6
Siyosiy karta o‘z xususiyatiga ko‘ra o‘zgaruvchan xarakterga ega. Jahonda
yuz berayotgan har bir muhim voqelik uning sifatiy va miqdoriy o‘zgarishlariga
sabab bo‘lishi mumkin. Siyosiy kartaning miqdoriy o‘zgarishlari uning sub’ektlari
miqdorining o‘zgarishida namoyon bo‘lsa, sifatiy o‘zgarishlar
esa ulardagi
boshqaruv shakl xususiyatlarining yangi ko‘rinishga o‘tishi bilan ifodalanadi.
Dunyo siyosiy kartasining miqdoriy o‘zgarishlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
yangi yerlarning qo‘shilishi (qadimda);
turli urushlar natijasida hududning kengayishi yoki
kamayishi;
davlatlarning bir-biri bilan qo‘shilishi yoki bo‘linib
ketishi;
davlatlar orasida kelishuvga ko‘ra hududlarni bir-
birlariga berishi (yoki almashinuvi) ;
dengiz hududlarida qo‘shimcha
yerlar barpo qilish
(dengizdan quruqlik tortib olish) va b.
Sifatiy o‘zgarishlarga esa quyidagilarni misol qilib ko‘rsatish
mumkin:
ijtimoiy boshqaruv shakllarining tarixiy almashinuvi;
davlatning siyosiy mustaqillikka erishuvi;
davlat boshqaruvi yangi shakllarining yuzaga kelishi;
davlatlararo ittifoqlar va tashkilotlarning yuzaga kelishi;
davlatlararo nizoli sabablarni yuzaga keltirayotgan «olovli
nuqtalar»ning paydo bo‘lishi yoki ularning to‘xtatilishi va b.
Yuqorida sanab o‘tilgan siyosiy kartaning miqdoriy va sifatiy o‘zgarishlari
unda mavjud bo‘lgan ob’ektlar soni, ularning hududiy o‘lchamlari, siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi kunda
siyosiy kartada yuzaga kelayotgan har bir ob’ektni o‘ziga xos tarzda ko‘rsatib
o‘tilgan o‘zgarishlarning “hosilasi” sifatida e’tirof etish mumkin.
Siyosiy kartada tasvirlangan ob’ektlarni o‘z xususiyatiga ko‘ra
quyidagi
guruhlarga ajratish mumkin:
7
Davlatlar;
Tan olinmagan davlatlar;
Mamlakatlar;
Koloniyalar;
Erkin assotsiatsiyalar;
Dominionlar;
Xalqaro hududlar va akvatoriyalar;
Neytral hududlar;
Ijara hududlar va b.
Ushbu ob’ektlarning har biri o‘z shakllanish va rivojlanish bosqichlariga ega
bo‘lib, geografik jihatdan jahonning deyarli barcha qit’alarida mavjud.
Davlat – mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilish,
uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari bo‘lgan hukmron tuzilma.
Davlat jamiyatni o‘z qonun-qoidalariga ko‘ra idora qiladi,
turli tip, shakllarda
tashkil topadi. Uning quyidagi asosiy belgilarining mavjud bo‘lishi
maqsadga
muvofiqdir:
ta’sis xujjatlarining mavjudligi;
boshqaruv va rejalashtirish;
bo‘ysinuvchi tashkilotlarning faoliyati;
davlat ramzlari.
Zamonaviy jahon siyosiy kartasida 240
ga yaqin davlatlar, mamlakatlar
hamda hududlar mavjud bo‘lib, ularning 193 tasi mustaqil davlatlar hisoblanadi.
Ushbu davlatlarning har biri siyosiy kartada ifodalangan o‘z hududiga ega.
Hudud
– o‘ziga xos tabiiy va inson faoliyati
tomonidan davriy ravishda
hosil qilingan xususiyatlar va resurslarga ega yer yuzining quruqlik qismi
hisoblanadi. Kartada hududlar sarhadlari davlat chegaralari bilan ifodalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: