TASHKIL QILISH
Xalqaro sport harakati taraqqiyotining asosiy bosqichlari haqida tushunchalar. (1860-1894, 1896-2008).
Xalqaro Olimpiya qo’mitasi, uning tashkiliy tuzilishi, maqsadi, vazifalari. Bosh Assambleya, milliy olimpiya qo’mitalari assambleyasi, sessiya, kongress.
Xalqaro sport uyushmaalri, sport federatsiyalari, qit’alardagi sport tashkilotlari. Osiyo sport uyushmalari, ularning asosiy tadbirlari. Markaziy Osiyo sport uyushmalari.
Xalqaro sport va Olimpiya harakatining hozirgi muammolari.
Xalqaro sport harakati jahondagi barcha davlatlar va xalqlarning kundalik faoliyati sifatida tarkib topgan hamda umumjahon miqyosida ijtimoiy-siyosiy, madaniy jarayonlarni o’zida ifodalovchi ijtimoiy faoliyatdir. Uning vujudga kelishi va taraqqiyot yo’li uzoq darvlarni hamda juda ko’p turli-tuman faoliyatlarni o’z ichiga oladi.
E’tirof etish kerakki, jahonda taraqqiy etgan AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlar taraqqiyotida o’zining salmoqli o’rni va har tomonlama muvozanati jihatidan e’tiborga loyiq bo’lgan Rossiya, Xitoy, Hindiston, Arab mamlakatlari o’rtasida sport sohasida o’zaro aloqalar mavjud. Bu faoliyatlar esa xalqaro sport harakatiga ijobiy ta’sir o’tkazib bormoqda.
Jahon xalqlari tarixida xalqaro sport harakati ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan jarayondir. U xalqlarni faqat sportdagi faoliyatlari bilangina emas, balki turli millatlarning madaniyati, ijtimoiy taraqqiyoti, insonparvarlik hamda progressiv g’oyalari bilan ham o’zaro bog’laydi.
Xalqaro sport harakati o’zining tarixiy taraqqiyot bosqichlariga ega. Ya’ni o’tgan XIX asrning oxirlarida Yevropa mamlakatlarida xalqaro sport uchrashuvlari tashkil etilib, bu esa asta-sekin rasmiy musobaqalar tusini oldi. Natijada, turli sport uyushmalari (federatsiyalari) tashkil qilina boshlandi. Buning oqibati esa Xalqaro Olimpiya o’yinlarini davr talablari asosida tashkil qilishga da’vat etdi.
XIX asrning ikkinchi yarimida o’tkazilgan musobaqalarning yagona tartib va qoidalari bo’lmaganligi sababli Xalqaro sport harakatining rivojlanishiga birmuncha salbiy ta’sir ko’rsatdi.
Shunday bo’lsada,1881 yilda Yevropa gimnastika uyushmasi, 1892 yilda akademik eshkak eshish Xalqaro federag’iyasi, 1904 yilda Xalqaro futbol federag’iyasi tashkil etildi. Bu siljishlar Xalqaro Olimpiya qo’mitasini tuzishga (1894) va uning faoliyatini rivojlantirishga sababchi bo’ldi. Bunda buyuk mutafakkir Pyer de Kubertenning xizmatlari nihoyat kattadir. Hozirgi kunda ham uning asosiy qismi o’z kuchi va mavqeini saqlab kelmoqda.
Xalqaro sport harakatining birinchi bosqichi XX asrning boshlarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu, albatta, birinchi Xalqaro Olimpiya
o’yinining o’tkazilishi (1896) va keyingi davrlarda har 4 yilda bir marta o’yinlarning tashkil qilinishi bilan belgilanadi.
1894 yilda Parijda I Xalqaro sport kongressi bo’ldi. Bunda quyidagi masalalar ko’rib chiqilgan edi:
Havaskorlik va professionalizm
Olimpiya o’yinlari.
Hozirgi davrda Xalqaro Olimpiya qo’mitasiga 204 dan ortiq mamlakat a’zo bo’lib kirgan. Sobiq Ittifoqdan ajralib, hozir mustaqil Davlat sifatida faoliyat ko’rsatayotgan respublikalar 1991-1992 yillarda Xalqaro Olimpiya qo’mitasiga a’zo qilib qabul qilindi. Bu mamlakatlarning sportchilari sport cho’qqilarini zabt etish, xalqlar o’rtasida tinchlik va do’stlikni mustahkamlash uchun o’z g’oyalarini olg’a surmoqdalar.
Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT)Xalqaro sport harakatining rivojlanishi va uning tashkilotchisi Xalqaro Olimpiya qo’mitasi faoliyatining rivojlanishini e’tiborga olgan holda bu ishlarni kuzatib borish, tegishli yordam qilish maqsadida o’zining muhim tayanchi bo’lgan YuNESKO huzurida jismoniy tarbiya va sport bo’yicha Xalqaro sport kengashini tashkil qildi. Bu tashkilot davlat hisobida bo’lmagan davlat tashkilotlari bilan aloqador bo’lib, jismoniy tarbiya va sport bo’yicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar, tajriba almashish ishlari bilan shug’ullanadi. Xalqaro sport harakatida sport uyushmalarining ahamiyati va o’rni juda kattadir.
Bular o’z klassifikatsiyalariga (turlari) qarab jahon va regional uyushmalarga bo’linadi.
Jahon sport uyushmasiga Xalqaro Olimpiya qo’mitasi va xalqaro sport federatsiyalari, jismoniy tarbiya va sportning xalqaro Kengashi, Xalqaro sport federatsiyalari Bosh Assambleyasi, milliy olimpiya qo’mitalarining Bosh assambleyasi va boshqa uyushmalar kiradi.
Xududiy uyushmaga xududdagi milliy sport tashkilotining birontasi kiradi. Bunday tashkilotlarga Afrika sporti Oliy Kengashi, Osiyo Olimpiya Kengashi, Panamerika sport tashkiloti, Markaziy Amerika va Karib dengizi o’yinlari sport tashkiloti, O’rta yer dengizi o’yinlari xalqaro qo’mitasi va boshqalar kiradi.
Ijtimoiy-siyosiy xususiyati bo’yicha xalqaro sport uyushmalari quyidagilarga bo’linadi:
- milliy uyushmalar, ligalar, davlat va jamoatchilik asosida tuzilgan mamlakatlarning uyushmasini o’z ichiga oluvchi Xalqaro sport uyushmalari;
- kapitalistik davlatlarni ichiga oladigan Xalqaro sport uyushmalari (harbiy sport xalqaro kengashi - jismoniy tarbiya va sportning xalqaro katolik federatsiyasi);
- milliy sport tashkilotlarining professional holatlari bo’yicha temiryo’lchilarning Xalqaro sport uyushmasi, aloqa, telegraf va telefon xizmatchilarining Xalqaro uyushmasi;
- ilmiy sohalar bo’yicha (sport tibbiyotining Xalqaro federatsiyasi, sport psixologiyasi-ning xalqaro assotsiatsiyasi, Xalqaro sotsiologiya assotsiatsiyasi va boshqalar);
jinsi bo’yicha (xotin-qizlar) jismoniy tarbiyasi va sportining xalqaro assotsiatsiyasi;
diniy e’tiqodlar bo’yicha (Xalqaro katolik va xristian sport uyushmalari).
Har bir xalqaro sport uyushmasi o’z Nizomiga ega. Ustavda uyushmaning vazifasi, maqsadi, ish mazmuni, a’zolikka qabul qilish va undan chiqarish qoidalari, yig’ilishlar, kongresslar o’tkazish, qarorlar chiqarish tartiblari, moliyaviy masalalar, nashriyot ishlari va hokazolar aks ettirilgan. Nizomda rahbar xodimlarni saylash va ularning hisobot berib turishlari belgilangan.
Xalqaro sport uyushmalarining byudjetlari asosan milliy sport tashkilotlarining badallari, sport musobaqalaridan yig’ilgan mablag’larning bir qismi, televizion ko’rsatuvlar, nashriyot, ayrim shaxslarning homiyligi, hukumatlarning ba’zi badallaridan hamda homiylikdan tashkil topadi.
Xalqaro Olimpiya qo’mitasi jahon sport harakatini boshqaruvchi oliy tashkilotdir. Uning vazifasiga xalqlar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ’ib qilish va har 4 yilda bir marta o’yinlarni tashkil qilish kiradi. Xalqaro Olimpiya qo’mitasi havaskorlik sporti rivojlanishini taqdirlaydi, kelgusi o’yinlarni o’tkazish vaqti va joyini belgilaydi. Bu o’yinlar xalqlar o’rtasida sportdagi do’stlikni mustahkamlaydi.
E’tirof etish kerakki, olimpiya o’yinlarining asosiy g’oyalari sportni rivojlantirish, u orqali xalqaro hamdo’stlikni mustahkamlashga qaratilgan. Bu o’rinda Pьer de Kubertenning «Sportga qasida»si (1912) muhim ahamiyat kasb etish bilan birga, u o’zining mazmunan mohiyatini tobora rivojlantirmoqda.
Xalqaro Olimpiya qo’mitasining faoliyatini belgilab beruvchi asosiy hujjat Xartiya hisoblanadi. Unda Xalqaro Olimpiya harakatining maqsadi va vazifalari, huquq va burchlari belgilangan. SHuningdek, unda Xalqaro Olimpiya qo’mitasining milliy va xalqaro sport uyushmalari bilan munosabatlari, olimpiya musobaqalarining dasturlari, olimpiada o’yinlarini ochish va yopishdagi tadbirlar ham alohida ko’rsatilgan.
Xartiyada olimpiada o’iynlariga sportchilarni qo’yish shartlari ifodalangan. Bunda professional sportchilarning xalqaro olimpiada o’yinlarida qatnashishi man etilgan. Suningdek, irqchilik, millatlarni kamsitish va diniy yo’llar bilan harakat qilishga yo’l qo’ymasligi alohida qayd qilingan.
2008 yil ma’lumoti bo’yicha Xalqaro Olimpiya qo’mitasi 204dan ortiq mamlakatning milliy olimpiya qo’mitalarini tan olgan.
Xalqaro Olimpiya qo’mitasining Oliy organi har yilda o’tkaziladigan sessiyasi hisoblanadi. Sessiyalar oralig’ida Xalqaro Olimpiya qo’mitasi faoliyatini ijroiya qo’mita boshqaradi. Olimpiya o’yinlari oldidan Xalqaro Olimpiya qo’mitasi o’zining Kongressi va Assambleyalarini tashkil etadi. Unda Prezident va ijroqo’mni saylash, o’yin qoidalari va dasturga kiritiladigan sport turalri va boshqa masalalarni hal etiladi. Xalqaro Olimpiya qo’mitasining tarkibida Xalqaro Olimpiya Akademiyasi mavjud. U, asosan, Olimpiya g’oyalarini targ’ib qiladi. Bunda Prezident, 3 ta vitse-prezident va a’zolar bo’ladi. Prezident har 8 yil muddatga saylanadi. Xalqaro Olimpiya qo’mitasi a’zolarini saylash muddati belgilanmaydi. Lekin u 72 yoshga kirsa, a’zolikdan chiqib ketadi.
106
Xalqaro Olimpiya harakatining barcha davrlarida 8 ta prezident saylangan. XOQ Prezidentlari
Do'stlaringiz bilan baham: |