Foydali qazilmalari
. Markaziy Osiyo davlatlari foydali qazilmalarga juda
boydir. Foydali qazilmalar kelib chiqishiga ko’ra 3 ta guruhga bo’linadi:
magmatik; metamorfik; cho’kindi.
Magmatik foydali
qazilmalar bevosita magma faoliyati tufayli paydo bo’lib,
asosan vulqon oblastlarida ko’p uchraydi. Bu guruhga rudali va shunga o’xshash
foydali qazilmalar mansub.
Metamorfik foydali qazilmalar
da kuchli bosim va harorat ta’sirida yer
qobig’ining turli xil chuqurliklarida tog’ jinslarining fizik va kimyoviy tarkibi
murakkab o’zgarishga uchraydi va rudali, noruda metomorfik qazilmalar paydo
bo’ladi. Masalan temir, kvarts, marmar va hokazolar.
174
Cho’kindi foydali qazilmalar.
Yer po’stining ustki qismida dengiz, ko’l,
botqoqliklarni cho’kindi jinslar qoplashi tufayli vujudga keladi. Bu guruhga noruda
foydali qazilmalar (neft, gaz, ko’mir, slanes, torf) kiradi.
Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar foydali qazilmalarga boy. Xususan,
Qozog’iston qora va rangli metallarga boy. Qozog’iston past tog’larida oltin, mis,
polimetall ruda konlarining g’oyat katta zahiralari aniqlangan. Toshko’mirning
yirik konlari Qaraganda, Ekibastuz va Ubagan ko’mir havzalarida mavjud.
Neftning yirik konlari g’arbiy Qozog’istondagi Tengiz konida (Emba
rayoni). Mang’ishloq yarim orolida nihoyatda ko’p. Gazning Mang’ishloq yarim
orolida kattagina zahiralari mavjud. Yirik temir ruda konlari Qozog’istonda
ochilgan va ishga tushirilgan. Ulardan eng yirigi To’rg’ay supasimon o’lkasida
joylashgan Sokolov-Sarbay konidir. (Qozoq magnitkasi).
O’zbekistonning Farg’ona vodiysida neft, tabiiy gaz, har xil tuzlar juda
ko’p. Surxondaryo vodiysida ham talaygina neft konlari mavjud. (Tolli, Lalmikor,
Kakaydi va boshqalar).
Gazning yirik konlari O’zbekistonning Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari
hududida,
shuningdek
Turkmanistonda,
Ustyurtda
aniqlangan.
Ayniqsa,
Gazachakdan, Turkmanistonning Amudaryo sohili qismlaridan yirik gaz konlari
topilgan. Qoraqum markazidagi Gugurtdosh (Gavurdak), SHo’rsuv oltingugurt
konlari bilan mashhur. Markaziy Osiyo bitmas-tuganmas tuz konlariga boy, bu
yerda faqat osh tuzining 300 dan ortiq konlari mavjud. Bu konlar Turon
pasttekisligidagi sayoz ko’llarda, Orol ko’li, Kaspiy dengizi sohillarida,
Turkmanboshi (Krasnovodsk), Farg’ona, Balxash ko’li , Surxondaryo
(O’zbekiston) da rayonlarida ayniqsa ko’p joylashgan.
Qorabo’g’ozgulda tuzining juda katta zahiralari to’plangan. Mang’ishloq
yarim orolida, Qoratovda, Amudaryoning quyi qismida Qoraqalpogiston hududida
fosfort konlari bor.
Markaziy Osiyo hududi binokorlik xom-ashyolariga ham boy. Bu yerda
ohaktosh, granit, marmar, dolomit, gips, bo’r, asbets, kaolin, kvarts, shag’G’al,
qum va boshqalarning yirik konlari mavjud.
175
G’azg’on, Bo’stonliq, Omonqo’ton, Dushanbe rayonlarida va Qirg’izistonda
chiqadigan marmar o’zining nafisligi bilan ajralib turadi.
Markaziy Osiyo shifobaxsh mineral suvlarga ham boy. Tojikistondagi
Obigarm, Qirg’izistondagi Oqsuv, Arashon, Jalolobod, O’zbekistondagi Toshkent,
Chortoq, Farg’ona, Uchqizil mineral suvlari va issiq buloqlari shular
jumlasidandir. Bular turli kasalliklarni davolashda, kurort xo’jaligini
rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |