U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/253
Sana08.01.2023
Hajmi3,88 Mb.
#898350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   253
Bog'liq
OPERATSION TIZIMILAR

Ikkinchi davr (1955-1965 yillar) 
1950yil o‘rtalariga kelib, hammaga ma’lumki yangi texnik baza 
yarim o‘tkazgich elementlarni yuzaga kelishi bilan, hisoblash 
texnikasi rivojlanishida yangi davr boshlandi. Ikkinchi avlod 
kompyuterlari ishonchliroq bo‘lib qoldi, chunki ular amaliy muhim 
masalalarni bajarish darajasida uzluksiz ravishda uzoq ishlay oladigan 
imkoniyatga ega bo‘ldilar. Aynan shu davrda hisoblash texnikasi bilan 
ishlaydigan 
mutaxassislar, 
dasturchilar, 
operatorlar, 


11 
ekspluatatsiyachilar va hisoblash mashinasini ishlab chiqaruvchilarga 
ajraldilar.
Shu yillarda birinchi alogritmik tillar yuzaga keldi va natijada 
birinchi tizimli dasturlar kompilyatorlar ham yaratildi. Protsessor vaqti 
qiymati (narxi) oshdi, bu esa dasturlar orasidagi vaqtni qisqartirishni 
talab qildi. 
Birinchi paketli ishlov berish tizimlari yuzaga keldi, bu 
tizimlarda dasturlarni ishga tushirish ketma-ketligini avtomatlashtirildi 
va shu bilan birga protsessor yuklanish koeffitsienti oshdi. Paketli 
ishlov berish tizimlarini zamonaviy OT larining birinchi variantlari 
deyish mumkin, chunki ular hisoblash tizimini boshqarishga 
mo‘ljallangan birinchi tizimli dasturlar edi. 
Paketli ishlov berish tizimlarini amalga oshirishda, topshiriqlarni 
boshqarishning formallashgan tili ishlab chiqildi, uning yordamida 
dasturchi tizimga va operatorga hisoblash mashinasida qaysi ishni 
bajarmoqchi ekanligi haqida ma’lumot beradi. Bir nechta topshiriqlar 
majmuasi, qoida bo‘yicha perfokartalar “koloda”si ko‘rinishida bo‘lib, 
topshiriqlar paketi nomini oldi. 
Uchinchi davr (1965-1980 yillar) 
Hisoblash mashinalari rivojlanishida keyingi muhim davri shu 
yillarga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda, texnik bazada quyidagi o‘zgarishlar 
yuz berdi: alohida yarim o‘tkazgichli elementlardan (tranzistor 
turidagi) integral mikrosxemalarga o‘tildi, bu esa yangi uchinchi 
avlodga, yangi imkoniyatlar yaratdi. Bu davrning o‘ziga xos 
xususiyatlaridan biri, integral mikrosxemalarda yaratilgan birinchi 
dasturiy-mutanosib mashinalardir, ya’ni IBM/360 mashinalari 
seriyasidir. 1960yillar boshida yaratilgan bu mashinalar oilasi ikkinchi 
avlod mashinalaridan baho/unumdorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha oldinga 
anchagina o‘tib ketdi. Tezda, dasturiy-mutanosib mashinalar g‘oyasi 
tan olindi. 
Dasturiy mutanosiblik OT larni ham mutanosibligini talab qildi. 
Bunday operatsion tizimlar ham katta EHM da ham, kichik hisoblash 
tizimlarida ham, turli yordamchi (periferik) qurilmalarning kam soni 
va ko‘p soni bilan ham, tijorat sohasida ham, ilmiy-tadqiqot sohalarida 
ham ishlay olishi kerak.
Shunday hamma qarama-qarshi talablarni qondiradigan asosda 
quriladigan operatsion tizimlar juda murakkab “monstr”lar bo‘lib 


12 
chiqdi. Ular ko‘p millionli assembler qatorlaridan iborat bo‘lib, 
minglab dasturchilar tomonidan yozilgan bo‘lib, minglab xatolarni o‘z 
ichiga oladi, ular minglab tuzatishlarga olib keladi. Operatsion 
tizimning har bir yangi versiyasida biror xatolar tuzatilib, yangisi 
yuzaga keldi. Ko‘pgina muammollar va juda katta o‘lchamga 
qaramasdan OS/360 va unga o‘xshash 3-avlod operatsion tizimlari 
haqiqatdan ham iste’molchilarning ko‘pgina talablarini qondirdilar. 
Bu avlodning eng katta erishgan yutuqlaridan bir multidasturlashni 
amalga oshirishdir. 
Multidasturlash – bu hisoblash jarayonning tashkil qilish usuli 
bo‘lib, bitta protsessorda navbat bilan bir nechta dastur bajariladi. 
Bitta dastur kiritish/chiqarishni amalga oshirguncha keyingi 
dasturlarni oldingi ketma-ket bajarilishdagi kabi (bir dasturli rejim) 
protsessor to‘xtab turmaydi, balki boshqa dasturni bajaradi (ko‘p 
dasturli rejim). Bunda har bir dastur operativ xotiradagi bo‘lim deb 
ataluvchi o‘z qismiga yuklanadi. 
Boshqa yangilik – buferlash (spooling) deb ataladi. Buferlash u 
vaqtda hisoblash jarayonini tashkil etish usullaridan biri bo‘lib, unga 
mos ravishda topshiriq perfokartadan diskga hisoblash markazida 
paydo bo‘lish tartibida yoziladi, keyin esa navbatdagi topshiriq 
tugallanishi bilan, yangi topshiriq diskdan bo‘shagan bo‘limga 
yuklanadi.
Paketli ishlov berishni multidasturlashli amalga oshirish bilan 
birga, OTlarning yangi turi – vaqtni taqsimlash tizimlari yuzaga keldi. 
Vaqtni taqsimlash tizimlarida qo‘llaniladigan multidasturlash varianti, 
har bir foydalanuvchi uchun hisoblash mashinasidan yagona 
foydalanish tasavvurini hosil qilishga imkon beradi. 
Multidasturlashni yuzaga kelishi hisoblash tizimi tuzilishiga 
chuqur o‘zgartirishlar kiritishni talab qiladi. Bunda asosiy rolni 
apparat tomonidan qo‘llanish o‘ynaydi, uning asosiy xususiyatlari 
quyida keltirilgan:
Multidasturlashning xususiyatlari 

Himoya mexanizmini amalga oshirish. Dasturlar mustaqil 
ravishda resurslarni taqsimlash imkoniga ega bo‘lishi kerak emas, bu 
imtiyozli va imtiyozsiz buyruqlarni keltirib chiqardi. Imtiyozli 
buyruqlar OT tomonidan bajariladi. 

Uzilishlar mavjudligi. Tashqi uzilishlar OT ni asinxron 
hodisa, masalan kiritish/chiqarish operatsiyasi tugallanganligi haqida 


13 
ogoxlantiradi. Ichki uzilish, OT aralashuvi zarur bo‘lganda yuz beradi, 
masalan himoyani buzishga bo‘lgan harakat. 

Arxitekturada parallellashni rivojlantirish. Xotiraga bevosita 
murojaat va kiritish/chiqarish kanalini tashkil etish, markaziy 
protsessorni qiyin operatsiyalarni bajarishdan xalos etadi. 
Albatta, multidasturlashni tashkil etishda OT roli juda muhimdir. 
U quyidagi operatsiyalar uchun javob beradi: 

Tizimli chaqiriqlar yordamida OT va amaliy dasturlar orasida 
interfeysni tashkil etish; 

Xotiradagi topshiriqlardan navbat tashkil etish va topshiriq 
uchun protsessorni ajratish uchun protsessordan foydalanishni 
rejalashtirish; 

Bir topshiriqdan ikkinchisiga o‘tish, hisoblashlarni to‘g‘ri 
tashkil etish uchun kontekstni saqlash; 

Xotira chegaralangan resurs bo‘lganligi uchun, xotirani 
boshqarish algoritmi zarur, ya’ni xotiradan ma’lumotlarni olish, 
joylashtirish va almashtirish jarayonlarini tartibga solish talab qilinadi; 

Ma’lumotlarni tashqi qurilmalarda fayl ko‘rinishida saqlashni 
va ma’lum fayllardan faqat aniq foydalanuvchilar foydalana olishini 
tashkil etish; 

Dasturlarga ruhsatli (sanksiyali) ma’lumot almashish talab 
etilgani uchun, ularni kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlash 
zarur; 

Ma’lumotlarni to‘g‘ri taqsimlash uchun, ziddiyatli holatlarni 
yechishga to‘g‘ri keladi, bu ko‘pincha turli resurslar bilan ishlashda 
ro‘y 
beradi, 
shuning 
uchun 
harakatlarni 
dasturlar 
bilan 
sinxronlashtirish talab qilinadi. 
Vaqtni taqsimlash tizimlarida foydalanuvchi, dasturni interaktiv 
rejimda sozlash imkoniga ega bo‘ldi, bunda u ma’lumotli diskga 
perfokarta orqali emas, bevosita klaviaturadan kiritishi mumkin 
bo‘ldi. On-line fayllarni yuzaga kelishi rivojlangan fayl tizimlarini 
ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi. 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish