7.1. Markaziy Osiyo aholisi.
2018 yil 1 yanvar holatiga ko’ra Markaziy Osiyo hududida 72 million
(Qirg’izistonda 5,9 mln., Qozog’istonda 18,4 mln., O’zbekistonda 32,0 mln.,
Tojikistonda 9,3 mln. va Turmanistonda 5,4 mln.) kishi yashaydi.
Dengiz bo’ylab savdo sotiqni muximligini o’rgangan Adam Smit O’rta
Osiyo va Rossiyaning ayrim xududlariga nisbatan salbiy munosabat bildirgan.
Uning fikriga ko’ra Qora va Kaspiy Dengizlaridan tortib Afrika va Osiyoning
markaziy qismida joylashgan davlatlarda dengiz yo’li orqali savdo qilish imkoni
yo’qligi ushbu davlatlar rivojlanishini ancha yillar ortga qaytarmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlarida yashovchi tub aholi ko’p jihatdan
musulmonchilik udumlari (ya’ni ko’p bola ko’rish aqidalari)ga amal qiladi. Bu
aqidalarning amal qilishida islom dinining ham ta’siri bor, albatta.
Markaziy Osiyo tub aholisidagi farzandsevarlik “O’nta bo’lsa o’rni boshqa,
qirqta bo’lsa qilig’i” maqolini keltirib chiqargan. Aholining tabiiy o’sishi har ming
kishiga hisoblaganda tabiiy o’sish va o’lim koeffisienti Qirg’izistonda 26:8 kishini,
Qozog’istonda 19:9, O’zbekistonda 31:7, Tojikistonda 33:9 va Turmanistonda 33:8
kishini tashkil etadi.
Markaziy Osiyo davlatlari aholisining bandlik darajasida kattagina
o’xshashliklar bor, masalan, O’zbekiston aholisining 26,8 foizi qishloq xo’jaligida,
13,2 foizi sanoatda, 60 foizi xizmat ko’rsatish sohasida band bo’lgani holda, bu
ko’rsatkichlar Tojikistonda 54,5; 1,8; 28,7; Turkmanistonda 44,2; 19,2; 36,6;
Qirg’izistonda 42; 19,2; 38,7 foizni tashkil qiladi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining aholisi suv va yer resurslari
omillari (gidrografik tarmoqlar va relyef)ga bog‘liq holda notekis joylashib,
184
asosan, sug‘orma dehqonchilik yaxshi rivojlangan daryo vodiy va deltalari, tog‘
oralig‘idagi botiqlarda mujassamlangan. Bunday yerlar eng ko‘p O‘zbekiston
hududida bo‘lganligi bois, respublikamiz aholi soni jihatidan subregionda yetakchi
o‘rin egallaydi. Aholi zichligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha Markaziy Osiyoda,
1.01.2017-yil holatiga, O‘zbekiston (71,5 kishi/km
2
) va Tojikiston (61,3 kishi/km
2
)
yetakchi, Qozog‘iston (6,6 kishi/km
2
) esa eng oxirgi o‘rinda turadi. Jahon
mamlakatlari orasida ham, Qozog‘iston aholisi eng siyrak joylashgan davlatlar
safiga kiradi (o‘rtacha aholi zichligi bo‘yicha dunyoda 184-o‘rin).
Markaziy Osiyo davlatlarining demografik vaziyatiga tug‘ilish va aholi
tabiiy o‘sishining ancha yuqori ko‘rsatkichlari xos. Aytilgan ko‘rsatkichlar
Tojikiston va Qirg‘izistonda subregion bo‘yicha eng baland, Qozog‘iston va
Turkmanistonda eng past, O‘zbekistonda esa o‘rtacha darajada. Shuningdek,
beshta
respublikada
ham
migratsiyaning
salbiy
saldosi
kuzatilmoqda.
Urbanizatsiya darajasi Qozog‘istonda 58 %, O‘zbekistonda 51 %, Turkmanistonda
50 %, Qirg‘izistonda 36 %, Tojikistonda esa 26 % ga teng. Ko‘rinib turibdiki, eng
yuqori va eng past ko‘rsatkichlari orasidagi tafovut 2 martaga teng. Markaziy
Osiyoda 4 ta “millioner” shahar mavjud: Toshkent (2,4 mln kishi), Almati (1,7 mln
kishi),Nur-Sultan(1,3mln) va Shimkent(1,1mln)
MOD aholisining etnik kelib chiqishi va joylashishi. 27-Rasm
185
Boysun tumanidagi “Teshik tosh”g’oridan topilgan Neolit davrida yashagan
odam suyaklarining topilishi va boshqa ko’plab etnografik, arxeologik qazilmalar
Markaziy Osiyo hududida qadimdan odamlar yashaganlgini isbotlamoqda.
Markaziy Osiyoda hozirgi davrda yashovchi o’zbek, qoraqalpoq, qirg’iz,
qozoq, turkman, tojik xalqlarining tarixi bir-biri bilan uzviy bog’langan. Ularning
ajdodlari - baqtriyaliklar, sogdiylar, saklar, massagetlar Turkiston va qisman
Eronning bir qismi bo’lgan Xuroson hamda Afg’onistonning Hindiqush rayoni
hududida istiqomat qilishgan. Bu hududdagi Baqtriya o’rnida keyinchalik
Tohariston davlati vujudga kelgan. Tez orada Tohariston Sogdiana davlati bilan
qo’shilib, Turkiston hududida yirik Kushan imperiyasiga birlashadi.
VII-VIII asrlarda Turkistonga arablar bostirib kiradi va yerli xalqqa islom
dinini zo’rlab qabul qildiradi.
IX asrning oxiri(874yil)da Bag’dod xalifaligi yemiriladi. Samoniylar davlati
barpo qilinadi. Samaniylar davlati hukmronligi davrida Turkiston hududida 100
yilcha tinchlik hukmron bo’ladi. O’sha davrning alloma olimlar Abu Rayhon
Beruniy, fors-tojik poeziyasining asoschisi Rudakiy, o’lmas “SHohnoma”
poemasining muallifi Firdavsiy, tibbiyot ilmining darg’asi Abu Ali ibn Sino kabi
o’nlab mutafakkirlar yetishib chiqadi va jahon fani taraqqiyotiga salmoqli hissa
qo’shadi.
XII asrning o’rtalarida Markaziy Osiyo hududida Saljuqiylar davlati tarkib
topadi. XIII asrning boshi (1219-1221 yillar)da Turkistonni CHingizxon boshliq
mug’ullar ishg’ol qildi. 1370 yilda Turkiston davlatining tepasiga Amir Temurning
kelishi feodal urushlarga chek qo’ydi. Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy,
Zahriddin Bobur o’sha davrning buyuk siymolari edi.
Amir Temur hukmronligidan keyin Turkiston zaminida ko’chmanchi xalqlar
o’rtasida tez-tez g’alayonlar bo’ldi. 1500-1507 yillarda ko’chmanchi qabilalarning
yetakchisi Muhammad SHaybonihon butun Turkistonni o’z qo’li ostiga oldi.
SHaybonixon avlodlari 1598 yilgacha davlatni boshqardi. So’ngra bu hududda
Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklari vujudga keldi.
186
XIX asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib
olindi va bu zaminda Turkiston general-gubernatorligi joriy qilindi.
1917-1924 yillarda Turkiston Rossiya tomonidan qayta ishg’ol qilindi va
“O’rta Osiyo” va “Qozog’iston” deb atala boshlandi.
Bugungi Markaziy Osiyoning aholisi etnik kelib chiqishi jihatidan bir xil
bo’lgan, asrlar osha (va tinimsiz janglar) mobaynida shakllangan turkiy zabon
tilida va unga yaqin bo’lgan tilda gaplashuvchi xalqlardir.
Qadimdan Markaziy Osiyo aholisining ko’p qismi chavandozlik va qishloq
xo’jaligida chorvachilik orqali kun ko’rishgan. Bu sharoit 1920-yilgacha davom
etgan. Sovet Ittifoqi tarkib topgandan keyin kuchib yurib, chorvachilik qilishdan
dehqonchilik qilishga, shahar va jamoa xo’jaliklariga moslashishga jalb etdi.
Hozirgi kunda shaharda yashovchi aholilar mahalliy va rus madaniyati
uyg’unligida kun kehcirishdi, bularni ularning keyinishi, kiyim-kechaklari va
yashash tarzidan ham bilish mumkin. Sovet tuzumi vaqtida 6 milliondan ko’proq
rus va ukrainlar kochirib opkelingan. Ba’zi davlatlarda rus tili ikkinchi til sifatida
foydalaniladi.
Mahalliy xalqlardan o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman, qoraqalpoqlar
oltoytillar oilasining turkiy guruhiga mansub bo‘lsa, tojiklar va ularga qardosh
Pomirdagi kichik xalqlar (shug‘nonlar, vaxanlar, ishkashimlar va boshq.) hind-
yevropa tillar oilasining eroniy guruhi tarkibiga kiradi. Sanab o‘tilgan millat
vakillari, nafaqat tegishli respublikalarda, balki qo‘shni davlatlar hududida ham
keng tarqalgan. Masalan, o‘zbeklar O‘zbekistonga qo‘shni Qirg‘iziston, Tojikiston,
Turkmanistonda son jihatidan 2-chi, Qozog‘istonda esa 3-chi millat hisoblanadi.
O‘z navbatda, O‘zbekistonda ham tojiklar,qozoqlar, qirg‘izlar va turkmanlar
vakillari salmoqlidir
187
Do'stlaringiz bilan baham: |