УДК: 3 3 6 .2 (0 7 5 )
KBK 65.42ya73
U.Burxanov, T.Atamuradov, 2012
Cho‘lpon nomidagi N M IU , originai-maket 2012
Tafakkur bo‘stoni, 2012
NAMANGAN DAVLAT
UNIVERSITETI
Ahborot-resur*? m srkazl
KIRIS Н
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning
yangi bosqichida davlat xaridi tizimini boshqarishni isloh etishga
katta e’tibor qaratilmoqda. Hukumat tomonidan xarid jarayon-
larini shaffofligini ta ’minlashga qaratilgan, jum ladan, xaridni
amalga oshirishda tender jarayonlaridan kengroq foydalanish
yo‘nalishlari bo‘yicha qator hujjatlar qabul qilinmoqda.
Amalga oshirilayotgan islohotlardan ko'zlangan maqsad,
nafaqat, davlat mablagMaridan foydalanishning samarali hisob
va nazoratini tashkil etish, balki davlat buyurtm achilarining
shartnomaviy-huquqiy tartibga rioya etish darajasini oshirish,
x arid n in g sam arali b o sh q aru v tiz im in i s h a k lla n tirish d a n
iboratdir.
D avlat xaridini tashkil etishning yangicha tam oyillarga
asoslangan tizim shakllantirilar ekan, tabiiy ravishda, bu sohada
o‘z echimini kutayotgan qator mavjud muammolar mavjudligini
ko‘rsatish mumkin. Jumladan:
— dav lat x a rid in i am alga o sh irish n in g m avjud tizim i
mamlakatimiz miqyosida davlat ehtiyojlari uchun tovarlar va
xizmatlarni sotib olish uchun qilinadigan xarajatlarni optimal-
lashtirish imkonini bermaydi;
— davlat xaridi tizimini boshqarish bo‘yicha m e’yoriy-huquqiy
bazani yetarli darajada rivojlanmaganligi;
— byudjet xarajatlarini boshqarish uslubiyotidagi ayrim
kamchiliklarning mavjudligi;
— davlat xaridini am alga oshiruvchi va u n i n azo ratin i
ta’minlovchi malakali kadrlaming yetishmasligi;
— xarid tizimi hamda uning mexanizmlarini shaffof emasligi;
з
— davlat xaridini boshqarishning zamonaviy elektron tizimining
yetarlicha rivojlanmaganligi;
— kichik va xususiy tadbirkorlikning davlat xaridi tizimida
ishtiroki bo‘yicha tajribalaming yetishmasligi;
— davlat xaridini boshqarish strategiyalarini ishlab chiqishning
zarurligi va boshqalar.
Davlat xaridi tizimini boshqarishni isloh. etish kompleks yondo-
shuvni talab etadi. Islohotlar faqatgina maxsus qarorlar qabul
qilish va davlat xaridi bo‘yicha vakolatli agentlikni tashkil etish
bilan chegaralanib qolmasdan, balki turli xil davlat organlari
o ‘rtasida hamkorlikda harakatni yo‘lga qo‘yish, ular o ‘rtasida
vakolatlarni taqsim lash, tizim da kuchlar nisbatini tengligini
ta’minlovchi o‘z-o ‘zini boshqarish mexanizmlaiini shakllantirishni
talab etadi.
S hunday ekan, respublikam izda davlat xarid i tiz im in i
boshqarishni takomillashtirish, uning yaqin va uzoq muddatli
strategiyalarini shakllantirish hamda ushbu jarayonlarda kichik
biznes subyektlarini ishtirokni ta ’minlash, iqtisodiy islohotlami
amalga oshirishning hozirgi bosqichida dolzarb vazifalardan biri
bo‘lib qolmoqda.
Davlat xaridini boshqarish va davlat xarajatlarini amalga
oshirishning ayrim n azariy-am aliy ham da uslubiy jih atlari
respublikamiz iqtisodchi olimlaridan A.Vahobov, N.Jumayev,
N.Haydarov, G.Qosimova, M.Olloyorov, D.Xolmuradov kabilar-
ning ilmiy izlanishlarida o ‘z aksini topgan.
Davlat xaridini tashkil etishning amaliy-huquqiy asoslarini
shakllantirishda BM Tning 0 ‘zbekistondagi vakolatxonasi va
Moliya vazirligi hamkorligidagi « 0 ‘zbekistonda davlat moliyasi
islohotlari» loyihasi katta hissa qo‘shdi. Jumladan, mazkur loyiha
doirasida ham m ualliflardan U.Burxanov tom onidan «Davlat
xaridi» ocquv qo‘llanmasi tayyorlangan edi. 0 £quvchilarga havola
etilayotgan mazkur qo‘llanma Toshkent moliya instituti, Moliya
vazirligi G ‘aznachiligi hamkorligida va hammualliflardan Toshkent
Iqtisodiyot universiteti tadqiqotchisi TAtam uradov tom onidan
qayta ishlanib, so'ngi amaliy o ‘zgarishlar nazariy-uslubiy jihatdan
boyitildi.
Shu sababli, mualliflar yuqorida nomlari keltirilgan tashkilot
rahbarlari va ekspertlariga, shuningdek, mazkur qo'llanm ani
tayyorlashda ishtirok etgan barcha mutaxassislarga, taqrizchilarga
o ‘zlarming chuqur minnatdorchiligini izhor etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |