U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/253
Sana11.07.2022
Hajmi3,88 Mb.
#773993
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   253
Bog'liq
2-1570

Statik marshrutlash
. A dan B gacha bo‘lgan yo‘l oldindan 
belgilanadi, 
qurilmaning 
ishdan 
chiqishi 
sababli 
undan 
foydalanishning imkoni bo‘lmasa, u o‘zgartiriladi. Bunday holda:

Qisqa yo‘lni tanlanganligi sababli, aloqa xarajatlari 


216 
minimallashtiriladi; 

Belgilangan marshrutlashni yuklashni o‘zgartirish uchun 
moslashtirib bo‘lmaydi; 

Xabarlar qanday yuborilgan bo‘lsa, huddi shu tartibda qabul 
qilinishi ta’minlanadi. 
Dinamik marshrutlash
. A-dan B-ga xabar yuborish uchun yo‘l, 
ushbu xabarni yuborish vaqtida aniqlanadi. Odatda tizim boshqa 
tizimga ulanish orqali xabar yuboradi. Usul yuklanishlarni 
o‘zgartirishga moslashtirilgan, chunki u juda ko‘p ishlatiladigan 
ulanishlar 
orqali 
xabarlarni 
yuborishdan 
qochadi. 
Dinamik 
marshrutlash algoritmlari tarmoqning o‘zgaruvchan sharoitlariga real 
vaqtda moslashadi. Buni, kelgan marshrutni yangilash xabarlarini 
tahlil qilish orqali amalga oshiradilar. Xabarda tarmoq almashinuvi 
sodir bo‘lganligini bildirsa, marshrutlash dasturi marshrutlarni qayta 
hisoblab chiqadi va yangi marshrutlash (yangilanish) xabarlarini 
yuboradi. Dinamik marshrutlash algoritmlari, kerak bo‘lganda, statik 
marshrutlarni to‘ldirishi mumkin.
Ma’lumotlarni uzatish har doim ham muammosiz amalga 
oshirilmaydi. Masalan, noto‘g‘ri tugun yoki tarmoq tufayli manzilga 
yetib bormaslik kabi xatolarga olib keladigan sharoitlar yuzaga kelishi 
mumkin. 
Bunday 
hollarda, 
marshrutizator 
va 
marshrutlash 
protokollari garchi ular xatoni tuzatishga harakat qilmasa ham, xatolik 
haqida xabar beradi. Xatolarni tuzatish tarmoq arxitekturasining 
boshqa darajalaridagi protokollarga qoldiriladi. Quyida biz eng ko‘p 
ishlatiladigan 
dinamik 
marshrutizatsiya 
protokollarini 
ko‘rib 
chiqamiz. 
RIP
(Routing Information Protocol) – eng oddiy marshrutlash 
protokoli hisoblanadi. U kichik kompyuter tarmoqlarida qo‘llaniladi. 
U marshrutizatorlarga qo‘shni marshrutizator tomonidan olingan yo‘l 
(marshrut) ma’lumotlarini dinamik ravishda yangilashga imkon 
beradi. RIP protokoli 15 tagacha marshrutizatorlarni qo‘llab-
quvvatlaydi. RIP protokolida eng kam sonli o‘tish har doim tanlanadi. 
Ushbu vektor masofasini aniqlash algoritmini bajarish oson, ammo 
zamonaviy tarmoq sharoitida u eng yaxshi bo‘lmasligi mumkin, 
chunki u boshqa muhim omillarni, masalan, tarmoqli kengligi, 
ma’lumot ustuvorligi yoki tarmoq turini hisobga olmaydi. 
OSPF
(Open Shortest Path First) – bu bog‘lanish holati (link-
state) texnologiyasiga asoslangan dinamik marshrutlash protokoli va 


217 
qisqa yo‘lni topish uchun Dijkstra algoritmidan foydalanadi. OSPF 
protokoli marshrutizatsiya ma’lumotlarini uzatish uchun xabarlarni 
almashishda 5 ta turdagi paketlarni ishlatadi. Salomlashish (hello) 
paketi, ma’lumotlar bazasini tavsiflovchi paket, kanal holati paketi, 
kanal holatini yangilash paketi, kanal holatini tasdiqlash paketi. Bu 
paketlar qo‘shni marshrutizatorlarni aniqlash uchun va tarmoq 
to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida marshrutizatsiya 
ma’lumotlarini almashish uchun ishlatiladi. 
BGP
(Border Gateway Protocol) – Internet tarmog‘ida 
ishlatiladigan asosiy dinamik marshrutlash protokoli hisoblanadi. BGP 
marshrutizatorlari tarmoq mavjudligi haqida ma’lumot almashadilar. 
Tarmoq ma’lumoti bilan birgalikda, ushbu tarmoqlarning turli 
xususiyati va holatlari uzatiladi, BGP eng yaxshi yo‘nalishni tanlaydi 
va marshrut siyosatini yuritadi. Yo‘nalish ma’lumoti bilan 
uzatiladigan asosiy xususiyatlardan biri bu axborot uzatilgan avtonom 
tizimlar ro‘yxatidir. Ushbu ma’lumot BGP ga tarmoqning qayerda 
avtonom tizimlari joylashganligini aniqlashga, marshrutlashni ilova 
qilishni istisno qilishga imkon beradi va shuningdek, undan qoidalarni 
konfiguratsiya qilishda ham foydalanish mumkin. Marshrutlash bir 
avtonom tizimdan boshqasiga bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 
Barcha BGP siyosati asosan tashqi/qo‘shni mustaqil tizimlar bilan 
bog‘liq. Ya’ni ular bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlar qoidalari 
tasvirlangan. BGP katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlayotganligi 
sababli (IPv4 uchun mavjud jadval hajmi 450 mingdan ortiq 
marshrutni tashkil qiladi), uning konfiguratsiyasi va ishlash 
tamoyillari ichki dinamik marshrutlash protokollaridan (IGP - interior 
gateway protocol – ichki shlyuz protokoli) farq qiladi.
Aloqa tarmog‘i uzatilayotgan ma’lumotlarning mazmuni bilan 
emas, balki ma’lumotni bir nuqtadan boshqasiga o‘tkazish bilan 
bog‘liq. Tarmoq ulanishlarining (kommutatsiya) quyidagi turlari 
mavjud: 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish