Shaxsiy yordamchi xo‘jalik
– qishloq joylarda yashovchi fuqarolarning o‘z
tomorqasidagi shaxsiy mehnati orqali qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish
bilan shug‘ullanishiga asoslangan oilaviy xo‘jalik.
Startap (ingl. «startup company
», «startup» – harakatni boshlayotgan) – o‘z
faoliyatini innovatsion g‘oyalar yoki texnologiyalarga asoslangan holda yurituvchi
yangi tashkil etilgan kompaniya, firma yoki biznes loyiha.
Ta’sis shartnomasi – muassislarning
korxonani tashkil etish chog‘ida o‘zaro
kelishib olingan asosiy shartlarini ifodalovchi yuridik hujjat.
Tadbirkor
– tadbirkorlik layoqatiga, ya’ni qandaydir turdagi tovar ishlab
chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonini tashkil eta olish borasida bilim,
ko‘nikma va tajribaga ega shaxs.
Tadbirkorlik riski –
resurslardan samarali foydalanish mumkin bo‘lgan ho-
latdan chetga chiqish va buning oqibatida resurslarni yo‘qotish xavfi.
Do'stlaringiz bilan baham: |