Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) – a’zolari jamiyat majburiyatlari
bo‘yicha faqat o‘zlari qo‘shgan ulush doirasida javobgar bo‘ladigan jamiyat.
Mikrofirma – muayyan sohadagi ishlovchilar soni jihatidan eng kichik
bo‘lgan yuridik shaxs ko‘rinishidagi kichik tadbirkorlik subyekti.
oilaviy korxona – yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan
oilaviy tadbirkorlik shakli.
oilaviy tadbirkorlik – oila a’zolari va ularning yaqin qarindoshlari tomoni-
dan tashkil etiladigan tadbirkorlik faoliyati.
raqobat – bu yuqori natija va mavqega ega bo‘lish uchun bozor ishtirokchi-
lari o‘rtasidagi iqtisodiy kurash.