Asl Salomallikning o'ninchi siri — muhabbat kuchi.
Muhabbat — bu hammani sog'aytiruvchi kuch.
Muhabbatga erishish uchun muhabbatni tuhfa etish darkor.
XOTIMA
Besh yildan so'ng yigitcha ancha ulg'aydi va oqilroq bo'ldi. U yozuvchi bo'lib yetishdi va bir vaqtlar uning hayotini o'zgartirgan bilimlarni boshqalarga yetkazib, salomatlikni tabiiy usullar bilan saqlash haqida ma'ruzalar o'qiy boshladi. U o'zining shaxsiy namunasida boshqa kishilarni Asl Salomatlik qonunlari asosida yashashga o'rgatishga harakat qildi.
O'shanda u shifokori huzuriga birinchi tashrifidan so'ng roppa-rosa o'n haftadan keyin yana kirgan kunini yaxshi eslardi. Bu ancha og'ir lahza edi, u avvalgi tekshiruvdagidan ham ko'ra ko'proq asabiylashardi. Uning qarshisida shifokor oxirgi tekshirishlar natijalarini sinchiklab o'rganardi. O'tgan ikki daqiqa yigitga uzoq soatlarday tuyuldi. Axiyri shifokor ko'zoynaklarini yechdi va yigitning ko'zlariga tik boqdi.
— Xo'sh, — jilmaydi u, — barcha testlar inkor etuvchi natija berganini sizga yetkazishimdan xursandman. Hammasi joyida. O'zimning butun o'ttiz yillik amaliy faoliyatimda bunday g'aroyib sog'ayishni birinchi bor ko'rib turganimni tan olishim kerak.
Yigit shifokorning xonasi eshigini yopib chiqarkan, kasalxona yo'lagi bo'ylab asta yurib borardi. Asosiy kirish joyiga yetganida uning yuragi tezroq urib ketdi va qadamlari tezlashdi. U aylanma eshikdan ko'chaga shahd bilan chiqib, mushtga tugilgan qo'llarini yuqoriga ko'targancha bor ovozi bilan qichqirdi:
Ha! Asl Salomatlik sirlari yigltchaga og'ir kasallikning umidsizliklari orasidan Asl Salomatlik quvonchi sari yorib o'tishga yo'rdam berdilar. Yigitcha umrining barcha yo'lini o'zgartirgan keksa xitoylikni yodga olmasdan biror kun ham o'tmasdi. Uning yaqindagi xastaligi zamirida qanday tuhfa borligini endi anglardi, shu tufayli to'laqonli anglangan hayotga yetishgandi. U keksa xitoylikka ularning uchrashuvi qanday natija keltirganini bildirolmasligidan afsuslanardi. Cholga minnatdorchilik izhor etib, axiyri barcha aytgan gaplarining ma'nosini anglaganini aytolmasligidan o'kinardi.
Nogoh telefon qo'ng'irog'i jiringlab, uning o'yxayollarini uchirib yubordi. Telefonda bir ayol murojaat qilib, u bilan uchrashish niyatida ekanini so'radi. Unga yordam berishi mumkinligini aytishibdi. Tezroq uchrashish imkoni bormi?
Shubhasiz, istasangiz, ertaga, aytaylik, soat uchlarda uchrashsak bo'ladimi?
O, bu ajoyib bo'lardi. Sizga ko'p rahmat! — xitob qildi ayol. — Menga yordam bera olishingizni aniq bilaman.
Qo'limdan kelgancha harakat qilaman. Lekin marhamat qilib ayting-chi, telefonim raqamini sizga kim berdi?»
Afsuski, uning ismini bilmayman. U odam bilan bugun ertalab uchrashib qoldik. U aytdiki, sizning do'stingiz... keksa xitoylik jentelmen.
Yigit miyig'ida kuldi-da, go'shakni joyiga qo'yarkan, sekingina shivirladi:
Doktor Dao, qayerda bo'lsangiz ham Xudo xayringizni bersin!
Do'stlaringiz bilan baham: |