Qismlarni shifrlash (Volume Encryption)
Windows BitLocker deb nomlangan xususiyatdan foydalanib,
butun qismlarni shifrlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu alohida fayllarni
shifrlashdan ko‘ra xavfsizroqdir, chunki butun tizim ma’lumotlar
xavfsizligini ta’minlash uchun ishlaydi. Kriptografik kalitni taqdim
etishning uchta turli xil usullari ta’minlanishi mumkin, bu bir-biriga
bog‘liq bo‘lgan xavfsizlik darajalaridan foydalanishga imkon beradi.
Windowsda fayllarni boshqarish
Windows NT ni ishlab chiquvchilari ishchi stansiyalar va
serverlarning yuqori talablarini qondirish uchun mo‘ljallangan yangi
fayl tizimini, yangi fayl tizimi texnologiyasini (NTFS – New
Technology File System) ishlab chiqdilar. Yuqori darajadagi
ilovalarga quyidagi misollarni keltirishimiz mumkin: klient-server
dasturlari, masalan, fayl serverlari, hisoblash serverlari va ma’lumotlar
bazasi serverlari. Windows operatsion tizimida hozirgi kunda NTFS
(NT oilasi operatsion tizimlarida) fayl tizimlaridan foydalaniladi.
Bundan oldingi fayl tizimi esa bu FAT (bir nechta versiyalari mavjud)
fayl tizimi hisoblanadi. Biz Windows operatsion tizimlarida
qo‘llaniladigan ushbu fayl tizimlarini ko‘rib chiqamiz.
FAT fayl tizimi
FAT fayl tizimi osti formatlangandagi mantiqiy qismlar tarkibi
9.12- rasmda keltirilgan.
Yuklaydigan sektor operatsion tizimni yuklaydigan dasturni
o‘z ichiga oladi. Bu dasturning ko‘rinishi operatsion tizim turiga
bog‘liq, ya’ni ushbu bo‘limda yuklanadigan OT.
FAT jadvalining asosiy nusxasi diskga fayl va katalogni
joylashtirish to‘g‘risida axborotni o‘z ichiga oladi.
FAT jadvalining zahira nusxasi.
Ildiz katalog katalogdagi har bir yozuv 32 baytdan iborat
bo‘lgan fayllar va kataloglar to‘g‘risida 512 ta yozuvni saqlashga
yordam beradigan 32 sektorda (16 Kbayt) o‘lchamli belgilangan soha
bilan shug‘ullanadi.
384
Ma’lumotlar joylashgan joy ildizli katalogdan tashqari barcha
fayl va barcha kataloglarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan.
FAT fayl tizimi ikki turdagi faylni qo‘llab-quvvatlaydi: oddiy
fayl va katalog. Fayl tizimi faqat ma’lumotlarni xotirada taqsimlaydi.
FAT jadvali(asosiy va zahira nusxalari) ma’lumotlar klasteri
miqdoriga teng miqdorda indeksni ko‘rsatuvchi massivdan iborat.
Klaster va indeksli ko‘rsatkichlar bir xil ma’noga ega bo‘ladi –
nolinchi klaster nolinchi ko‘rsatkichga mos keladi va boshqalar.
Indeksli ko‘rsatkich klaster bilan bog‘liq holatni tavsiflovchi
quyidagi belgilarni qabul qilishi mumkin:
Bo‘sh klaster (foydalanilmaydigan);
Faylda foydalanadigan klaster va faylning so‘nggi klasteri
bo‘lmaydi – bu holatda indeksli ko‘rsatkich faylning keyingi klaster
raqamini o‘z ichiga oladi;
Faylning so‘ngi klasteri;
Nuqsonli klaster;
Zahira klasteri.
9.12- rasm. FAT fayl tizimining fizik tuzilishi
FAT jadvali bo‘limning barcha fayllari uchun umumiy bo‘ladi.
Boshlang‘ich holatda bo‘limlardagi barcha klasterlar bo‘sh bo‘ladi, va
Yuklash sektori 512 (bayt)
0 1 2 3
Ildiz katalog
FAT 2 (nusxasi)
FAT 1
0 1 2 3
Ma’lumotlar
FAT elementlari
(ko‘rsatgichlari)
Bitta katalog yozuvi – 32 bit
Ma’lumotlar klasterlari
385
barcha indeksli ko‘rsatkichlar (zahira va nuqsonli bloklarga mos
keluvchilardan tashqari) “klaster bo‘sh” qiymatini qabul qiladi. OT
faylni joylashtirishda FAT boshlanish boshini va birinchi bo‘sh
indeksli ko‘rsatkichni izlashni ko‘rib chiqadi. Uning raqami
aniqlangandan so‘ng bu ko‘rsatkich katalog yozilgan birinchi klaster
raqami maydonida belgilanadi. Bu raqam bilan klasterda fayl
ma’lumotlari yoziladi, u faylning birinchi klasteri bo‘ladi. Agar fayl
bitta klasterda joylashsa u holda ushbu klasterga mos keluvchi
faylning so‘nggi klasterini identifikatsiyalovchi maxsus qiymatlarini
oladi.
Agar faylning o‘lchami bitta klasterdan katta bo‘lsa, u holda OT
FATni ko‘rib chiqishni davom ettiradi va bo‘sh klasterda keyingi
ko‘rsatkichni izlaydi. Uni aniqlagandan so‘ng, avvalgi ko‘rsatkich
ushbu klaster raqamini oladi, ya’ni endilikda faylning navbatdagi
klasteri bo‘lib qoladi. Jarayon faylning barcha ma’lumotlari
joylashmagunga qadar davom etadi. Bunday ko‘rinishda faylning
barcha klasterlari bilan bog‘liqlik ro‘yxati yaratiladi. Fayl
formatlangandan (shakllantirilgandan) so‘ng dastlab ma’lumotlar
qismiga klasterlar ketma-ketlik bilan joylashtiriladi. Biroq bitta faylda
olis masofada joylashgan fayl klasterlari miqdori aniqlangandan
so‘ng, boshqa fayl klasteri bilan almashadi.
FAT jadvali o‘lchami va uning indekslli ko‘rsatkichlarida
foydalaniladigan razryadlar ma’lumotlar qismida klasterlar miqdorini
belgilaydi. Fragmentatsiyada yo‘qotishlarni kamaytirish uchun
klasterlar unchalik katta bo‘lmagani ma’qulroq, manzilli axborot
hajmini qisqartirish va almashish tezligini oshirish uchun esa
teskarisini qilish ma’qulroq bo‘ladi. FAT fayl tizimi ostida diskni
formatlash uchun odatda murosali yechim tanlaniladi va klaster
o‘lchami 1 dan 128 sektorgacha yoki 512 dan 64 Kbaytgacha
oraliqdan tanlaniladi.
Shak shubhasiz, indeksli ko‘rsatkich razryadi ma’lum bir hajmli
disk uchun klasterga maksimal raqamni berish mumkin. Indeksli
ko‘rsatkich razryadlariga taa’luqli bir nechta FAT mavjud va ular
quyidagicha ifodalanadi: FAT12, FAT16 va FAT32. FAT 12 fayl
tizimida 12 – razryadli ko‘rsatkich disk ma’lumotlar qismida 4096
klasterni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi, FAT16 da – 65536
klasterni qo‘llab-quvvatlash uchun 16 razryadli va FAT32 – 4
milliarddan ortiq klasterlar uchun 32 razryadlilar ishlatiladi.
386
Nomi
Fayl deskriptori raqami
Prog 1
23
firelights
126
doc_23.txt
51
glazing.txt
17
lambda_good
Do'stlaringiz bilan baham: |