Asl Salomatlikning ikkinchi siri —
hayot va o'lim orasidagi farq bizning
nafasimizda joylashgan.
Chuqur nafas:
Kasallikni yengish va salomatlikni saqlash uchun muhim.
Qon va limfaning aylanishini yaxshilaydi.
Asab tizimini bo'shashtiradi va tinchlantiradi.
Quvvat to'planishiga yordam beradi.
Ruhiy va asab stresslarini yechadi.
Tanani oziqlantiradi, tozalaydi va aqlni tinchlantiradi.
Mashqlarni ertalab, kunduzi va kechqurun quyidagi tarzda bajarish kerak: nafas olishni birlik deb qabul qilamiz, u o'zingizga qanchalik qulay bo'lsa, shunday muddatli bo'lishi zarur;
nafas olishga nisbatan to'rt marta uzoqroq nafasni tutib turish darkor;
nafas olishga nisbatan chiqarish ikki barobar uzoqroq bo'ladi;
hammasini ketma-ket o'n marta takrorlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |