U burxanov, T. Atam uradov davlat xaridi


-chizma. Xaridni tashkiliy shakllari



Download 4,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/93
Sana30.04.2022
Hajmi4,21 Mb.
#596606
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93
Bog'liq
Davlat xaridi. Burxanov U. Atamuradpv T

3-chizma.
Xaridni tashkiliy shakllari.
Yuqoridagi qarorga muvofiq tender savdolari 100 ming AQSh 
dollariga teng miqdordan ortiq bitta shartnoma bo'yicha tovarlar 
yetkazib berishni amalga oshirishda o'tkaziladi.
Qiymati 100 ming AQSh dollariga teng miqdordan kam 
bo'lgan bitta shartnoma bo'yicha tovarlar yetkazib berishni 
amalga oshirishda, xaridlar eng yaxshi tanlov takliflarini tanlab 
olish asosida amalga oshiriladi. Ammo, tadqiqotlar shuni 
ko'rsatadiki, bugungi kunda «eng yaxshi tanlov takliflari»ni tanlab 
olish jarayonini va tartibini aniq belgilab beruvchi, birorta ham 
tartibga soluvchi hujjat mavjud emas.
28


Quyidagi hollarda tender (tanlov) o‘tkazmasdan tovar yetkazib 
beruvchilar (bajaruvchilar, pudratchilar) bilan shartnomalar 
tuzilishi mumkin:
1) tovarlar yetkazib berish, tabiiy monopoliyalar subyektlari 
faoliyati sohasiga tegishli bo Uganda;
2) tovarlar birja orqali xarid qilinganda;
3) shartnom a tuzish vaqtida eng kam ish haqining o ‘n 
baravaridan oshmagan summada tovarlar sotib olinganda;
4) tarix va madaniyat yodgorliklari sifatida davlat muhofazasiga 
olingan hamda davlat muzey, kutubxona, arxiv fondlarini, kino- 
foto-fondini va boshqa shunga o‘xshash fondlami to'ldirish uchun 
mo‘ljallangan tarixiy, badiiy yoki boshqa madaniyat ahamiyatiga 
molik madaniy boyliklar (suratlar, haykallar, adabiy asarlar va 
boshqalar), shu jumladan, muzey predmetlari va muzey to'p- 
lamlari, shuningdek, nodir va qimmatli nashrlar va qo‘lyozmalar, 
arxiv hujjatlari, jumladan, ularning nusxalarini yetkazib berishni 
amalga oshirganda;
5) tovarlarni sotishga alohida huquqi bo‘lgan faqat bitta 
yetkazib beruvchidan tovarlar xarid qilish mumkin bo‘lganda;
6) tuzilgan shartnomaning shartlari dastlabki shartnoma 
umumiy summasining 20 foizidan oshmaydigan summaga teng 
qo'shimcha ishlarni bajarish maqsadida o'zgarganda;
7) bajarish yoki xizmat ko'rsatishni amalga oshirish faqat davlat 
hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan yoki ularga bo'ysu- 
nuvchi davlat muassasalari va korxonalari tomonidan ulaming 
vakolatlariga muvofiq mumkin bo'lgan ishlar yoki xizmatlarga 
ehtiyoj tug'ilganda;
8) yengib bo'lmas kuchlar (tabiiy ofatlar, yong'inlar, falokatlar, 
avariyalar va hokazolar) oqibatlarini bartaraf etish (oldini olish) 
u ch u n zarur b o 'lg an m uayyan tovarlarga tezk o r ehtiyoj 
tug'ilganda, buning natijasida vaqtning yo'qotilishi talab qilinadigan 
boshqa buyurtmani joylashtirish usullarini qo'llash maqsadga 
muvofiq bo‘lmaganda (tegishli moliya organlari kelishuvi bo'yicha);
9) yetkazib beruvchilarning yoki shartnom ada ularning 
manfaatdorligi yo'qligi sababli buyurtmachi tomonidan tender 
(tanlov) bo'lib o'tmagan deb hisoblash natijasida; agar buyurtmachi
29


uzoq tumanlarda joylashgan bo‘lsa, buyurtmachining faoliyat 
ko‘rsatish hududida va yaqin joylashgan tumanlarda faqat bitta 
yetkazib beruvchi mavjud bo‘lsa; shuningdek, boshqa joylardan 
narx kotirovkalarini olish hech qanday foyda olmaganligi yoki 
iqtisod qilmaganligi aniqlanganda; transport xarajatlari uchun 
narxlar oshib ketishiga olib kelganda. Bunda yagona yetkazib 
beruvchiga buyurtmalami joylashtirish tegishli moliya organlari 
bilan kelishgan holda amalga oshiriladi1.
Yengib bo‘lmas kuchlar oqibatlarini bartaraf etish (oldini olish) 
uchun tovarlarga shoshilinch ehtiyoj vujudga kelgan taqdirda yoki 
shartnomada ularning manfaatdorligi yo'qligi sababli tenderni 
bo'lib o'tmagan deb hisoblash natijasida, buyurtmachi tender 
o'tkazmasdan yagona yetkazib beruvchiga buyurtmani joylashtirish 
to‘g‘risidagi qarorni kelishish uchun tegishli moliya organlariga 
yozma murojaat yuboradi. Yagona yetkazib beruvchiga buyurtmani 
joylashtirish to ‘g‘risidagi qarorning kelishish muddati, tegishli 
moliya oiganiga kelishish to‘g‘risida murojaat kelib tushgan kundan 
boshlab, o‘n ish kunidan oshmasligi kerak.
Buyurtmachi tomonidan tender bo‘lib o‘tmagan deb hisoblash 
natijasida yagona yetkazib beruvchiga buyurtmani joylashtirish 
to ‘g‘risidagi qaror qabul qilingan taqdirda uni kelishish uchun 
tegishli moliya organiga murojaatdan tashqari, tender bo‘lib 
o‘tmagan deb hisoblash to‘g‘risidagi hujjatlaming nusxalari ham 
taqdim qilinadi. Bunda shartnoma yagona yetkazib beruvchi bilan 
faqat tender hujjatlarida nazarda tutilgan shartlarda tuzilishi 
mumkin, tuzilgan shartnoma bahosi tender o‘tkazish to‘g‘risidagi 
xabarnomada ko‘rsatilgan shartnomaning dastlabki bahosidan 
oshmasligi kerak2.
1 0 ‘zR Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21- noyabrdagi 456-sonli 
Qarori bilan tasdiqlangan «Xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar va 
jihozlarni sotib olish yuzasidan tender savdolarini o‘tkazish to‘g‘risidagi 
Nizom»ning 5-1 punkti.
2 О‘zR Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2 1 -noyabrdagi 456-sonli 
Qarori bilan tasdiqlangan «Xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar va 
jihozlarni sotib olish yuzasidan tender savdolarini o‘tkazish to‘g‘risida»gi 
Nizom.
30


Tender bo'yicha xaridlarda qatnashuvchi mamlakatimiz tovar 
ishlab chiqaruvchilari (yetkazib beruvchilari) bilan hisob-kitoblar 
so'mlarda amalga oshiriladi.
Qarorlarni 

Download 4,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish