faol ishtirok etadilar. Amalda, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya
va savdo vazirligi va 0 ‘zpaxtasanoatsotish assotsiatsiyasi paxtani
ekport etishni muvofiqlashtiradi va ishlab chiqarish va eksport
o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydi.
Odatda, paxta to‘g‘ridan-to‘g‘ri (naqd operatsiyalar) orqali
yoki kvazi-barter bitimlari orqali sotiladi. Kvazi-barter bitimlari
orqali
sotishda, xorijiy hamkorga paxtani natural to‘lov evaziga
olishga ruxsat etiladi, ammo amaliyotda bu ikki xil bank
operatsiyalari shaklida rasmiylashtiriladi.
Masalan, paxtani g‘allaga barter yo‘li bilan almashtirishda,
ularning mos qiymatlari pul ko‘rinishda ikkita alohida ikkiyoqlama
operasiyalar shaklida pul ko‘rinishida o‘tkaziladi. Ya’ni, masalan,
paxta sotib oluvchi 0 ‘zbekistonlik
hamkoriga paxta uchun pul
to‘laydi va ikkinchi operatsiya — o‘zbekistonlik hamkori g‘alla
uchun pulni xorijiy hamkorga o‘tkazib beradi.
1 9 9 5 -y ild an Jah o n banki bilan ham korlikda am alga
oshirilayotgan islohotlar natijasida paxta va g‘allaga davlat
buyurtmasining hajmini doimiy pasaytirib borish, mamlakat
eksport potensialini oshirish, mamlakat ichida paxta tolasiga bozor
baholarni jahon
narxlariga yaqinlashtirish, xususiy sektorni
urug'lik etishtirish va yangi texnologiyalarni qo‘llashga jalb etish
yo‘nalishlarida ishlar amalga oshirilmoqda.
O'tgan asming 90- yillarida g‘alla mustaqffligini ta’minlashga
qaratilgan strategiyaga binoan g ‘alla etishtirish hukum at
siyosatining markaziga aylandi. G ‘alla mustaqilligi oziq-ovqat
xavfsizligining kafolati sifatida qabul qilinadi.
2008-
yilda don mahsulotlarming davlat xaridi 2531,4 ming
tonnani, shu jumladan, g‘alla 2401,1
ming tonnani tashkil etdi
(2007- yilda bu ko'rsatkich mos ravishda 2426,2 ming tonna va
2385,7 ming tonnani tashkil etgan).
Shuni ta’kidlash lozimki, ipak qurti etishtirish hamda sholi
hamon davlat buyurtmasi va baho belgilash tizimining predmeti
hisoblanadi. 2008-yilda 23450,8 tonna ipak qurti (2007-yilga
nisbatan 109,2%) va 110,4 ming tonna sholi yetishtirilgan1.
1 internet ma’lumotlari asosida: www.gov.uz
39
Davlat xaridini rejalashtirish va sotib olish tizimi, qishloq xo‘ja-
ligida paxta hamda g‘allani ishlab chiqarish va daromad olishni
ko‘zlaydi. Ushbu mahsulotlami davlat xaridini davlat manopol
tashkilotlari: 0 ‘zpaxtasanoat va 0 ‘zdonmahsulot amalga oshiradi.
Mavjud davlat xaridi
tizimidagi ayrim omillar, xarid tizimini
fermerlar uchun foydasiz qilib qo‘yadi: fermerlar faqatgina
tayyorlov rejalarini bajargandan so'ngina ortiqcha etishtirilgan
mahsulotlami shartnoma baholarda sotishga ruxsat oladilar va
amalda, ko‘pchilik fermerlar yetishtirgan barcha hosilni davlat
xarid baholarida sotadilar.
Don mahsulotlarining qariyb yarmi
davlat xarid baholarida
sotiladi, qolgan qismi (qancha hajmda bo‘lishi hosil yig‘imi yaqin-
lashganda o'matiladi) o‘matilgan shartnoma baholarda (odatda
davlat xarid baholaridan 20% yuqori) sotiladi. Hosilning qolgan
qismi fermerlar ixtiyorida qoldiriladi. Qayta ko‘rib chiqiladigan
almashuv kurslari mavjudhgi sababli, jahon baholari va mahsulot
sotish baholari o‘rtasida sezilarli farq yuzaga keladi.
0 ‘zbekistonda davlat xaridining predmeti bo‘lgan boshqa
qishloq xo‘jalik m ahsulotlariga e’tibor beradigan b o ‘lsak,
mamlakatda sholi yetishtirish va uni davlat sotishining ulushi
barqaror ravishda pasaytirilayotganiligi kuzatish mumkin.
Davlat qishloq xo‘jalik mahsulotlar bozorida, paxta va g‘allaga
xarid kvotalari tizimi orqali ta’sir etadi (ushbu ikki turdagi mahsulot
sotishning 50—80 % hajmi davlat hissasiga to‘g‘ri keladi).
Xarid
jarayoni maksimal darajada markazlashgan. Xaridning rejasi va
bajarilish jadvali Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‘matiladi va
uning doimiy monitoringi amalga oshiriladi. Har bir viloyat va
tumanga xaridning ma’lum kvotalari o‘rnatiladi.
Qishloq xo'jalik sektorida ishlab chiqaruvchilarga bo‘nak
to‘lovlari ajratish va tovar ko‘rinishdagi kreditlar berish orqali,
ular kelajakdagi hosilni, davlat tomonidan belgilanadigan baholarda
sotishga rag‘batlantiriladi.
Xarid kvotalari, bo‘nak to ‘lovlari, tovar kreditlari va eksportni
tartibga solish kabi vositalar, qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishti-
ruvchilami mahsulotlami davlatga tartibga soluvchi baholar asosida
sotishlarini rag‘batlantiradi.
40
Davlat xaridini amalga oshirishning shaffofligini ta’minlashda
va davlat mablag'laridan manzilli foydalanishni tashkil etishda,
davlat tashkilotlarining majburiyatlarini ro‘yxatdan o'tkazish
muhim jarayoni hisoblanadi.
Davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimining joriy etilishi
bilan, dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish byud-
jetdan mablag‘ oluvchilar bilan birgalikda g'aznachilik organlariga
ham yuklatiladi.
Byudjet mablag‘lari oluvchilarining majburiyatlarini hisobga
olish orqali, g'aznachilik tizimi, byudjet mablag‘larini maqsadli
va oqilona foydalanishi ustidan joriy moliyaviy nazoratni amalga
oshiradilar.
Davlat xaridini amalga oshirish bo‘yicha xo‘jalik
shartnoma-
larini tuzish, uni amalga oshirish, o ‘zgartirishlar kiritish va
shartnomani bekor etish kabi munosabatlar, 0 ‘zbekiston Respub
likasi Fuqarolik Kodeksi(4-paragraf), 0 ‘zbekiston Respub-
likasining 1998-yil 29- avgustdagi «Xo‘jahk yurituvchi subyektlar
faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi Qonuni
va boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Shartnom a m unosabatlarida «majburiyat» tushunchasi
m uhim aham iyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: