BO‘LIM MAVZULARI YUZASIDAN TEST SAVOLLARI
Materiallar . . .
O‘z qiymatini to‘laligicha xomashyoga o‘tkazadi
O‘z qiymatini o‘zida saqlab turadi
O‘z qiymatini mahsulotga o‘tkazadi
O‘z qiymatini tiklashga sarflaydi
Materiallar nimalarga turkumlanadi?
Xomashyoga
Yordamchi xomashyoga
Xomashyo, asosiy va yordamchi materiallarga
Tayyor mahsulotga
Mol yetkazib beruvchilardan materiallar qaysi hujjatlarga asoslanib kelib tushadi.
Shartnoma, talabnoma
Kirim orderi, chek
Schyot-faktura, yuk xati
Dalolatnoma, chiqim orderi
Materiallar omborda ishlab chiqarishga qaysi hujjatlar asosida chiqariladi?
Reyestr, talabnoma
Yuk xati, chiqim orderi
Kirim orderi, chek
Limit zabor kartasi, topshiriqmona
Mol yetkazib beruvchilardan materiallar, yoqilg‘i sotib olindi va schyotlar akseptlandi. Buxgalteriya provodkasini aniqlang.
A. D-t 4510 K-t 6010
B. D-t 1090 K-t 6010
C. D-t 1010, 1030 K-t 6010
D. D-t 1060, 1010 K-t 6010
Boshqa shaharlarga materiallar tekinga berildi.
A. D-t 9010 K-t 1010
B. D-t 9220 K-t 1010
C. D-t 1090 K-t 1010
D. D-t 4510 K-t 1010
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan material va yoqlig‘i kamomadi moddiy javobgar shaxslar hisobiga yozildi.
A. D-t 4630 K-t 1010, 1030
B. D-t 4210 K-t 1010, 1090
C. D-t 9410 K-t 1010, 1060
D. D-t 9220 K-t 1010, 1040
BO‘LIM MAVZULARI YUZASIDAN AMALIY MASHG‘ULOT
1-t o p s h i r i q.
Tovar-moddiy zaxiralarning oy boshiga qoldiq ma’lumotlari
Schyot
|
Nomi
|
Summa
|
1010
|
Xomashyo va materiallar
|
54100
|
1030
|
Yoqilg‘i
|
39800
|
1050
|
Qurilish materiallari
|
192560
|
1020
|
Yarim tayyor mahsulot va butlovchi qismlar
|
45810
|
1080
|
Inventar va xo‘jalik anjomlari
|
74300
|
May oyida xo‘jalikda amalga oshirilgan muomalalar
t.r
|
Muomalalar mazmuni
|
Summa
|
D-t
|
K-t
|
1
|
Mol yetkazib beruvchilardan xomashyo va materiallar olindi
|
478000
|
|
|
2
|
Kamolot qurilish tashkilotiga Qorasaroy savdo marka- zidan qurilish materiallari sotib olindi
|
2800000
|
|
|
3
|
Asosiy ishlab chiqarishga materiallar sarflandi
|
300000
|
|
|
4
|
Qurilish materiallari uchun Qorasaroy savdo markaziga pul o‘tkazildi
|
2800000
|
|
|
5
|
Umumxo‘jalik ehtiyoji uchun yoqilg‘i sotib olindi
|
150000
|
|
|
6
|
Yordamchi ishlab chiqarish ehtiyoji uchun xo‘jalik inventarlari va jihozlari berildi
|
70000
|
|
|
7
|
Ishlab chiqarish bo‘limida buzilgan mashinani tuzatish uchun ehtiyot qismlar sarflandi
|
25000
|
|
|
8
|
Umumxo‘jalik ehtiyoji uchun yoqilg‘i sarflandi
|
55000
|
|
|
9
|
Bo‘linma binosini joriy ta’mirlash uchun qurilish mate- riallari sarflandi
|
250000
|
|
|
10
|
Asosiy ishlab chiqarishga qurilish materiallari sarflandi
|
2000000
|
|
|
Quyidagilarni bajarish talab etiladi:
Xo‘jalik muomalalariga buxgalteriya provodkalarini tuzing.
1000 – «Materiallar» schyoti bo‘yicha aylanma va qoldiq summalarni aniqlang.
2-t o p s h i r i q.
Toshkent traktor zavodining 1-sonli bo‘limi omborida 2009-yil aprel oyining boshiga nisbatan mavjud bo‘lgan moddiy boyliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
Materiallar nomi
|
Nomenklatura raqami
|
O‘lchov birligi
|
Miqdori
|
Narxi
|
Summa
|
Akkumulator
|
04101
|
Dona
|
60
|
42600
|
|
Rele
|
04102
|
Dona
|
84
|
14700
|
|
Termos
|
04103
|
Dona
|
98
|
8250
|
|
Jami:
|
|
|
|
|
|
Toshkent traktor zavodining 1-sonli sex omborida 2009-yil aprel oyida amalga oshirilgan muomalalar.
t.r
|
Hujjat nomi
|
Muomalalar mazmuni
|
Summa
|
D-t
|
K-t
|
45
|
Kirim orderi, akt
|
Akkumulator ishlab chiqarish zavo- didan sex omboriga akkumulator keltirildi, 14 dona*42600 so‘m
|
|
|
|
46
|
Kirim orderi, akt
|
Bazadan bo‘lim omboriga quyidagi materiallar olib kelindi:
Rele 20 dona *14700so‘m
Termos 30 dona*8250 so‘m
|
|
|
|
51
|
Yuk xati, limit zabor kartasi
|
Ombordan ishlab chiqarishga quyidagi materiallar berildi:
a) akkumulator 14*42600
b) rele 60*14700
c) termos 86*8250
|
|
|
|
Quyidagilarni bajarish talab etiladi:
Xo‘jalik muomalalariga buxgalteriya provodkalarini tuzing.
Sintetik va analitik schyotlar bo‘yicha aylanma va qoldiqlarni aniqlang.
BO‘lIM
ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI
ASOSIY VOSITALARNING IQTISODIY MAZMUNI HAMDA ULARNING TURKUMLANISHI
Asosiy vositalar – deb, o‘zining tabiiy ko‘rinishini uzoq muddat saqlab turadigan, asta-sekin eskiradigan va ishlab chiqariladigan mahsulot qiymatiga o‘z qiymatini o‘tkazadigan mehnat vositalariga aytiladi.
Asosiy vositalarga 1-yildan ortiq muddatda foydalanishda bo‘la- digan, natural ko‘rinishini o‘zgartirmay ishlab chiqarish va noishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat foydalanishda bo‘ladigan mehnat vositalari kiradi. Obyektlarni asosiy vositalar qatoriga o‘tkazish tartibi va uning tarkibi 5-Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BXMS) asosida tartibga solinadi.
Asosiy vositalar quyidagi tarmoqlar va faoliyat turlariga bo‘linadi:
Sanoat
Qishloq xo‘jaligi
Transport
Aloqa
Qurilish
Savdo va hokazolar
Belgilangan tipli tasniflashga binoan asosiy vositalar turlari bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:
Yer va uni obodonlashtirish
Binolar
Inshootlar
Uzatuvchi moslamalar
Mashina va asbob-uskunalar Shu jumladan:
kuch mashinalari va asbob-uskunalar;
ish mashinalari va asbob-uskunalar;
o‘lchov va tartibga keltiruvchi priborlar, moslamalar, laboratoriya asbob-uskunalari;
hisoblash texnikasi;
– Buxgalteriya hisobi 65
d) boshqa mashina va asbob-uskunalar;
Transport vositalari
Instrumentlar
Ishlab chiqarish inventarlari va ashyolari
Xo‘jalik inventarlari
Ish va mahsuldor hayvonlar
Ko‘p yillik o‘simliklar
Yer holatini yaxshilash bo‘yicha kapital sarflar (inshootlardan tashqari)
Boshqa asosiy vositalar
Yer amaldagi qonunchilikka binoan korxonaga mulki tarzida berilgan yer maydonidir. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 17- moddasiga binoan, «Yuridik shaxslar Yer kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishlari mumkin». Yerning qiymatiga uni xarid qilishda ko‘chmas mulk agentliklariga to‘lanadigan komission to‘lovlar, advokatlik xizmati uchun haq, xarid qilishdagi soliq to‘lovlari, drenaj qiymati, yerni tozalash va boshqa xarajatlar qo‘shiladi.
Yerni obodonlashtirish bo‘yicha kapital sarflar tarkibiga yerning unumdorligini oshirish, avtomobil va boshqa transport turlariga to‘xtash joylarini barpo etish hamda shunga o‘xshash boshqa xarajatlar kiradi.
Imoratlar hamda binolarga ishlab chiqarish korpuslari, sexlar, ustaxonalar, boshqarma binolari, omborxonalar, turar joy binolari va boshqa ishlab chiqarish, ma’muriy-xo‘jalik va ijtimoiy-maishiy maq- sadlardagi obyektlar, shuningdek, ulardan to‘g‘ri foydalanish uchun zarur bo‘lgan jami kommunikatsiya vositalari (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz ta’minoti tizimi, ichki telefon va signalizatsiya vositalari, lift xo‘jaligi) kiradi.
Inshootlarga mehnat jarayoni va uning natijalarini o‘zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki umumiy vazi- falarini bajarishga xizmat qiladigan obyektlar (neft va gaz quduqlari, shaxta yo‘llari, avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, estakadalar, suv omborlari va boshqalar) kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |