e’tirof etishimiz lozim. U.A.Berdiyevaning e’tirof etishicha, ayrim

mamlakatlarda soliqlar yigʻiluvchanligi holatining yuqori darajasi soliq axloqi va

madaniyatining yuqoriligi hamda soliq qonunchiligining barqarorligi bilan bogʻliq boʻlsa, boshqalarida iqtisodiyotda soliq yukining yuqoriligi, samarasiz imtiyozlar

va soliq qonunchiligining nobarqarorligi bois soliqlar yigʻiluvchanligi holatining

past darajasi mazkur tizimdagi hal qilinishi lozim boʻlgan muammolarni

koʻrsatmoqda9.

Mahalliy byudjetlar faoliyati mahalliy talab-ehtiyojlarni toʻlaroq qondirishni

hamda davlatning markazlashgan tartibda amalga oshiradigan tadbirlarining

bajarilishi bilan uzviy bogʻliq holda ijro etishga imkon yaratib beradi... Mahalliy

byudjetlar daromadi asosan mahalliy soliqlar, soliq funksiyasini bajaruvchi

majburiy toʻlovlar, shuningdek, qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

hisobidan tarkib topadi10.

O.Meyliyevga koʻra, hududlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish,

investitsion faollikni yanada jonlantirish, ijtimoiy hamda iqtisodiy farovonlikni

oshirishda soliqlarning oʻrni muhim hisoblanadi. Shu sababli, har bir hududning

oʻziga xos shart-sharoitlari, mavjud imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda, soliq

siyosatini nisbatan ularning rivojlanish darajasiga moslashtirish, soliq

mexanizmidan samarali foydalanish iqtisodiyotni erkinlashtirish va

modernizatsiyalashning hozirgi sharoitida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy

taraqqiyotini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar tarkibida

yetakchi oʻringa koʻtarilgan11.

Yuqoridagi olimlarning fikrlarini inobatga olgan holda ta’kidlashimiz

lozimki, bugungi kunda mahalliy soliqlarni tadqiq qilish, mahalliy soliqlarning

undirilishi boʻyicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish bugungi kunda

rivojlanayotgan mamlakatlarda muhim ahamiyatga ega.

Mahalliy soliqlar mahalliy byudjetlar daromadini shakllantirishda muhim

oʻrin tutadi. Mahalliy hokimiyat organlarining faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish,

hududlarni rivojlantirish, hududlarda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilashda ushbu

soliqlar muhim ahamiyatga ega. Ushbu jihatlar e’tiborga olingan holda 2019-yil

davlat byudjeti daromadlarida mahalliy soliqlar turlarining ulushini tahlil qilish

zarur (1-rasm).

Quyidagi rasm ma’lumotlariga koʻra 2019-yilgi koʻrsatkichlarni tahlil qilish

orqali bilishimiz mumkinki, mahalliy soliqlar tarkibiga kiruvchi soliqlar

koʻrsatkichlari boshqa turdagi soliqlarnikidan sezilarli darajada past ekanligiga

guvoh boʻlamiz. Xususan, 2019-yilda Davlat byudjeti daromadlarida jami mahalliy

soliqlarning ulushi 6,4%ni tashkil etib, mol-mulk soligʻi 3%, yer soligʻi 3%, suv

resurslaridan foydalanganlik uchun soliq esa 0,4% ulushga ega. Koʻrishimiz

mumkinki, mahalliy soliqlar davlat byudjeti daromadlarida kichik ulushga ega.

1-rasm. 2019-yildagi Davlat byudjeti daromadlarida soliq turlarining

ulushi (foizda)12

2020-yildagi Davlat byudjeti daromadlarida mahalliy soliqlarning ulushi

tahlil qilinsa, 2019-yilgi koʻrsatkichlarga nisbatan oʻzgarishlar boʻlganligini

koʻrish mumkin (2-rasm). Xususan, 2020-yilda mol-mulk soligʻi 2%ga, yer soligʻi

2%ga pasaygan boʻlsa, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 0,5%ga

oshgan.


2-rasm. 2020-yildagi Davlat byudjeti daromadlarida soliq turlarining

ulushi (foizda)

So’nggi yillarda O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari tahlil

qilinsa, mahalliy soliqlar bo’yicha tushumlar o’zgaruvchan tendensiyaga ega

ekanligini ko’rishimiz mumkin. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

ma’lumotlariga e’tibor qaratadigan bo’lsak, 2019-2020-yillarda mahalliy soliqlar

sifatida yer solig’i, mol-mulk solig’i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun

soliqlar bo’yicha tushumlarda sezilarli o’zgarishlar kuzatilgan. 2020-yilda molmulk solig’i bo’yicha tushumlar (1974,3 mlrd. so’m) 2019-yildagiga (2360,2 mlrd.

so’m) nisbatan kamaygan bo’lsa, yer solig’i (2386,7 mlrd. so’m) va suv

resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (478,8 mlrd. so’m) ko’rsatkichlari

sezilarli oshgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

“O’zbekiston Respublikasining “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining

Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari

to’g’risida” PQ-4938-sonli Qarorining 3-ilovasi ma’lumotlari ushbu jadvalda aks

ettirilgan bo’lib, unda 2021-yil uchun prognozlar keltirilgan (1-jadval).

1-jadval

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari

ko’rsatkichlari (mlrd. so’m) [10]

Oʻzbekistonda mahalliy soliqlarning amal qilish tartibi Oʻzbekiston

Respublikasi Soliq kodeksining XV boʻlimi (Mol-mulk soligʻi), XVI boʻlimi (Yer

soligʻi), XVII boʻlimi (Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq) va boshqa

boʻlimlarida atroflicha ochib berilgan13. Bunda ushbu soliq turlarining oʻziga

xos xususiyatlari tushunish va tahlil qilish imkoni mavjudligini ta’kidlashimiz

lozim.

Xulosa

Yevropa va AQShda yer va mol-mulk soligʻi har yili, odatda, obyekt bozor

qiymatining 0,5-1% oraligʻida belgilanadi. Xitoy va Filippin kabi Sharqiy Osiyo

mamlakatlarida mol-mulk soligʻi stavkalari taxminan 1-2% ni tashkil etadi,

Janubiy Koreyada esa yillik mol-mulk soligʻi koʻchmas mulk qiymatining 0,15-

0,5%i oraligʻida belgilanadi. Afrikaning Sahroi Kabir sharqidagi koʻplab

mamlakatlarda aktivlarning turli qiymatlariga nisbatan turli soliq stavkalari

qoʻllaniladi, masalan, Keniyada yer soligʻi 10% dan 30% gacha belgilanishi

mumkin. Afrikaning boshqa mamlakatlarida esa stavkalar ancha past boʻlishi

mumkin. Masalan, Ruandada egalik qilish huquqiga ega boʻlgan foydalanuvchilar

yer va binolar uchun soliqlarni aktivlar qiymatining 0,1% miqdorida toʻlaydi [12].

2-jadval


Yevropa mamlakatlarida mol-mulk soligʻi boʻyicha tushumlar

koʻrsatkichlari (mlrd. yevro) [13]



Xalqaro amaliyotni oʻrganish doirasida Yevropadagi 10 mamlakatning molmulk soligʻi boʻyicha koʻrstkichlari tahlil qilindi (2-jadval). Yevropa

mamlakatlarining mol-mulk soligʻi boʻyicha koʻrsatkichlari solishtirilganda eng

yuqori koʻrsatkich Fransiyaga tegishli ekanligini koʻrishimiz mumkin (97,7 mlrd.

yevro). Italiya va Germaniyada mol-mulk soligʻi boʻyicha tushumlar mos ravishda

43,8 va 37,6 mlrd. yevroni tashkil etgan. Jadvaldagi boshqa mamlakatlarda ushbu

koʻrsatkich sezilarli darajada past ekanligini ta’kidlashimiz lozim. Xulosa qilish

mumkinki, rivojlangan mamlakatlarda mol-mulk soligʻi boʻyicha tushumlar

aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlardagidan ancha yuqori koʻrsatkichlarga ega.

Bu bevosita iqtisodiyotda xususiy sektorning rivojlanganligi, aholining turmush

darajasi va daromadlilik darajasi yuqori ekanligini koʻrsatadi.

Mahalliy byudjetlar daromadini shakllantirishda mahalliy soliqlarning

ahamiyati va bu boʻyicha xalqaro tajribani tahlil qilish orqali quyidagi ilmiy xulosa

va takliflarni keltirishimiz mumkin.

Birinchidan, mahalliy hokimiyat organlariga mahalliy soliqlar boʻyicha

daromadlarni shakllantirish, mahalliy byudjet xarajatlarini amalga oshirishda

ma’lum darajada erkinlik berilishi zarur. Bunday erkinlik berilishi hududning

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi.

Ikkinchidan, xalqaro amaliyotda mamlakatlar miqyosida mahalliy soliqlar va

yigʻimlarning tarkibi turlicha ekanligini koʻrishimiz mumkin. Shuningdek, soliq

solinadigan obyektlar va soliq solinadigan bazalar boʻyicha ham farqlar kuzatiladi.

Xalqaro tajribani oʻrganish orqali milliy amaliyotimiz uchun foydali jihatlarini

moslashtirishda yuqorida ta’kidlangan omillarni inobatga olish lozim. Aks holda

soliq yuki oshishi va soliq toʻlovchilarga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Uchinchidan, mahalliy soliqlar boʻyicha samarali mexanizmni

shakllantirishda soliq madaniyati va mahalliy shart-sharoitlarni ham inobatga olish

lozim, chunki bu soliq undiruvchanligiga ta’sir koʻrsatadigan jihat hisoblanadi.

Toʻrtinchidan, xalqaro amaliyotda rivojlangan mamlakatlarda mahalliy

soliqlarning Davlat byudjetidagi ulushi rivojlanayotgan mamlakatlardagiga

nisbatan keskin yuqori boʻladi. Bu orqali aytish mumkinki, mahalliy soliqlarning

Davlat byudjetidagi ulushi ma’lum darajada mamlakatning iqtisodiy

rivojlanganligi va aholining daromadlilik darajasini koʻrsatib beradi.




Download 391,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish