347
fork tizim chaqiruvi yangi jarayonni yaratadi;
yangi dastur exec tizim
chaqiruvi yordamida ishga
tushuriladi.
UNIX da jarayon har bir alohida dastur konsepsiyasini amalga
oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan barcha axborot bor.
Linux tizimida jarayonning xususiyatlari uch guruhga bo‘linadi:
jarayonni, uni o‘rab turgan muhit va kontekstni identifikatsiyalash.
Jarayon identifikatori (PID) – bu jarayonning yagona identifikatori
(son); ilova boshqa jarayon uchun signal,
modify yoki wait tizim
chaqiruvi bajarilayotganida operatsion tizimida jarayonlarga buyruqlar
berish uchun foydalaniladi.
Vakolatlar (Credentials)
. Har bir jarayon unga bog‘liq
foydalanuvchi identi-fikatori va bir yoki undan ko‘p identifikatorlar
guruhiga ega bo‘lishi kerak.
Shaxsni identifikatsiyalash (Personality)
. UNIX turidagi
tizimlarda bu an’anaviy bo‘lmasa ham, Linux da har bir jarayon tizim
chaqiruvlarning semantik qatorini ma’lum tarzda modifikatsiya
qilishga imkon beruvchi yagona shaxsiy identifikatorga ega. U asosan
emulyatsiya kutubxonalarida tizim chaqiruvlarini
u yoki bu maxsus
UNIX versiyalari (dialekti) bilan mosligi bo‘yicha so‘rov
uchun
foydalaniladi. Jarayonning muhiti ona jarayondan olinadi; nollar bilan
tugatiladigan ikki vektordan iborat:
argumentlar vektori – bajarilayotgan dasturni chaqirishda
foydalaniladigan buyruqlar qatorining agrumentlari ro‘yxatidan iborat;
an’anaviy tarzda dasturning o‘zini nomi bilan boshlanadi;
muhit vektori – o‘zgaruvchan muhitlarni berilgan nomlar va
ularning ixtiyoriy matn qiymatlarini bog‘lovchi "name=value"
juftlar
ro‘yxati.
Muhitlar o‘zgaruvchilarini jarayonlar o‘rtasida uzatish va bu
o‘zgaruvchilarni farzand jarayonlar tomonidan qabul qilish (meros
qilib olish) – bu imtiyozsiz rejimda ishlaydigan tizim dasturiy
ta’minotining
komponentlariga
ma’lumotlarni
uzatishning
moslashuvchan vositalaridir. Muhit o‘zgaruvchilarining mexanizmi
butun tizimni sozlash orqali emas, balki, har bir jarayon uchun alohida
o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan OTni sozlash vositalarini taqdim etadi.
Jarayon konteksti – bu bajarilayotgan dasturning vaqtning har bir
onida doimiy o‘zgaruvchan holatidir. Rejalashtirish konteksti – bu
jarayon kontekstining eng muhim qismi; bu rejalashtiruvchi jarayonni
348
vaqtincha uzilish va ishga tushurish uchun foydalanadigan ma’lumot.
Yadro har bir jarayon tomonidan
har bir onda foydalanadigan
resurslar va har bir jarayon tomonidan uni yaratilishdan boshlab to
hozirgi vaqtigacha foydalanilgan resurslarning umumiy hajmi
to‘g‘risida statik ma’lumotlar saqlanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Fayllar
jadvali – bu tizim fayl tuzilmalariga ko‘rsatkichlar vektori.
Kiritish/chiqarish uchun tizimli chaqirishlar bajarilganida jarayonlar
fayllar jadvalidagi indekslar yordamida bu tuzilmalarga havola etadi.
Fayllar jadvalida ochiq fayllar ro‘yxati saqlanadigan bo‘lsa, fayl
tizimining konteksti yangi fayllarni ochish uchun so‘rovlar uchun
qo‘llaniladi. Bu yerda fayllarni izlash uchun joriy ildiz (root) katalog
va ishchi (default) kataloglarga havolalar saqlanadi. Signallarga ishlov
beruvchilar jadvali tegishli signallar paydo bo‘lganida chaqirilishi
mumkin bo‘lgan, jarayonning manzil maydonidagi kichik dasturlarni
belgilaydi. Jarayonning virtual xotirasi konteksti uning shaxsiy manzil
maydonining barcha tarkiblarini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: