t/r
|
Muomalalar mazmuni
|
Schyotlar aloqasi
|
D
|
K
|
1
|
Asosiy ishlab chiqarish xodimlariga ish haqi hisoblandi
|
2010
|
6710
|
2
|
Ijtimoiy sug‘urta organlariga xodimlar kasalligi tufayli ish haqidan nafaqa hisoblandi
|
6520
|
6710
|
3
|
Ish haqidan budjetga daromad solig‘i hisoblandi
|
6710
|
6410
|
4
|
Ish haqidan 1% pensiya fondiga ajratma hisoblandi
|
6710
|
6520
|
5
|
Hisob-kitob schyotidan ish haqi berish uchun kassaga pul olib kelindi
|
5010
|
5110
|
6
|
Ishchi va xizmatchilarga kassadan ish haqi berildi
|
6710
|
5010
|
Kichik korxonalarda 6710-schyoti bo‘yicha yozuv 8-vedomost va 5-jurnal orderda yuritiladi
KICHIK KORXONALARDA XARAJATLARNI HISOBGA OLISH
Kichik korxonalarda hisob-kitob ishlarini 2010-«Asosiy ishlab chi- qarish», 9420-«Ma’muriy xarajatlar hisobi» schyotlarida, ayrim ishlab chiqarish oddiy texnologiya asosida 2010-schyotining subschyotlari
bo‘yicha yuritiladi. Kichik korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlari iqtisodiy elementlari bo‘yicha hisobga olindi va quyidagi moddalardan iborat bo‘ladi:
Material xarajatlari.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi.
Ijtimoiy sug‘urta ajratmalari.
Mehnat haqi xarajatlari.
Boshqa xarajatlar.
Bularning hammasi «Xarajatlar to‘g‘risidagi Nizom»da ko‘rsatib o‘tilgan. Kichik korxonalarda xarajatlar bo‘yicha quyidagicha muoma- lalar bo‘lishi mumkin.
t/r
|
Muomalalar mazmuni
|
Schyotlar aloqasi
|
D
|
K
|
1.
|
Boshqaruv xarajatlari uchun materiallar sarflandi
|
9420
|
1010
|
2.
|
Energiya va suv bilan ta’minlovchi tashkilotlarning schyoti aktseptlandi (umumxo‘jalik ehtiyojlari uchun sarflandi)
|
9420
|
6010
|
3.
|
Boshqarma xodimlariga ish haqi va ijtimoiy sug‘urta
|
|
6710
|
|
ajratmalari hisoblandi
|
9420
|
6520
|
4.
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga eskirish
|
|
0200
|
|
hisoblandi
|
9420
|
0500
|
KICHIK KORXONALARDA MAHSULOT REALIZATSIYASI, MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI VA
HISOBOTI
Mahsulot sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik muomalalariga sotish jarayoni deyiladi. Kichik korxonalarda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning sintetik schyoti aktiv 9010-schyotda hisobga olinadi. Kassaga yoki hisob-kitob schyotiga mahsulotni sotishdan pul kelib tushganda realizatsiya jarayonlarining hajmi aniqlanadi. Tayyor mahsulotni sotish avvaldan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Mahsulot sotishga doir muomalalarga kichik korxonalarda schyotlar aloqasi quyidagicha belgilanadi:
t/r
|
Muomalalar mazmuni
|
Schyotlar aloqasi
|
D
|
K
|
1
|
Xaridorlarga tayyor mahsulot jo‘natildi
|
4010
|
9010
|
2
|
Ortib jo‘natilgan mahsulot uchun QQS hisoblandi
|
4010
|
6410
|
3
|
Sotilgan tayyor mahsulot haqiqiy tannarxida hisobdan o‘chirildi
|
9110
9910
|
2810
9110
|
4
|
Xaridor va buyurtmachilardan ularga sotilgan mahsulot uchun pul kelib tushdi
|
5110
|
4010
|
5
|
Hisobot oyi oxirida tayyor mahsulotni sotishdan tush gan daromad yopildi
|
9010
|
9910
|
Yuklab jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlarning schyotlari bo‘yicha sintetik hisobi 11-jurnal orderda, tahliliy ma’lumotlar esa 15 va 16- vedomostlarda yuritiladi.
BO‘LIM MAVZULARI YUZASIDAN NAZORAT SAVOLLARI
Kichik tadbirkorlik subyektlari deb qanday tashkiliy tuzilma tushuniladi va ular qanday mezonlar bo‘yicha ajratiladi?
Sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan mikrofirmaning o‘rtacha yillik ishlovchilari soni necha kishidan oshmasligi kerak?
Kichik korxonalarda buxgalteriya hisobi qanday tashkil etiladi?
Kichik korxonalarda asosiy vositalar hisobi xususiyatlarini tushuntirib bering.
Kichik korxonalarda materiallar hisobi qanday amalga oshiriladi?
Kichik korxonalarda mehnatga haq to‘lash hisobi xususiyatlarini tushuntirib bering.
Kichik korxonalarda xarajatlar qanday hisobga olinadi?
Kichik korxonalarda mahsulot realizatsiyasi qanday hisobga olinadi?
Kichik korxonalarda moliyaviy natijalar qanday hisobga olinadi?
Kichik korxonalarning moliyaviy hisoboti nimasi bilan farq qiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |