U. X. Safarov, N. M. Karakulov



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

Savdo va valyuta kursi:
Davlatlar orasidagi valyutalar to‘lov 
qobiliyati, davlatlarning tashqi savdo xususiyatlari va tarkibi, davlatlardagi 
savdo siyosati
 
va b. 

Xalqaro mehnat taqsimoti:
Turli davlatlardagi ishlab 
chiqarish samaradorligi, mehnatga nisbatan xaq to‘lanish holati va b.
Har bir davlat yoki mintaqada iqtisodiyotning rivojlanishi bu yerdagi siyosiy 
ahvol bilan bog‘liq. Siyosiy jihatdan barqaror mintaqalargagina xorijiy 
investitsiyalar yo‘naltiriladi. Qo‘shma korhonalar barpo etiladi. Iqtisodiyoti xorijiy 
hamkorlik uchun “ochiq” bo‘lgan davlatlar katta miqdordagi kapital quyilmalarni 
o‘ziga jalb qilish imkoniyatiga egadir. Shu bilan birga zamonaviy iqtisodiyot 
rivojlanishi tabiiy resurslar, birinchi navbatda mineral resurslar bilan bog‘liq. 
Mineral resurslar orasida birlamchi energiya manbaalari katta ahamiyat kasb etadi. 
Aynan shunday boylikka ega bo‘lgan davlatlar jahon iqtisodiyotida yuqori 
mavqega egad. Bu holatlar xaqiqatan ham yuqorida sanab o‘tilgan omillar ta’sirida 
jahon iqtisodiyoti tarmoqlari shakllanishi va rivojlanishini ko‘rsatadi. 
5.2. Sanoat tarmoqlari, uning hududiy rivojlanish xususiyatlari.
Tog‘-kon sanoati va 
u
ning sanoat tarmoqlari orasida tutgan o‘rni 
Ma’lumki, sanoat jahon, turli mintaqalar va davlatlar iqtisodiyotining 
jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi ta’sir 
ko‘rsatadigan yetakchi tarmog‘i bo‘lib hisoblanadi. Sanoat o‘zi uchun hamda 
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun mehnat qurollari va boshqa mahsulotlar 
ishlab chiqaradi, shuningdek, xom-ashyo, yoqilg‘i qazib olish, energiya ishlab 
chiqarish, yog‘och tayyorlash, sanoatda yoki qishloq xo‘jaligida olingan 


96 
mahsulotlarga ishlov berish va uni qayta ishlash bilan band korxonalar (fabrika, 
zavod, elektrostantsiya, shaxtalar, konlar va b.) majmui hamdir.
So‘nggi yillarda jahon iqtisodiyotida xizmat ko‘rsatish sohalarining tez 
sur’atlar bilan o‘sishi, mehnat resurslarining katta qismi aynan, nomoddiy ishlab 
chiqarish tarmoqlarida bandligi oshib borayotganligiga qaramay sanoat ko‘plab 
davlatlar uchun asosiy iste’mol va eksport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi davlat 
bo‘lib hisoblanmoqda. Tarmoq rivojlanishiga katta miqdordagi kapital 
quyilmalarning unga tomon yo‘naltirilganligi, davlatlar tomonidan ilmiy texnik 
tadqiqotlar uchun ajratadigan mablag‘larning o‘sib borishi sabab bo‘lmoqda. 
Sanoatning hududiy tarkibi butun jahon iqtisodiyotining turli hududlarda 
rivojlanish holatiga sababchi bo‘lgan holda, davlatlarda iqtisodiyot asosini – 
karkasini tashkil qilmoqdadir. Aynan shu sabablar sanoatni iqtisodiy 
taraqqiyotning “motori” deb atashga sabab bo‘ladi.
 
Sanoatning asosiy tarmoqlari quyidagilar: 

Tog‘-kon sanoati 

Yoqilg‘i-energetika majmui 

Metallurgiya majmua 

Mashinasozlik majmui 

Kimyo sanoati 

O‘rmon va yog‘ochsozlik majmui 

Qurilish materiallari sanoati 

Yengil sanoat tarmoqlari 

Oziq-ovqat sanoati
Yuqorida sanab o‘tilgan tarmoqlar o‘z navbatida undiruvchi va qayta 
ishlovchi sanoat tarmoqlari tarkibiga kiradi.
Undiruvchi sanoat
asosan sanoat tarmoqlari uchun xom-ashyo tayyorlab 
beruvchi sohalardan tashkil topadi. Uning tarkibiga tog‘-kon, o‘rmon sanoatlari 
bilan bir qatorda, turli manbaalarda ovchilik, dengiz mahsulotlarini ovlash sohalari 
ham kiritiladi.


97 
Qayta ishlovchi sanoat
tarkibiga kiruvchi 300dan ortiq tarmoqlar va kichik 
tarmoqlarda ishlab chiqarish va iste’mol uchun zarur bo‘lgan tayyor mahsulotlar 
ishlab chiqariladi. Jahon qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari tarkibida mashinasozlik 
majmuasi tarmoqlari yetakchilik qiladi. Keyingi o‘rinlarni kimyo, oziq-ovqat, 
yengil, metallurgiya sanoat tarmoqlari egallaydi. 
Sanoatni hududiy tashkil etish, o‘sha hududda mavjud bo‘lgan tabiiy, 
moddiy va mehnat resurslar bilan qay darajada ta’minlanganligiga, ishlab 
chiqarishni ijtimoiy tashkil etish shakllarining rivojlanish darajasiga, sanoat, 
shaharlar va aloqa yo‘llarining tarixan tarkib topgan joylashuviga, hududning 
iqtisodiy jihatdan o‘zlashtirilganlik darajasi kabi omillarga bog‘liq. Shunday 
omillar borki, ular sanoat korxonalarining joylashishiga to‘g‘ridan – to‘g‘ri ta’sir 
ko‘rsatadi. Bular xom-ashyo, yoqilg‘i-energetika, suv, ishchi kuchi, transport va 
iste’mol omillaridir. Bu iqtisodiy geografik mohiyatiga ko‘ra, bir-biridan farq 
qilishiga qaramay, bular bir-biri bilan chambarchas bogliq. Agar xom-ashyo, 
yoqilgi-energetika, suv omillarini ko‘rib chiqsak, uning ko‘lami hududda mavjud 
omillarning zaxiralariga qarab fikr yuritilsa, ishchi kuchi va iste’molchi omillari 
aholining ushbu qismi egallagan hududning katta-kichikligiga qarab aniqlanadi. 
Transport omili esa yuqorida ko‘rsatilgan omillar orasida o‘zaro aloqalar uchun 
xizmat qiladi. Bundan kelib chiqib, shartli ravishda xom-ashyo, yoqilgi-energetika, 
suv, ishchi kuchi va iste’molchi omillarini joylashtirish, transport omilini esa 
masofa omili deb atash mumkin. 
Sanoat tarmoqlari tarkibi yuqorida tahlil qilib o‘tilgan turli omillardan
tashqari, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatiga ham bog‘liq. 
Rivojlangan davlatlar sanoati asosan mahalliy, ko‘p hollarda import xom-ashyo 
asosida 
tayyor 
mahsulotlar 
ishlab 
chiqarishga 
ixtisoslashgan 
bo‘lsa, 
rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyoti tarkibida sanoat xom-ashyo va birlamchi 
tayyor 
mahsulotlar 
ishlab 
chiqarishga 
ixtisoslashgan. 
So‘nggi 
yillarda 
rivojlanayotgan davlatlar orasida iqtisodiyoti tez sur’atlar bilan o‘sayotgan 
tayanch, yangi sanoatlashgan va neft eksport qiluvchi guruhlar davlatlari sanoati 
mahsulotlari tarkibida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar hajmi ortib bormoqda. 


98 
Jahon sanoatining so‘ngi yillardagi rivojlanishi 14 rasmdagi (
21-jadval)
grafikda ifodalangan. Grafik ma’lumotlariga ko‘ra jahonda sanoat ishlab chiqarish 
hajmining o‘sish sur’ati 2008 yilgacha yuqori bo‘gan. Lekin bu ko‘rsatkich 2009 
yilda jahonda iqtisodiy inqirozning ko‘chayishi bilan pasaydi. Shu yili jahonda 
sanoat ishlab chiqarish hajmi -2.7% kamayishi kuzatildi. 2010 yildan boshlab 
sanoat ishlab chiqarish hajmi asta sekinlik bilan oshib bordi. Ayrim yillari, 
masalan 2012 va 2015 yillari sanoat ishlab chiqarish hajmida turg‘unlik holati 
kuzatildi. 2016 yilda 2.5% ga o‘sishga erishildi. 
Sanoat ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’ati albatta mintaqalar 
bo‘yicha xar-xil ko‘rsatkichlarda qayd etildi. Xususan jahon iqtisodiy inqirozidan 
katta zarar ko‘rgan AQSh, Yaponiya, YEI davlatlari, Rossiya, Qozog‘iston kabi 
davlatlarda sanoat ishlab chiqarish hajmi sezilarli kamayish kuzatilsa, Xitoy, 
O‘zbekiston kabi ayrim rivojlanayotgan davlatlarda sanoat ishlab chiqarish o‘sish 
sur’atlari saqlanib qoldi.
Jahonda sanoat ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’ati
, % hisobida. 14-
rasm 
Jahonda sanoat ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’ati
, % hisobida. 21-
jadval 
yillar 

2007 
5.0 
2008 
3.2 


99 
2009 
-2.7 
2010 
4.6 
2011 
3.9 
2012 
0.0 
2013 
3.5 
2014 
1.9 
2015 
0.0 
2016 
2.5 
Manba - 
CIA World Factbook
 
Sanoat tarmoqlari ichida undiruvchi sanoatning ahamiyati kattadir. 
Undiruvchi sanoat bir qator tarmoqlardan tashkil topsada, lekin uning 75% 
mahsulotini tog‘-kon sanoati tayyorlab beradi.
Tog‘-kon sanoati mineral resurslarni izlash va qazib olish bilan 
shug‘ullanuvchi tarmoqlar majmui bo‘lib, shu bilan birga majmua tarkibiga ularni 
birlamchi qayta ishlash hamda yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish 
tarmoqlari ham kiradi. Tog‘-kon sanoati hududiy rivojlanishida bir qator rayonlar 
ajratilib, ular orasida AQSh, Kanada va Meksika, Yevropa, MDH davlatlari kabi 
rayonlar o‘z o‘rniga egadir. Jahon tog‘-kon sanoatida AQSH, Rossiya turli mineral 
resurslar qazib olishga ixtisoslashgan bo‘lsa, Qozog‘iston, O‘zbekiston asosan 1-2 
turdagi, Chili, BAA kabi davlatlar esa bir turdagi xom-ashyolarni qazib olishga 
ixtisoslashgan. Qazib olinadigan mineral xom-ashyolar soni bo‘yicha Rossiya (48 
turdagi mineral xom-ashyo qazib olinadi) yetakchilik qilsa, tog‘-kon sanoatida 
qazib olinadigan mineral resurslar salmog‘ida ko‘mir peshqadam hisoblanadi. 
Umumiy qazib olinadigan mineral xom ashyoning 23% toshko‘mir va qo‘ng‘ir 
ko‘mirga to‘g‘ri keladi. Mazkur sanoat asosan rivojlanayotgan davlatlar 
iqtisodiyotida katta salmoqqa ega bo‘lsada, lekin unda faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy 
TMKlar rivojlangan davlatlarga tegishli. BHP Billiton va Rio Tinto 
(Avstraliya/Buyuk Britaniya), Xstrata (Buyuk Britaniya) tog‘-kon sanoatining yirik 
TMKlari bo‘lib hisoblanadi. Mazkur sanoat tarmog‘ining ishlab chiqargan 


100 
mahsulotlari asosan yoqilg‘i-energetika, metallaurgiya, kimyo, yog‘ochni qayta 
ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, yengil va oziq-ovqat sanoatlarida 
qayta ishlanib, haqiqiy iste’molga tayyor mahsulotlarga aylantiriladi.

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish