52
Vazifalar navbati
(job queue) – tizimdagi barcha jarayonlar
to‘plamini o‘z ichiga oladi. Har bir yangi jarayon unga kelib tushadi
va butun tizim davomida unda qoladi.
Tayyor jarayonlar navbati
(ready queue) – asosiy
xotirada
joylashgan, tayyor va bajarilishini kutayotgan barcha jarayonlar
to‘plamini
o‘z ichiga olgan, eng ko‘p
ishlatiladigan va
o‘zgartiriladigan navbat. Unga har bir yangi jarayon, shuningdek,
kiritish/chiqarishni tugallanishini kutayotgan
har bir jarayon kelib
tushadi.
Qurilmalar navbati
(device queue) – kiritish/chiqarish
qurilmalarini ishini tugallanishini kutayotgan jarayonlar navbati (har
bir qurilma o‘z navbatiga ega).
Operatsion tizim tomonidan jarayonlarni boshqarish va tizimdagi
jarayonlarning xatti-harakatlari turli navbatlar orasidagi ko‘chish
sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.
2.11- rasmda tayyor jarayonlar va kiritish/chiqarish qurilmalari
uchun navbat-ning diagrammasi ko‘rsatilgan.
2.11- rasm. Tayyor jarayonlar navbati va kiritish/chiqarish qurilmalari
navbati
53
Jarayonlarni rejalashtirish va navbatlar bilan ishlashi quyidagi
2.12- rasmda keltirilgan. Har bir to‘rtburchak navbatni anglatadi. Ikki
turdagi navbatlar mavjud: tayyor jarayonlar
navbati va qurilmalar
navbati. Doiralar navbatlarga xizmat qiladigan resurslarni anglatadi va
strelkalar tizimdagi jarayonlar oqimini ko‘rsatadi. Dastlab yangi
jarayon tayyorlilik navbatiga qo‘yiladi. U bajarilgunga qadar yoki
ubajarilish uchun yuborilgunga qadar u yerda kutadi.
Jarayon
protsessor (CPU) bajarilgandan so‘ng, bir nechta hodisalardan biri
sodir bo‘lishi mumkin:
Jarayon so‘rovni K/Ch qurilmasiga yuborishi,
va keyin uni
K/Ch navbatiga qo‘yishi mumkin.
Jarayon yangi farzand jarayonini yaratishi va uning
tugatilishini kutishi mumkin.
Jarayon uzilishlar natijasida protsessordan majburiy ravishda
olib tashlanishi va yana tayyorlilik navbatiga qo‘yilishi mumkin.
2.12- rasm. Jarayonni rejalashtirishning grafik ko‘rinishi
54
Tayyor jarayonlarning navbatidan boshlab, har bir jarayon oxir-
oqibat protsessorga kelib tushadi va bajariladi. Bajarishda quyidagi
holatlar yuzaga kelishi mumkin, ya’ni, bajarilish to‘xtatilishi mumkin:
sinxron
kiritish/chiqarish
so‘rovi,
jarayonga
ajratilgan
vaqt
miqdorining tugashi, uzilish yoki farzand jarayonini yaratilishi.
Klassik
UNIX sxemasida, farzand jarayoni tizimni
fork
bilan
chaqirish orqali yaratilganda, farzand jarayoni
uchun yangi virtual
xotira maydoni yaratiladi, unga ona xotirasi tarkibi ko‘chiriladi.
Shundan so‘ng, ona jarayoni farzand jarayoniga yo‘l beradi. Farzand
jarayonini yaratish uchun bunday sxema, albatta, har doim ham qulay
emas.
Do'stlaringiz bilan baham: