1-Bosqich: Rangli qog’ozdan kvadrat qirqib olinadi.Uni uchburchak ko’rinishiga keltirib buklaymiz.
2-Bosqich: Uchburchakning yon tomonlaridagi ikkita uchini yuqoriga qilib buklaymiz
3-Bosqich: Umumiy ko’rinishdagi uch burchakni o’rtasidan teng ikkiga buklaymiz.
4-Bosqich: Hosil bo’lgan gul shaklining bandi va barglari rangli qog’ozdan tayyorlanib qog’ozga yopishtiriladi.
3. «Quyoncha» maketini yasash bosqichlari 1-Bosqich: Rangli qog’ozdan kvadrat qirqib olinadi.Uni uchburchak ko’rinishiga keltirib buklaymiz.
2-Bosqich: Uchburchakning yon tomonlaridagi ikkita uchini pastga qilib buklaymiz. Pastki uchini buklangan uchlarning tomonlariga tenglashtirib buklaymiz.
3-Bosqich: Hosil bo’lgan shaklni orqa tomonni yuqori bukchagini pastki tomoniga tenglashtirib buklaymiz.
4-Bosqich:Hosil bo’lgan shaklning o’rtasidan yon tomonga qaratib teng ikkiga buklaymiz. Quyonchaning bosh qismini yuqoriga qaratib qiya shakl hosil bo’lguncha tortib buklaymiz. Quloq qismini o’rtasidan qaychi yordamida teng yarimigacha kesib bir tomonini pastga buklab qo’yamiz.
5-Bosqich:Hosil bo’lgan quyoncha shakliga qo’shimcha bezak ishlarini beramiz.
«Ko’ylakcha» maketini yasash bosqichlari
1-Bosqich To’g’ri turtburchakli rangli qog’oz olinadi va teng ikkiga buklanadi.
2-Bosqich:Shaklning pastki tomonining ikkita uchi yon tomonga qaratib buklanadi.
3-Bosqich: Shaklning yuqori tomoni 0,5 sm buklanib, ikki yon tomoni o’rtaga tenglashtirib buklanadi.
4-Bosqich: Hosil bo’lgan shaklni orqa tomoniga qaratib teng ikkiga buklaymiz. Ko’ylakchaning tugmalarini chizib qo’yamiz.
5.«Kuchukcha» ko’rsatmali quroli. 1.Kvdrat shaklidagi qog’oz olinadi. U teng ikkiga buklanadi.
2. Hosil bo’lgan shaklning ikki yon uchi pastga qaratib buklanadi.
3.Hosil bo’lgan shaklning yuqorisi va paskti tomonlari 1 sm orqaga buklanadi.
4. Hosil bo’lgan kuchukchaning bosh qismiga tana qismi rangli qog’ozdan qirqib yopishtiriladi.
6.«Lola»ko’rgazmali quroli. 1- Kvdrat shaklidagi rangli qog’oz do’ppi shaklda buklanadi.
2- Hosil bo’lgan uchburchakni bir tomonining ikki uchi teng ikkiga buklanadi. Romb shakli hosil bo’ldi.
Romb shaklining yuqori uchlarini pastga qaratib uchburchak qilib buklaymiz.
Hosil bo’lgan shaklning pastki tomonidan havo puflab lola shaklini hosil qilamiz.
7. «Qurbaqa» ko’rsatmali quroli. 1- Kvadrat shaklidagi rangli qog’oz olinadi.
2.Kavdrat shaklini buklab duppi shakliga keltiriladi.
3. Hosil bo’lgan uchburchakni bir tomonining ikki uchi teng ikkiga buklanadi. Romb shakli hosil bo’ldi.
4. Romb shaklining pastki uchlarini yuqoriga qaratib uchburchak qilib buklaymiz.
5.Hosil bo’lgan shaklning orqa tomonidagi uchlari o’rtasiga keltirib buklanadi.
6.Shaklining pastki uchlarini 1 sm yuqoriga va pastga buklanadi. Yuqoridagi ikkita burchaklar buklash chizig’iga tenglashtirib orqaga buklanadi.
8. “Kuchukcha” ko’rsatmali quroli. 1- Kvdrat shaklidagi rangli qog’oz uchburchak shaklda buklanadi.
2- Hosil bo’lgan uchburchak shakli teng ikkiga buklanadi.
Hosil bo’lgan shaklning yuqori qismi qiya qilib cha toomonga buklanadi.
Buklangan uchburchakning yuqori qismidan 1 sm o’lchamda o’ng tomonga buklanadi.
1 sm o’lchamdagi kuchukchaning tumshuq qismining teng yarmidan orqaga buklanadi.
Kuchukchaning dumini hosil qilish uchun shaklining pastki qismi 1sm o’lchamda o’ng tomonga qaratib buklanadi.
10.O’tirgan holdagi kuchukcha shakli hosil bo’ldi.