49
o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga yovvoyi hayvon sher rasmi ko‘rsatiladi
va u o‘rmonda yashashi haqida ma’lumot beriladi. So‘ng to‘rt misrali she’r o‘qib
beriladi (o‘qituvchi Vatan yoki maktab haqida chiroyli she’r o‘qib beradi). Hozir
o‘qilgan narsa nima ekanligi so‘raladi. o‘quvchilar:
– bu she’r, – deb javob beradi. Shundan so‘ng o‘qituvchi
sher va
she’r
so‘zlarini doskaga yozadi. bu so‘zlarning o‘zaro farqi nimada ekani so‘raladi.
sher – bu yovvoyi hayvon.
she’r – bu shoirlar ijodining mahsuli ekanligi aytib o‘tiladi.
«She’r» so‘zi quyidagicha tahlil qilinadi:
1 bo‘g‘inli
3
ta tovush, 2 ta harf, 1
ta harf birikmasi, 1 ta tutuq belgisi ishtirok etgan.
Unli
tovush e,
undosh tovush sh, r.
quyidagi savol orqali yangi mavzu nima haqida ekanligi aniqlanadi:
– She’r so‘zida qanday belgi ko‘ryapsiz?
–
Tutuq belgisi.
Do'stlaringiz bilan baham: