U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/253
Sana08.01.2023
Hajmi3,88 Mb.
#898350
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   253
Bog'liq
OPERATSION TIZIMILAR

 
 
7.1. Mijoz-server arxitekturasi, tuzilishi va asosiy tushunchalari 
Bir qarashda ikkita amaliy dasturlar o‘rtasida aloqani tashkil 
etish sodda ishdek tuyiladi, ulardan biri mahalliy qismda va ikkinchisi 
masofadan ishlatiladi. Ammo bu yondashuvni amalga oshirishda 
ko‘plab savollar tug‘iladi. Ushbu savollardan ba’zilari quyidagilar 
bo‘lishi mumkin: 
1.
Har ikkala amaliy dasturlar ham xizmatlar uchun so‘rovlar 
jo‘natish va xizmatlarni taqdim qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi 
kerakmi, yoki, ulardan biri faqat so‘rov jo‘natish va ikkinchisi faqat 
xizmatni ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerakmi? Buning 
yechimlaridan biri mahalliy mashinada ishlovchi va xizmatlar uchun 
so‘rov jo‘natuchi 
mijoz
deb nomlanuvchi amaliy dasturning 
ishlatilishi, va masofadagi mashinada so‘rovlarga mos xizmatni 
ta’minlovchi 
server
deb ataladigan amaliy dasturning mavjud 
bo‘lishidir. Boshqacha qilib aytganda, so‘rovlar jo‘natish va xizmat 
bilan ta’minlash bir-biridan ajratilgan. Amaliy dastur yoki so‘rovlar 
jo‘natuvchi mijoz, yoki xizmatni ta’minlovchi server bo‘lishi kerak. 
Ushbu amaliy dasturlar birgalikda qo‘llanilib, bir hil nom bilan – 
mijoz va server deb yuritiladi. 


235 
2.
Server faqat bitta maxsus mijoz uchun xizmat taqdim etishi 
kerakmi, yoki istalgan mijozning server ta’minlay oladigan 
xizmatlariga bo‘lgan so‘rovlariga javob berishi kerakmi? Eng keng 
tarqalgan yechim bu –ixtiyoriy mijozning server ta’minlay oladigan 
xizmatlarga so‘rovini qo‘llab-quvvatlashdir, bunda maxsus xizmatlar 
nazarda tutilmaydi. Boshqacha aytganda, server – mijoz munosabati 
birni – ko‘pga tamoyiliga asoslanadi.
3.
Kompyuter faqat yagona amaliy dasturni ishlatishi kerakmi 
(mijoz yoki server)? Agar kerakli amaliy dasturiy ta’minot mavjud 
bo‘lsa, Internetga ulangan ixtiyoriy kompyuter mijoz dasturini ishlata 
olishi kerak. Server dasturlari doimiy ishlovchi kompyuterlarda 
ishlatilishi kerak bo‘ladi. Bu haqida keyingi matnlarda batafsil 
yoritilgan. 
4.
Qachon amaliy dastur ishlatilishi kerak? Har doimmi yoki 
faqat xizmatga ehtiyoj sezilgandami? Umuman olganda, xizmatga 
so‘rov yuboruvchi mijoz dasturi faqat xizmatga ehtiyoj tug‘ilganda 
ishlatiladi. Lekin xizmatlar bilan ta’minlovchi server dasturi doimiy 
ishlashi talab etiladi. Chunki, uning xizmatlariga mijozlar tomonidan 
ehtiyoj qachon paydo bo‘lishi va so‘rovlar yuborilishi haqida 
ma’lumot mavjud bo‘lmaydi. 
5.
Foydalanuvchi istagan ixtiyoriy xizmatlarni taqdim etuvchi 
yagona, universal amaliy dasturiy ta’minot bo‘lishi kerakmi? Yoki har 
bir xizmat uchun alohida dasturiy ta’minot bo‘lishi talab etiladimi? 
TCP/IPda ko‘plab mijozlar tomonidan tez-tez so‘rov jo‘natiladigan 
xizmatlar uchun mijoz-server amaliy dasturlar mavjud. Masalan, 
fayllarga kirish, elektron pochta jo‘natmalari va boshqa xizmatlar 
uchun alohida mijoz-server amaliy dasturlar mavjud. Moslashtirilgan 
xizmatlardan foydalanish uchun masofadagi kompyuterda mavjud 
bo‘lgan ushbu xizmatni foydalanuvchilarga taqdim etuvchi yagona 
umumiy amaliy dastur bo‘lishi kerak. Masalan, shunday mijoz-server 
amaliy dasturi bo‘lishi kerakki, uning yordamida foydalanuvchi 
masofadagi kompyuterga kirishi (log onto) va u kompyuter taqdim 
etadigan xizmatlardan foydalanishi mumkin bo‘lsin. 
Server 
Server bu – mijozlarga xizmatlarni taqdim qiluvchi masofadagi 
kompyuterda ishlatiluvchi dastur hisoblanadi. Bu dastur ishga tushishi 
bilan mijozlardan kelayotgan so‘rovlarga “eshiklar ochiladi”, lekin 
hech qachon so‘rov kelmaguncha xizmat ko‘rsatishni boshlamaydi.


236 
Server dasturi vaqt bo‘yicha cheksiz hisoblanadi. U ishga 
tushganidan boshlab muammolar yuzaga kelgunicha cheksiz 
davrgacha ishlashi mumkin. So‘rovlar kelganida server ularga 
iteratsion yoki bir vaqtning o‘zida javob beradi. 
Mijoz 
Mijoz bu – mahalliy mashinada o‘rnatilgan dastur bo‘lib, u 
serverdagi xizmatlardan foydalanish uchun so‘rovlar yuboradi. Mijoz 
dasturi vaqt bo‘yicha cheklangan xususiyatga ega. U foydalanuvchi 
(yoki boshqa amaliy dastur) tomonidan ishga tushirilib, xizmat 
yakunlanganida to‘xtatiladi. Odatda, mijoz masofadagi host 
kompyuterning IP manzilidan va u kompyuterda ishlayotgan xizmat 
dasturining port manzilidan foydalangan holda aloqa kanalini ochadi. 
Aloqa kanali ochilganidan so‘ng, mijoz o‘zining so‘rovini jo‘natadi va 
javobni (xizmat) qabul qiladi. Albatta, so‘rov – javob qismi bir necha 
bor takrorlanishi mumkin, biroq umumiy jarayon vaqt bo‘yicha 
chegaralangan va u ohir-oqibat yakunlanadi. 
Bir vaqtda bajarish (Concurrency) 
Ham mijoz, ham server bir vaqtda ishlatish tartibida bo‘lishi 
mumkin. Quyida ularning har biri uchun dasturlarni bir vaqtda 
ishlatish imkoniyatlari haqida so‘z yuritiladi. 
 
Mijozdagi bir vaqtda bajarish 
Mijoz dasturlar mashinada iteratsion yoki bir vaqtda bajarilishi 
mumkin. Mijoz dasturlarni iteratsion bajarish – bu ularni birin-ketin 
ishlatilishini ifodalaydi, ya’ni, bir mijoz dastur boshlanadi, bajariladi 
va yakunlanadi, shundan so‘ng mashina keyingi mijozni bajarilishini 
boshlaydi. Bugungi kunda kompyuterlarning asosiy qismi bir vaqtda 
bajarilish imkonini beradi, bu ikki va undan ortiq mijoz dasturlari bir 
vaqtda ishlashini nazarda tutadi. 
Serverdagi bir vaqtda bajarish 
Iteratsion server bir vaqtda faqat bir so‘rovni qayta ishlashi 
mumkin: u birinchi so‘rovni qabul qiladi, uni qayta ishlaydi va 
mijozga javobni yo‘llaydi, shundan so‘ng ikkinchi so‘rovni boshlaydi. 
Bir vaqtda bajarish imkonini beruvchi serverlar bir nechta so‘rovlarni 
bir vaqtning o‘zida qayta ishlash orqali so‘rovlar o‘rtasida vaqtni 
taqsimlash tamoyilini qo‘llaydi.
Server yoki ulanishsiz transport sathi protokoli UDP, yoki 
ulanishga qaratilgan transport sathi protokoli TCP/SCTP protokolini 
ishlatadi. Shuning uchun server amaliyoti ikkita omilga: transport 


237 
sathi protokoli va xizmat uslubiga bog‘liq bo‘ladi. Nazariy jihatdan 4 
xil serverlar bo‘lishi mumkin: ulanishsiz iteratsion, ulanishsiz bir 
vaqtda bajaruvchi, ulanishga qaratilgan iteratsion va ulanishga 
qaratilgan bir vaqtda bajaruvchi (7.1- rasm).
7.1- rasm. Serverturlari 
Ulanishsiziteratsion 
UDPniishlatadiganserverlarodatdaiterativdir, 
yuqoridata’kidlanganidek, 
serverbirvaqtningo‘zidabittaso‘rovniqaytaishlaydi. 
ServerUDPdandatagramdaolinganso‘rovnioladi, 
so‘rovniqaytaishlaydivamijozgayuborishuchunUDPgajavobberadi.
7.2- rasmda ulanishsiz iteratsion server ko‘rsatilgan. 
Serverlar 
Ulanishsiz 
iteratsion
Ulanishsiz 
bir vaqtda 
bajaruvchi 
Ulanishga 
qaratilgan 
iteratsion 
Ulanishga 
qaratilgan bir
vaqtda bajaruvchi 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish