Sangviniklar: kishilar bilan tez til topishadigan; bir ish turidan boshqa bir ish turiga tezda ko'nikadigan; bir turda bajariladigan ishlarni yoqtirmaydigan; yangi sharoitga osonlik bilan o'rganadigan; xushchaqchaq; harakatlari shiddatli; nutqi tez; kelajakka ishonch bilan qaraydigan; so'zini aniq va ma'noli qilib, imo-ishoralar bilan gapiradigan kishilardir. Sangviniklar ish jarayonida kechgan ko'ngilsiz hodisalarni tezda unutadilar. Ular o'z kuchi hamda qobiiiyatlariga ortiqcha baho berish xususiyatiga ega bo'ladilar. - Sangviniklar: kishilar bilan tez til topishadigan; bir ish turidan boshqa bir ish turiga tezda ko'nikadigan; bir turda bajariladigan ishlarni yoqtirmaydigan; yangi sharoitga osonlik bilan o'rganadigan; xushchaqchaq; harakatlari shiddatli; nutqi tez; kelajakka ishonch bilan qaraydigan; so'zini aniq va ma'noli qilib, imo-ishoralar bilan gapiradigan kishilardir. Sangviniklar ish jarayonida kechgan ko'ngilsiz hodisalarni tezda unutadilar. Ular o'z kuchi hamda qobiiiyatlariga ortiqcha baho berish xususiyatiga ega bo'ladilar.
- Rahbarlar sangviniklarning ishini salbiy baholashdan ko'ra ularga nisbatan qattiqqo'l va talabchan bo'lsalar, ijobiy natijalarga erishishlari mumkin. Sangviniklar yuqori lavozimga intiladigan kishilar bo'ladi.
Agar kishida shilliq hukmron o'rin tutsa, unday kishilar og'ir, tepsa tebranmas, kayfiyatlari va intilishlari ancha barqaror, voqealar va hayot taassurotlariga loqayd qaraydigan bo'ladilar. Bunday kishilar flegmatiklar deb atalgan. Qadimgi yunonlar shilliqni «flegma» deyishgan. Flegmatiklar: ta'sirchanligi sust; bir turdagi ishdan ikkinchi turdagi ishga sekinlik bilan ko'chadilar; faolliklari kam; yangi sharoitgaqiyinlik bilan moslashadilar; harakat vanutqlari sust; ko'ngilsiz hodisa yuz berganda osoyishtaliklarini buzmaydilar; sabr-toqatli, chidamli bo'lib, so'zlaganda xotirjam, o'zga shaxslar bilan hayajonlanmay gaplashadilar. - Agar kishida shilliq hukmron o'rin tutsa, unday kishilar og'ir, tepsa tebranmas, kayfiyatlari va intilishlari ancha barqaror, voqealar va hayot taassurotlariga loqayd qaraydigan bo'ladilar. Bunday kishilar flegmatiklar deb atalgan. Qadimgi yunonlar shilliqni «flegma» deyishgan. Flegmatiklar: ta'sirchanligi sust; bir turdagi ishdan ikkinchi turdagi ishga sekinlik bilan ko'chadilar; faolliklari kam; yangi sharoitgaqiyinlik bilan moslashadilar; harakat vanutqlari sust; ko'ngilsiz hodisa yuz berganda osoyishtaliklarini buzmaydilar; sabr-toqatli, chidamli bo'lib, so'zlaganda xotirjam, o'zga shaxslar bilan hayajonlanmay gaplashadilar.
- Flegmatiklar chidamliligi, matonati, o'zini tuta bilishi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |