Uyushgan jismoniy tarbiya jamoasi
Uncha katta bo’lmagan korxona, muassasalar ning xizmatchilari, ishchilar o’rtasida ommaviy tarbiyaviy ishlarni tashkil etish uchun jismoniy tarbiya jamoasini tuzish mumkin bo’lmasa, soha va tarmoq tartibi bo’yicha birlashgan jamoalar tashkil etiladi.
Birlashgan jamoalarni tuzish to’g’risida tegishli Kengashlar yoki kasaba uyushmalari qo’mitalarining sport jamiyati Kengashi rayosatining qarori bo’lishi lozim.
Korxonalarning sport klubi
Jismoniy tarbiya jamoasini tashkil etishning yuqori va takomillashgan shakli sport klubidir. Respublika kasaba uyushmalari federatsiyasining 1991 yil qaroriga asosan, korxona sport klubi ommaviy-sog’lomlashtirish va sport ishlari bo’yicha yuqori ko’rsatkichlarga erishgan jismoniy tarbiya jamoalaridagina tashkil etiladi.
Bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan xolda va respublika xukumatining qarorlariga binoan o’zini-o’zi boshqarish va moliyaviy ta’minlash bo’yicha yirik ishlab chiqarish korxonalari, sport inshoatlari, aholi istiqomat joylarida mustaqil sportklublar tashkil etilmoqda. Ularning o’z sharoitlari asosida Nizom va ustavlari mavjud. Shu asosida ular o’z faoliyatlarini a’zolik badallari, pullik xizmatlar, tijorat, xomiylik kabi omillar xisobiga yuritadilar. Bularga misol tariqasida Toshkent traktor zavodi (TTZ), Navoiyazot, «Navbahor», «Paxtakor» kabi sport va futbol klublarini ko’rsatish mumkin. Bunday ish usullari va ilg’or tajribalar viloyatlarning markazlarida tennis, boks, shaxmat, ot sporti, sharqona yakka kurashllar va b.q. sport turlari bo’yicha tashkil etilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi maktab talabalarining «Yoshlik» sport uyushmasi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi 271-son qarorini amalga oshirishda Xalq ta’limi vazirligi yangi qadam qo’ydi. Mustaqillik yillarigacha «Yosh kuch» va keyingi yillarda «Mexnat rezervlari» nomi bilan yuritilgan o’quvchi yoshlarning sport jamiyati o’rniga «Yoshlik» sport uyushmasi tashkil etildi. Uning viloyatlar, shaxar-tumanlarda quyi tarmog’i mavjud. Uyushmaning asosiy maqsadi maktab talabalari va kasb xunar kollejlari xamda boshqa o’rta maxsus o’quv muassasalarining o’quvchi yoshlarini ommaviy sport tadbirlariga jalb etish, iqtidorli yoshlarning sport moxoratlarini oshirishga qaratilgan. Bu yo’lda «Umid nixollari» va «Barkamol avlod» o’yinlari sport musobaqalarini tashkil qilish bilan asosiy faoliyat ko’rsatadi. Uyushmaning nizomi va ustavi mavjud. Maktab talabalarining «Umid nihollari» respublika musobaqalari muvaffaqiyatli o’tkazilib kelinmoqda. Uning Nizomi asosida musobaqalar to’rt bosqichga (jamoa, tuman-shahar, viloyat va respublika miqyosida) o’tkaziladi. 2002 yilda navbatdagi final
48
musobaqalar Farg’onada o’tkazildi. Bunday musobaqalar uzluksiz ta’limning bir tarmog’i sifatida talabalar, jamoalar va yuqori muassasalarning ommaviy sog’lomlashtiruvchi sport tadbirlarining yo’lga qo’yilishi va eng muximi “Sog’lom avlod dasturi”ning xayotga singdirilish borasidagi ko’rik-sinov hisoblanadi. Shuningdek, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablarini bajarishga zamin tayyorlaydi. Mamlakatda o’rta maxsus o’quv muassasalarini yagona tizim, ya’ni kasb-xunar kollejlariga aylantirilishi jismoniy tarbiya va sport harakatida yangi bir bosqichni yaratdi, ya’ni «Barkamol avlod o’yinlari» sport musobaqalarini yagona tizim va talablar darajasida o’tkazishni taqozo etdi. Bunday yirik sport tadbiri 2001 yil 30 apreldan 5 maygacha Jizzax shahrida zo’r tantana bilan o’tkazildi. Bunday
tadbirlar xam to’rt bosqichda o’tkazilish ko’zda tutilganligi, o’quv muassasalari, tuman-shaxar va viloyatlar miqyosida yoshlar o’rtasida sportni ommalashtirishga qaratilganligi bilan muhim ahamiyatga egadir.
«Umid nixollari» va «Barkamol avlod o’yinlari» sport musobaqalarini tashkil etishda Xalq ta’limi vazirligi va Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi, sport uyushmalari o’zaro hamkorlikda faoliyat ko’rsatmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |