3-bob. Qo’mitaning huquqlari va javobgarligi
Qo’mita o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat va xo’jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan va boshqa tashkilotlardan Qo’mita vakolatiga tegishli masalalar bo’yicha hujjatlar, statistik ma’lumotlar, hisobotlar, tahliliy ma’lumotlar, xulosalar va boshqa axborotni so’rash, talab qilish va olish;
jismoniy tarbiya va sportni, shu jumladan sport infratuzilmasini rivojlantirish va ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish doirasida yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish to’g’risidagi taqdimnomalarni majburiy tartibda ko’rib chiqish uchun davlat va xo’jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yuborish;
davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni, shu jumladan mintaqalarni rivojlantirish bo’yicha ishlar va loyihalarni moliyalashtirishga xarajatlar smetalarini ko’rib chiqish va kelishishda ishtirok etish;
xalqaro tashkilotlarda O’zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va xalqaro huquq normalariga muvofiq jismoniy tarbiya va sport masalalari bo’yicha boshqa davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan hamkorlik to’g’risida shartnomalar tuzish;
olimlar, vazirliklar, idoralar, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini maslahatlar berish, ilmiy va ekspert ishlarini olib borish, jismoniy tarbiya va sport bo’yicha dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun, shuningdek sportning xorijiy namoyandalarini
Qo’mita tizimiga kiradigan ta’lim muassasalarida dars berish va mahorat darslari o’tkazish uchun shartnoma asosida taklif etish;
belgilangan tartibda sport-ommaviy va jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish tadbirlari o’tkazilishini tashkil etish;
Qo’mita tizimiga kiradigan idoraviy mansub sport tashkilotlari va ta’lim
muassasalari uchun zarur texnik uskuna, sport uskunasi, inventarь sport formasi va boshqa zarur jihozlarni markazlashtirilgan tartibda sotib olish;
xalqaro va respublika chempionatlarini, kuboklar, turnirlar, shuningdek sport-ommaviy tadbirlarni o’tkazishda g’oliblar va sovrindorlarni, nominantlarni mukofotlash uchun zarur miqdordagi medallar, diplomlar, kuboklar va sovrinlarni markazlashtirilgan tartibda sotib olish;
sportchilar, trenerlar va jismoniy tarbiya va sport sohasida mamlakatning boshqa mutaxassislariga, shuningdek sport muassasalarining sport jamoalariga respublika sport unvonlari va malaka toifalari berish, kuboklar, medallar, znachoklar, ko’krak nishonlari, diplomlar, yorliqlar va sovrinlar bilan mukofotlash;
tashkilotlarning jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish, sport va jismoniy tarbiya ommaviy tadbirlarni o’tkazishi, jismoniy tarbiya va sport namoyandalarini har xil tanlovlar, sport musobaqalari va shu kabilarda ishtirok etishga tayyorlash uchun ularga Qo’mitaning mablag’larini ajratish;
festivallar, tanlovlar, jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish tadbirlari, sport musobaqalari va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar g’oliblari, sovrindorlari, ishtirokchilari va faxriy mehmonlarini esdalik medallari, diplomlar, kuboklar, sovg’alar bilan mukofotlash;
o’z vakolatlari doirasida konferentsiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko’rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni o’tkazish, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan o’tkaziladigan shunga o’xshash tadbirlarda ishtirok etish; jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni birgalikda ishlab chiqish maqsadida xalqaro, xorijiy va respublika
tashkilotlari bilan aloqalarni belgilangan tartibda amalga oshirish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida reklama va boshqa targ’ib qiluvchi mahsulotlarni (mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirishga yo’naltirilgan reklama, audio-video materiallar va broshyuralar, xaritalar va boshqa reklama-axborot materiallari) chop etish, ko’paytirish, yaratishga mustaqil ravishda yoki idoraviy mansub tashkilotlar orqali buyurtma joylashtirish;
Qo’mitaning markaziy apparatida va uning idoraviy mansub bo’linmalarida ishlash uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;
jismoniy tarbiya-sport faoliyati sub’ektlaridan ularning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etishini talab qilish;
trenerlik faoliyati bilan shug’ullanishga ruxsatnomalarni va jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport inshootlari pasportlarini belgilangan tartibda berish, ularning amal qilishini to’xtatib qo’yish va to’xtatish, ushbu ruxsatnomalarni bekor qilish;
jismoniy tarbiya va sport sohasining alohida fidoyilik va mehnatsevarlikni namoyon qilgan eng iqtidorli namoyandalari va xodimlari nomzodlarini belgilangan tartibda mukofotlarga taqdim etish.
Qo’mita qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi
mumkin.
Qo’mita o’z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga, shuningdek boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar bilan birgalikda qo’shma qarorlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar chiqarish huquqiga egadir.
Qo’mita o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalar samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |