U. X. Safarov, N. M. Karakulov



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

Eng yangi davr
, birinchi jahon urushining tugashi va 1917 yil Rossiya 
Imperiyasida yuz bergan Oktyabr to‘ntarishidan boshlab, to hozirgi kungacha 
bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ushbu davr ayrim mutaxassislar fikriga ko‘ra uch 
bosqichdan iborat. 
Birinchi bosqich
(1917-1939 y) ning o‘ziga xos xususiyatlari shundan 
iboratki, ushbu bosqichda dunyo siyosiy kartasida Sovet davlatining (sotsialistik 
imperiya) paydo bo‘lishi hamda Yevropa va dunyoning boshqa qismlarida muhim 
hududiy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi bilan xarakterlanadi. 
Ushbu davrda Avstriya-Vengriya imperiyasi parchalandi, ko‘pgina 
davlatlarning chegaralari o‘zgardi. Yangi mustaqil mamlakatlar – Polsha, 
Finlandiya, Chexoslovakiya, Yugoslaviya (Serbiya, Xorvatiya, Sloveniya 
qirolliklari) va boshqalar paydo bo‘ldi. Buyuk Britaniya, Frantsiya, Belgiya, 
Yaponiya mustamlakalari ko‘paydi va kengaydi. Millatlar Ligasi (1919 y) 
tomonidan Germaniya mustamlakalari g‘olib davlatlarga mandat bilan vaqtincha 
boshqarish asosida bo‘lib berildi. Jumladan, Tanganika Angliyaga “mandat” ga 


15 
berildi. Togo va Kamerun esa Angliya va Frantsiya o‘rtasida bo‘lib olindi, 
Janubiy-G‘arbiy Afrika – JAR ga, Shimoliy-sharqiy Yangi Gvineya–Avstraliya 
Ittifoqiga, Karolin, Marian, Marshall orollari –Yaponiyaga, G‘arbiy Samoa orollari 
–Yangi Zelandiyaga, Nauru orollari–Angliya, Avstriya, Yangi Zelandiyaga berildi. 
Rossiya imperiyasi hududida bolsheviklar yakka hokimligi ostida Sovet 
hokimiyati o‘rnatilgandan keyin uning mustamlakasi hisoblanadigan Turkistonda 
ham muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Turkiston o‘lkasi, Buxoro amirligi, Xiva 
xonligi o‘rnida yangi tuzilmalarni vujudga keltirish asosida mustamlakachilikni 
yanada mustahkamlash sho‘rolar imperiyasi siyosatining asosiy yo‘nalishiga 
aylandi. Dastlab Turkiston muxtoriyati (1917 yil noyabr–1918yil fevral), Turkiston 
Avtonom Respublikasining tuzilishi (1918 yil aprel), Buxoro amirligining 
tugatilishi (1920 yil avgust) va Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (1920 yil oktyabr) 
tuzilishi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (1920 yil aprel) tuzilishi ushbu 
siyosatning natijasidir. 1924 yilda Turkiston, Buxoro va Xorazm Sovet 
Respublikalari o‘rnida O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Turkmaniston 
Sovet Sotsialistik Respublikasi, Tojikiston avtonom Respublikasi (O‘zbekiston 
Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibida), Qoraqirg‘iz (Qirg‘iz viloyati Rossiya 
Federatsiyasi tarkibida) va Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati (Qozog‘iston 
avtonom Respublikasi tarkibida) tashkil etildi. Bulardan tashqari, 1918 yilda 
Afg‘oniston ham o‘z siyosiy mustaqilligini e’lon qildi. 
1920 yilda Antanta (I Jahon urushi g‘oliblari) davlatlari tomonidan San-
Remo 
konferentsiyasida 
Millatlar 
Ligasi 
tavsiyasiga 
binoan 
Turkiya 
imperiyasining arab mamlakatlaridagi mustamlakalari mandat asosida bo‘lib 
olindi. Angliyaga Falastin, Transiordaniya, Mesopotamiya (Iroq), Frantsiyaga 
Suriya va Livan berildi. Xijoz mustaqil arab davlati sifatida tan olindi. 1926 yilda 
“Qo‘shilgan viloyatlar bilan Xijoz va Nadj” qirolligi tashkil topdi va uning nomi 
1932 yilda Saudiya Arabistoni deb o‘zgartirildi. 
1923 yilda Nepal mustaqilligi e’lon qilindi. 1931-1932 yillarda Yaponiya 
Xitoydan Manchjuriyani va Ichki Mongoliyaning bir qismini tortib oldi. 1937 yilda 


16 
Xitoyni bosib olish uchun kurash boshlandi. Italiya 1935-1936 yillarda 
Obessiniyani (Efiopiya), 1939-yilda Albaniyani istelo qildi. 
Gitler 
Germaniyasi 
1938-1939 
yilda 
Avstriyani 
bosib 
oldi, 
Chexoslovakiyani bo‘lib tashladi. 1939 yil sentabrida Germaniya Polshaga hujum 
boshladi va jahon siyosiy kartasida katta o‘zgarishlar yuzaga kelishiga sababchi 
bo‘lgan Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga olib keldi. Ma’lumki, Urush 
davomida Germaniya qator Yevropa davlatlarini bosib olish uchun harbiy 
harakatlarni boshladi. 1941 yilda Yaponiya Janubiy-sharqiy Osiyo va Tinch 
okeaniga boshqa imperiyalarning mustamlakalarini bosib olish uchun harbiy 
harakatlarni boshladi. Ikkinchi jahon urushida Germaniya va Yaponiyaning 
mag‘lubiyatiga bog‘liq xolda dunyo siyosiy kartasida muhim o‘zgarishlar yuz 
berdi. 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish