Bitta tarmoq
Amaliyotda juda keng tarqalgan bo‘lmasa ham, ma’mur mijoz
va serverni 7.18- rasmda ko‘rsatilgandek bir xil tarmoqqa
joylashtirishi mumkin.
Ushbu holatda operatsiyalar quyidagicha tavsiflanishi mumkin:
1.
DHCP server 67- raqamli UDP portida passiv ochiq buyruq
chiqaradi va mijozni kutadi.
2.
Yuklangan mijoz 68-portda faol ochiq buyruq chiqaradi.
Xabar 67-sonli port va 68-raqamli manba portidan foydalanib, UDP
foydalanuvchi datagramiga kiritilgan. UDP foydalanuvchi datagrami
o‘z navbatida, IP datagrammasida kapsullangan. O‘quvchi, o‘z IP
manzilini (manbaa manzili) va serverning IP manzilini (belgilangan
manzilni) bilmagan holda, qanday qilib mijoz IP datagramini
yuborishi mumkinligini so‘rashi mumkin. Mijoz barcha 0 larni manba
manzili sifatida va hamma 1 larni belgilangan manzil sifatida
ishlatadi.
7.18- rasm. Mijoz va server bir tarmoqda
DHCPMijoz
Sozlamoq
DHCPServe
r
DHCPSo‘rovi
DHCPJavobi
MIP SIP
MP
MP SP
SIP MIP
SP
MP: Mijoz Port raqami
SP: Server Port raqami
MIP: Mijoz IP manzili
SIP: Server IP manzili
257
3.
Server UDP manbasi 67- va 68- raqamli portlar yordamida
translyatsiya yoki unicast xabar orqali javob beradi. Javob unicast
bo‘lishi mumkin, chunki server mijozning IP manzilini biladi.
Shuningdek, u mijozning fizik manzilini ham biladi, ya’ni manzili
xaritalash uchun mantiqiy ARP xizmatlariga muhtoj emasligini
anglatadi. Biroq, ba’zi tizimlar ARPni chetlab o‘tishga imkon
bermaydi, natijada translyatsiya manzilidan foydalaniladi.
Turli tarmoqlar
Amaliy sathning boshqa jarayonlarida bo‘lgani kabi, mijoz bitta
tarmoqda, server esa bir necha boshqa tarmoqlar bilan ajratilgan holda
bo‘lishi mumkin. 7.19-rasmda vaziyat ko‘rsatilgan.
Biroq, hal qilinishi kerak bo‘lgan bitta muammo mavjud. DHCP
so‘rovi translyatsiya qilinadi, chunki mijoz serverning IP manzilini
bilmaydi. Efirning (Broadcast) IP datagrami biron bir marshrutizator
orqali o‘taolmaydi. Bunday paketni olgan marshrutizator uni rad etadi.
Eslatib o‘tamiz, barcha 1 larning IP manzili cheklangan tarqatish
manzili.
Muammoni hal qilish uchun vositachiga ehtiyoj bor. Reley
(retranslyator) sifatida hostlardan biri (yoki amaliy sathda ishlashga
sozlanishi mumkin bo‘lgan marshrutizator) ishlatilishi mumkin.
Bunday holatda host reley agenti deb ataladi. Reley agenti DHCP
serverining unicast manzilini biladi va 67- portida eshitiladigan
xabarlarni tinglaydi. Ushbu paketni qabul qilganda, xabarni unicast
ma’lumotlar datagramiga singdiradi va so‘rovni DHCP serveriga
yuboradi. Paketda bitta belgilangan manzilga ega paket har qanday
marshrutizator tomonidan yo‘naltiriladi va DHCP serveriga yetib
boradi. DHCP server xabarning reley agentidan (retranslyator)
kelganligini biladi, chunki so‘rov xabaridagi maydonlardan biri
retranslyator agentining IP manzilini belgilaydi. Releyagenti javobni
olgandan keyin uni DHCP mijoziga yuboradi.
258
7.19- rasm. Mijoz va server ikki turli xil tarmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |